Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
SHERLAR [15]
Мини-чат
Наш опрос
saytda nima bolishi holesiz
Всего ответов: 145
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar
Реклама

Главная » Каталог сайтов (15)


SHERLAR [15]

Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim seni,
Yuragim ezardi yolg'iz shu xadik,
Shu qo'rquv ta'qib etardi meni
Shu sabab ko'zingga boqolmasdim tik...

Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim juda,
Afsuski qo'rqqanim bo'ldi-ku sodir.
Afsuslarim endi bekor-bexuda,
Sevmoqdan o'zgaga emasdim qodir...

Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim yomon,
O'sha kun ketding-u kelmading qaytib...
Ko'z yoshlarim bo'lib bir ummon,
Dod solib yig'ladim, Dardimni aytib...

Balki yo'qotishdan qo'rqqanim uchun,
Bu taqdir menga xam qildim-u xazil...
Sensiz bo'lmas bu baxtim butun,
Men seni kutaman, Azizim Qaytgil...

Seni yo'qotishdan qo'rqardim juda...

06.12.2007 yil. Djulyetta...
SHERLAR | Переходов: 468 | Добавил: Yo'qotishdan qo'rqardim... | Дата: 19.02.2011


Dard alamli kunlarim sensiz kundan boshlandi,
G'amga to'la ko'zlarim seni ko'rmay yoshlandi.
Sendan qolgan xotira yuragimni ezardi,
Vayron bo'lgan pok qalbim yo'qligini sezardi.
Esingdami ilk bora senga aytgan so'zlarim,
Uyalganman o'shanda olib qochib ko'zlarim.
Endi eslash be foyda o'tib ketgan kunlarni,
Kechalari uhlamay birga o'tgan tunlarni.
Ortga qaytsa bu kunlar seni yana o'rardim ,
Uyalmasdim endi men ismingni ham so'rardim.
Qarar edim ko'zinga qo'yvormasdim qo'llaring,
Tinch qo'ymasdim hech qachon poylar edim yo'llaring........

AFTOR:LUCKY LOVER.....MY NEW POEM

SHERLAR | Переходов: 419 | Добавил: Esingdami ilk bora senga aytgan so' | Дата: 19.02.2011

  
YURAKKA O'T SOLMASA,
YONMASA, YONDIRMASA,
XOTIRAGA QOLMASA
BU SEVGI KIMGA KERAK.

TONG KO'ZIGA KELIB YOSH,
TOG'-TOSHLARGA URIB BOSH,
CHIQIB KELMASA QUYOSH...
BU DIYDOR KIMGA KERAK.

AYRILIQ KUN, TOSH-HIJRON,
DARDING BO'YLAGAN OSMON,
BO'LMASA GAR BIR ARMON,
BU SOG'INCH KIMGA KERAK.

OG'IR KUNING...OG'RIR DIL,
KO'RSATMAYIN TO'G'RI YO'L
GAR BERMASA SENGGA QO'L,
BUNDAY DO'ST KIMGA KERAK.
SHERLAR | Переходов: 409 | Добавил: YURAKKA O'T SOLMASA, | Дата: 19.02.2011


Taqdirimga yozilgan yurak
Ketmoqdaman sendan yiroqlab
Ayriliqni sezib oldindan
Notinch ura boshladi yurak

Bevafo deb ayblama meni
Ixtiyorim ozimda emas
Oz bolsada mening sozimga
Ota onam quloq xam solmas

Bilib qolib seni sevganim
Azobladi xorladi meni
kozlarimda daryo boldi yosh
Sevganingdan kechgin dedilar

Jondan kechdim xayotdan kechdim
Pok sevgiyu yurakdan kechdim
Kechir meni kechir sevgilim
Pok sevgimiz asrey olmadim
SHERLAR | Переходов: 432 | Добавил: Bevafo deb ayblama meni... | Дата: 19.02.2011


Sog'inch qo'llarin tutib ketmoqda,

Armon o'z domiga Yutib ketmoqda,

Yuzlarin berkitib, Yig'lagan ko'yi,

Yo'l chetida bir qiz ketmoqda...

Alamdan oqarib ketgandir yuzlar

Yig'layverib qizargan ko'zlar,

Lablar esa alamdan so'zlar,

Yo'l chetida bir qiz ketmoqda...

Taqdirdan kuyib,Sevgidan Nolib,

Alamdan To'yib,gox o'yga tolib,

BEVAFO sevgilin, kuylarga solib,

Yo'l chetida bir qiz Ketmoqda....


SHERLAR | Переходов: 367 | Добавил: Yo'L Chetidagi QiZ | Дата: 19.02.2011

Muhabbat chin bo'lsa, ko'rsatsin kuchin,

Ayt, jonim, sen meni aldading nechun?
 Sen menga xiyonat qilganing uchun, 
Men sendan umidim uzdim, sevgilim!

Mening sevgimga zavqlanib kulding,
Sevmasang, ayt, nechun qo'lingni berding,
Umid qilma mendan ...jon, deding,
Mayli umidimni uzdim, sevgilim!

Sevgidan gapirsam, kungling qoladi,
Ilk muhabbat o'tkinchi havas bo'ladi,
Keyingi sevgi ham unutiladi,
Sendan umidimni uzdim, sevgilim!

Men ilk muhabbatim unutgan kabi
Seni ham unutarman hayotda balki.
Unut bo'lar insonga omadsiz sevgi,
Men sendan umidim uzdim, sevgilim.

Sevib bilarmikan o'zgani desam,
Hali hayot oldinda, sevasan, deding.
Mayli, jonim, sen shuni xohlasang agar,
Sendan umidimni uzdim, sevgilim!

Meni buncha baxtsiz qilsa ham, yo rabb,
Kecha kunduz yolg'iz ollohdan so'rab,
Men senga chin dildan buyuk baxt tilab,
Sendan umidimni uzdim, sevgilim!

Olloh nega meni buncha qiynadi,
Yorning yuragiga sevgi bermadi,
.........ga muhabbat nasib qilmadi,
Men sendan umidim uzdim sevgilim!

SHERLAR | Переходов: 370 | Добавил: So`nggan UMID | Дата: 19.02.2011


Chap Yonim Og'riydi, Onajon...
 
Salom oyijon yana men keldim...
Xavotirlanmang, darsdan chiqib keldim. Onalar ham dadalardek havotir olishadimi bilmayman lekin, Ali "Maktabga bormasam oyimlar xavotir oladilar" degandida, o'shanga aytgandim...
O'tgan haftada o'qituvchimiz o'ng qo'limda sarimsoq, chapida piyoz deb ayttiraverib o'rgatdilar o'ngimni, chapimni.
Bilib oldim oyijon o'ngim qaysi, chapim qaysiligini...
Og'rigan yonimning qaysisi ekanini endi yaxshi bilaman, oyijon...
Esingizdami, avval kelganimda manavi joyim og'riydi, mana-mana degandimku, lekin baribir aytolmagandim og'rigan tomonimni...Mana qarang endi ayta olaman. Mana shu yerim, chap tomonim yomon og'riydi, Oyijon...
Kecha ertalab Gulini oyisi sochlarini o'rib beribdi, qo'lidan ushlab maktabga olib keldilar. Qo'ng'iroq chalinganida peshonasidan o'pib, qani qizalog'im sinfga dedilar...
Men bo'lsam yig'ladim, hecham uyalmadim...
O'qituvchi opa nima bo'ldi dedilar, "qulab tushdim tizzam achishyapti" dedim.
Yolg'on gapirdim oyijon, tizzam og'rimagandi lekin...Chap yonim qattiq achishib ketdi, oyijon...
Bugun men ham sochimni o'rib qo'yishlarini so'radim. Dadam o'rdilar lekin Gulinikidaqa bo'lmadi. Maktabga oboring dedim. "Qizim ishim bor" dedilar. Men bo'lsam, menga nima, ish bo'lsa...deb yana yig'ladim. "Qizim tirikchilik" dedilar. Hech nima deyolmadim, lekin maktabga borayotib yana yig'ladim, Oyijon...
Aytganday chap tomonim yana achishib og'riydi, oyijon...
Hamma qizlarni paypoqlari oppoq, meniki esa kulrang bo'p ketgan. Zaynab "Oyimlar oq va rangli kiyimlarni bo'lib yuvadilar" degandi. Dadam bo'lsa hammasini birga yuvadilar. Dadam kir yuvishni bilmasmidi, Oyijon...
Uff, dadamlar har kuni sumkamga turshak bilan non soladilar. Xafa bo'lmasin deb indamayman. Sinfdoshlarim esa har kuni somsa, qandolat, bo'g'irsoq obkelishadi...
Bilaman dadam qandolat tayyorlay olmaydilar, Oyijon...
Kech bo'p ketdi, borishim kerak. Dadam bilmaydilar qochib-qochib bu yerga kelganimni. Bilsalar urishmaydilaru lekin hafa bo'ladilar....
Oyijon kim sochib tashladi tuprog'ingizni, gullaringizni kim uzadi. Urishib bering ularni, tegmasin gullaringizga. Uyga borgach esimga tushib ketsa, bungayam yig'lab olaman, Oyijon...
Qarang manabu idishni, tuprong'ingizdan yana bir qism olaman. Bilasizmi oyijon, har kelganda olgan tuproqlarni shu idishga solib qo'yaman. Ustiga esa rasmingizni yopishtirib, yostig'im yoniga qo'yib qo'yaman. Har tong uni o'pib hidlayman.
Hech kimga aytmang, oyijon bazan gaplashib ham qo'yaman u bilan... Nima qilay, sizni juda-juda sog'indim, Oyijon...
Ha esimdan chiqay debdi, o'qituvchimiz ertaga "Ona" haqida bir matn yozib kelinglar degandi. Men dadamga yozdiraman. O'qituvchimiz bilib qolsalar urishadilar. Menga nima, urishsa-urishaversin....
Men sizni hecham ko'rmaganmanku, nima deb yozaman ahir, Oyijon?....
Sizning ismingizni eshitsam chap tomonim shunday jizzilaydiki...hech narsa yutolmay qolaman. Bazan o'zimni ushlab turolmay, yig'lab yuboraman.
Daftarimga ham mana shunaqa deb yozolmayman-ku to'g'rimi...
Mayli men boray oyijon, tuprog'ingizni o'payin. Siz ham tushimda kelib meni o'ping, maylimi oyijon....
Albatta keling, siz tushimda kelmasangiz chap yonimning og'rig'idan uyg'onib ketaman, Oyijon....
Chap yonim achishyapti oyijon. Mana bu joyimmm, chap yonim og'riyapti oyijon...Yomon og'riyapti...
Sizni qattiq sog'indim OYIJON, qattiq...
Chap yonini unutganlarga......
 
Sizlarga maslahatim esa....Ota onez hayotligida iltimos ularni qadriga yeting, bo'lmasa o'zingiz ham bilmay qolasiz ularni qanday yo'qotib qo'yganingizni...Ularni qidirib, duolarin olib, peshonalaridan o'payin degan kezingizda esa....afsuski kech bo'lib ulgurgan bo'ladi...Shunday kezda afsus toshiga boshingizni urib qolmang...Hozir yoshlik qilib o'z sevgizni, mansabizni, balkim boshqa bir narsani ulardan ustun ko'rarsiz, hatto ularga bir shirin so'z aytish tugul, bir dasturhon atrofida ular bilan birga kechki ovqat qilishga vaqtizni qizg'onarsiz, lekin shunday payti keladiki....siz ustun qo'ygan narsalar sizdan yuz o'g'irganda faqatgina ular yonizda turadi...Hech bo'lmasa kunda ulardan bir shirin so'zingizni ayamang....Allohim shundayin ota-ona ato etganidan ularga shukrona ayting....
SHERLAR | Переходов: 382 | Добавил: Chap Yonini Unutganlarga... | Дата: 19.02.2011

T-unlarni tonga ulab uxlamay bedor
E-rtadan kechgacha sizni kutguvchi
L-axzalarni sanab, sanab birma-bir
B-edorlik alamin ichga yutguvchi
A-zizim telbangiz o'zim bo'laman
N-igohlarin sizga qaratmay birbor
G-unohkordek yonizda mayus turguvchi
I-zlaringiz izlab yeru samodan
Z-ulmatga xam  siz bilan birga borguvchi
M-ayuskina telbangiz o'zim bo'laman
A-jralsa gar sizdan  bir zumga
N-ozik niholdayin asta so'lguvchi
M-uxabbatin asrab qalbin tubida
E-erkalanib sizga qalbin yorguvchi
N-ODIR aka telbangiz GULLOLA bo'laman
SHERLAR | Переходов: 384 | Добавил: Telbangizmanmen | Дата: 19.02.2011


Sog'inasan sog'indim deb aytolmaysan,

Sevasanu uni izhor etolmaysan. 
Ko'nglingda nimalar bor? Tutasan pinhon. 
Gar yashirsang muhabbatga yetolmaysan.
Qizg'onasan o'zgalardan suratin ham,
Aytging kelmas begonaga na ismini ham. 
Ayyorgina yoqimtoying bilib tanho,
O'ylamasang ololmaysan tunda tin ham.
So'zlashsa gar o'zgalarla, rashking kelar,
"Qizg'onaman men hammadan" - aytging kelar.
Paydo bo'lsa kalima ham kelmas tilga,
Loqal bir bor qo'llaridan tuting kelar. 
U malika o'zingnichi bilding g'arib,
Va shuncha payt oshiq bo'lding diling og'rib.
Birov ilib ketmasidan uni shartta,
Indamay guling ber yoniga borib...
Orzu sari ilk qadamni tashlash kerash...

SHERLAR | Переходов: 405 | Добавил: Sog'inasan lek aytmaysan... | Дата: 19.02.2011


Bu tuyg'u shu qadar sog'inchli-ki....
Azizam sani sog'indim...
Qachon kelar ekan o'sha kun?! Sani ko'rish umrimning qaysi bahtiyor kuniga nasib etar ekan?!
Yuragimga cheksiz alam mani shu kuyga soldi. Qulimga qalam ushlashga majbur etdi. Bu alam
sanga bo'lgan sog'inch emasmikan,azizam?!
Kumush qishning sokin oqshomida ko'kda tulin oy va sanoqsiz yulduzlarga boqib ,sani so'radim
Ular ham sanga uhshaydi. Guyo qalbimdagi sog'inchni yanada alanga oldirish uchun lom-mim demaydi.
Axir bu bag'ritoshlik emasmi?!
Diydoringni sog'indim... Hozir qayerdasan, nimalar qilyapsan, man sani uylaganimdek,
san ham mani uylayapsanmi? Balki san shundoqqina yonginamdadirsan....Ayni damda yuragim
bir lahzalik bo'lsa ham manga atalgan tabassuminga zor.
Man kutaman sani , ha kutaman. san albatta , bir kuni hayotimga shirin orzular ruyobi
kabi kirib kelasan. man ana shu uchun yashayapman. San albatta kelasan. Man bunga ishonaman!!!!!

SHERLAR | Переходов: 387 | Добавил: Qalbim sanga intizor.... | Дата: 19.02.2011

Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Друзья сайта
Suratlar