0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
Portalimizni kimdan eshitdingiz?
Всего ответов: 53
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » iyun » 1 » Albatta bu maqola "Nega erkaklar xiyonat qiladilar" maqolasi kabi savol, javob va yechimdan iborat


22:38
Albatta bu maqola "Nega erkaklar xiyonat qiladilar" maqolasi kabi savol, javob va yechimdan iborat

Nega ayol xiyonat qiladi?




Albatta bu maqola "Nega erkaklar xiyonat qiladilar" maqolasi kabi savol, javob va yechimdan iborat bo'la olmaydi. Chunki o'zbeklarda ayolni xiyonat qilishi bu juda kam uchraydigan va achinarli holatdir. Afsuski, "mening oilamda bunday bo'lmaydi" deb hech qaysi erkak aniq ayta olmaydi. Bir ko'rishda farishtadek pok ayolni xiyonat qilgani fosh etilgan hollar yo'q emas.

Demak, ayolni xiyonatga nima undaydi?

Erkakdan farqli o'laroq ayol bir insonni sevsa, unga hech qanday holatda xiyonat qila olmaydi. Masalan ayrim toifadagi erkaklar kayfi bo'lsa, temperamenti yuqori darajada bo'lsa, yoki boshqa bir necha sabablar tufayli xiyonat qilishi mumkin, lekin ayolda xiyonatga undovchi sabab umuman boshqacha bo'lar ekan.

Ayol, turmushga chiqib o'z eri yonida ayoligini his qilib yashashni boshlaydi. Eri uni sog'inadi, eri uni istaydi, erini u qondiradi, eri uni erkalaydi, kerak bo'lsa urshadi va hokazo. Faqat BEFARQ bo'lmaydi! O'zini sevilganini, erkakga kerakligini sezayotgan ayol ayollik baxtidan to'lib yashaydi. Lekin bir oilada yashab, bir yostiqqa bosh qo'yib eri uchun qadrsiz ekanini, yagona emasligini, sevilmasligini va yoqimsizligini sezgan ayol qalbi juda o'ksinadi. Albatta shu deb u borib xiyonat qilmaydi. Lekin shunday ko'ngli o'ksigan ayolga boshqa bir erkakni nazari tushsa, hammasi o'sha begona erkakning harakatiga bog'liq bo'lib qoladi. Ya'ni agar u ayolni ko'nglini ola bilsa, u ayol jismonan bo'lmasada hayolan uniki bo'lishi oson bo'ladi. Keyinchalik jismoniy xiyonat bo'lishi ham mumkin.

Uyda erning befarqligidan ayol qiynaladi. Er xotini bilan gaplshishni hush ko'rmay, xotinini tashqi ko'rinishini yoqtirmay, tunda uni istamay, kundalik hayotda ayolining ishlariga befarq bo'lib yurishi ayol uchun juda katta qiyinchilik, chunki aynan eriga kerakligi, yoqishi va sevilishi bilan u o'z ayoligini his etadi. Albatta farzand ko'rish ham ayollik hisini beradi, lekin bu ko'proq ona fazilati, erkakga yoqimli bo'lish esa bu ayol fazilati.
Yillab ana shunday hissiyotsiz erining befarqligiga chidab kelayotgan ayolda ikki yo'l bo'ladi. Birinchi yo'l: chidab, ahamiyat bermay yashash. Bu holat ko'pchilik o'zbek ayolalriga hos. Lekin bunday er-xotin qarigan chog'ida juda janjalkash, bir-biriga alamli bo'lib qoladi. Ikkinchi yo'l: ayol jahldor, alamli bo'lib qoladi va alamini boshqalardan olib yuradi. Lekin hayotda uchinchi yo'l ham paydo bo'lib qolishi mumkin. Bunda bu ayol boshqa erkakga yoqib qolsa, va u erkak ayol tomon harakat qilib, uni e'tibor va shirin so'z, moddiy va ma'naviy vositalar bilan jalb qilsa, u holda xiyonat yo'lining boshi ko'ringan bo'ladi.

Albatta er xotiniga har kuni, har daqiqa sevgisini, e'tiborini, istagini ko'rsatib o'tirish imkoniyati yo'q. Charchashi bor, ishdagi muammolari bor, farzand va boshqa holatlar. Lekin hayot davomida hotinini sog'inganini, uni istayotganini, sevishini bildirib unga mehrini ko'rsata olsa, xotini albatta buni sezadi, va hech qachon uni befarqlikda ichida ham ayblamaydi.
Lekin haqiqiy befarqlikni, eriga yoqmasligini, eri uchun u dunyodagi eng yaqin inson emasligini hamma ayol seza oladi, bildirmasa ham yuragidan sezadi.


Ayolni xiyonat qilishga undovchi ikkinchi sabab bu qasd. Erining xiyonatidan to'yib ketgan ayol bir kuni eridan alamini oladi. Boshqa erkak bilan bo'lish uchun emas, balki erini nafsoniyatini yerga urush uchun bunga qo'l uradi.

Yana bir xiyonatga undovchi uchinchi sababga kelsak u oddiy. Tarbiyasi buzuq ayol xiyonat qiladi.

Hulosa qiladigan bo'lsak, erkaklarni xiyonat qilishga sababi ko'p bo'lsa, ayollarning xiyonatida odatda yuqoridagi omillar aybdor. Shunday ekan erkaklar xotiniga e'tiborliroq bo'lib, ularni "qo'lida ko'tarib" yursalar nafaqat ayoli balki o'zlari ham haqiqiy baxtiyor erkak bo'la oladilar. Axir qarigan chog'ida erkak uchun o'z umr yo'ldoshini baxtli eta olmaganidan ranjishdan ortiq armon yo'q. Hayotida bir dona ayolni baxtli eta olgan erkak o'zidan hech qachon ranjimaydi! Shu ayol xotiniz bo'lsin. Onani farznad sifatida baxtli qilasiz, ayolni esa ERKAK sifatida.
Категория: OILA (AYOL) |
Просмотров: 1028 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
«  iyun 2011  »
dshsshchshpshjmshmyk
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar