0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
Yilning eng go'zal ayoli?
Всего ответов: 636
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » may » 13 » BEVAFOGA KO'NGIL BERIBMAN... ( Turmush chorrahalarida)


18:35
BEVAFOGA KO'NGIL BERIBMAN... ( Turmush chorrahalarida)
измена мужа
Turmush chorrahalarida

BEVAFOGA KO'NGIL BERIBMAN...

Biz Anvar akam bilan sevgi izhor qilmasdan turib, turmush qurishga ahd qildik. Chunki dillarimizda bekingan muhabbat o'z kuchini ko'rsatgan edi. Maktabga alohida borolmasdik, bir-birimizni bir pas ko'rmasak turolmasdik, kech mahalgacha birga dars qilardik, faqatgina uxlagani ajralardik, xolos. Toshkent davlat pedagogika universitetida ham birga o'qidik. Tugatgach, qishlog'imizdagi o'zimiz o'qigan maktabda yoshlarga ta'lim bera boshladik.

Ishdan qaytishimizda Anvar akam bugun uylaringga sovchilar boradi, ovora qilmagina, deb hazillashardi. Afsuski, sovchilar kelishmasdi. Men bundan xafa bo'lmasdim. Chunki dastlab ota-onasi rozi emasdi. Xolasining qizini kelin qilamiz, deyishardi. Lekin biz o'z so'zimizda turib oldik. Ana shu paytlarda men Anvar akamga "Vaqt hakam, qarab turishsin, ota-onangizga shunday xizmat qilayki, kun kelib bir kun bizga qarshilik qilganlariga uyalishsin. Qo'ni-qo'shnilar havas qilsa arzigulik kelin bo'laman. Yuzingizni yorug' qilaman", derdim. Aytganlarimning ustidan chiqdim, hammasini uddaladim. Qaynona-qaynotam hamon duo qilishadi. Kelinlik vazifamni bajardim, Anvar akamdan ajrab qolmaslik uchun ikki hissa harakat qildim. Issiqni-issiq, sovuqni-sovuq demay, suv kelsa simirib, tosh kelsa kemirib yashadim. Anvar akam barcha qiyinchiliklarga tayyor turdi. Birgalikda engamiz, deb so'z berdi. Ota-onamning hurmatini joyiga qo'ydi. Ilk kelinlik davrimda har kuni oiladagi ikkalamizga bo'layotgan munosabatlarni diqqat bilan kuzatib, u yaxshi tomonga siljiyotganidan sevinardik. Qaynona-qaynotamning ozgina mehridan ham boshim osmonga etardi, o'zimni qo'yarga joy topolmay, tinimsiz ro'zg'or ishlari bilan kuymalanardim. Nihoyat, har ikkala oiladagilar bizni tushunib etishdi. Ikki o'g'illi bo'ldik. Birinchi farzandim tug'ilganda tug'ruq birmuncha og'ir kechdi. Shu-shu onda-sonda belim og'riydigan bo'ldi. Yoshi ulug' ayollar bu holni homiladorlikka yo'yib, ona bo'lish osonmas, keyinchalik og'riqlar qolib ketadi, deb ko'nglimni xotirjam qilishdi. Men nodon ularning gapini do'xtirning tashxisiday tushunib, onalik baxti shu bo'lsa kerak-da, deya beparvo yuraveribman. Natijada kasallik kuchayib ketibdi. To'ng'ich o'g'lim Akobir bir yoshga to'lganda qattiq og'riq tutdi. Ko'zimga jonimdan boshqa narsa ko'rinmay qoldi. Davolanay desam, uydagilarga malol kelganday bo'ldi.

Turmush o'rtog'im bir dori olib kelib, o'zi massaj qila boshladi. Bir-ikki kundan keyin yaxshi bo'lganday bo'ldi. O'zimga Allohdan kuch-quvvat so'rab, joyimdan turib ketdim. O'zboshimcha "tabiblar" tavsiyasi bilan shifobaxsh giyoh — zirk damlamasini icha boshladim. Ancha durust bo'lib qoldim. Shu-shu og'riq tutsa zirk ichib yurdim. Hash-pash deguncha yana og'iroyoq bo'ldim. To'qqiz oy bolajonimni zo'rg'a ko'tarib yurdim. Chunki og'riq qayta xuruj qila boshlagan edi. Onalarimiz ikkiqat ayolning hamma joyida og'riq bo'ladi-da, deb buni homiladorligimga yo'yishdi. Kasallik tobora kuchayib borayotganini sezardim, lekin chidardim, unga qo'shimcha oyog'imda shish paydo bo'ldi. Nihoyat farzandimiz dunyoga keldi. Belimdagi og'riqqa oyog'imdagi og'riq ham qo'shildi.

Shifokorlar asab tomirlarda shamollash kuchli, deb tashxis qo'yishdi. Nevrologiya bo'limida bir oy davolandim. Ilohim, shifokorlarning umri uzoq bo'lsin. Ancha o'zimga kelib, kasalxonani tark etdim. Ammo ozgina shamol tursa, yoki sovuq bo'lsa, tobim qochardi. Qalinroq kiyinishga tushardim. Yotib qolishdan qo'rqardim. Imkon qadar qaynota-qaynonamning duolarini olishga harakat qilardim. Ular ham menga mehribonlik ko'rsatishardi. Ko'nglimni ovlash uchun bo'lsa kerak, bolalarimizning qo'lini halollash haqida gap ochib qolishdi. Farzandlarimizga ota-onalarimiz ko'magida sunnat to'y qildik.

Hozir ularning kattasi to'rtinchi, kichigi birinchi sinfda o'qishmoqda.

Shu kunlarda talabalik davrimizda bog'da sayr qilib yurganlarimizni bir-bir ko'z oldimdan o'tkazayapman... Yotoqxonada turardik. Anvar aka bir-bir kiyimlarini yuvdirishga olib chiqardi. Xonadoshlarim menga hazil aralash, pochchamizning ust-boshini tozalab yuvgin-a, ko'chada yurganlaringda xunuk ko'rinib qolmasin tag'in, deyishardi. Men esa ularga qarata, qo'ysanglar-chi, axir, qo'shnimiz, eshitsa xafa bo'ladi, deb o'zimni "oqlash"ga harakat qilardim. Aslida-chi, u kishining kiyimlarini mehr bilan yuvardim, hattoki rohat qilardim. Sevgimiz mahsuli bo'lgan farzandlarimiz haqqi-hurmati ota-onasi, oila a'zolari, qarindosh-urug'lari oldida mulzam, gapini ikki qilmadim. Men uchun Anvar akamning gaplari qonun bo'ldi... Yaxshi bo'lib ketasan, degan gaplariga ishondim. Jonimning omonatligiga e'tibor bermadim. Yotib qolgan damimda ham yonimda men uchun jonini beradigan odamim bor, deya ishondim. U kishining kulib turishlaridan quvondim, aytgan gaplari hamon quloqlarim tagida jaranglaydi: "Matluba, ozgina og'riqlar oldida taslim bo'lma, jonim, men yoningdaman. O'g'illarimizning barcha yaxshi kunlarida bosh-qosh bo'lishimiz, ularga hayotda qoqilmaslik yo'llarini ko'rsatishimiz kerak, faqat ikkalamiz birgalikda bir tan, bir jon bo'lib. Ular ham bizga o'xshab, o'z sevganlari bilan baxtli bo'lishlarini ko'rib, quvonishimiz kerak. Sen judayam yaxshi ayolsan, sensiz menga hayot yo'q, shuni bilasanmi?"

Bu gaplardan keyin qaysi ayol to'shakda yotadi? Amallab bo'lsa-da, joyimdan turib ketardim. Ovqat pishirmoqchi bo'lsam, yonimda yordamchi, xamir qorimoqchi bo'lsam, o'zlari shart qo'llarini sovunlab yuvib kelardi-da, onam ko'rmasin, deya tez-tez mushtlab berardi-da: "Bo'ldi, zuvala qilib o'tirma, ustini qalinroq qilib yopib tashla, Matlub", derdi.

Bunday mehribonchiliklar oxirida meni qora kunlar kutayotganini qayoqdan bilibman. "Qizg'aldoq" badiiy filmini ko'rib, yig'lay-yig'lay ichim kuyib ketdi. Mening erim ham Otabekdan kam emasdi. Oilaga mehribon, muhabbatda tengi yo'q. Afsuski, bugun ota-onamnikidaman. Bugun na o'zi, na bolalarim yonimda... Telefonda bo'lsa-da, hol so'rab qo'ymaydi. Men sevgan, men bilgan Anvar akam qachon o'zgarishga ulgurdi? Nima uchun u o'ziga o'xshamayapti? U kishini mendan yuz o'girishga nima majbur qildi?

Kecha o'g'illarim bir pasga kelib ketdi. Kelib-ketishmadi, yurak-bag'rimni qon qilib ketishdi. Ular dadasining uylanayotgani haqida gapirishdi. Endi yashashga haqqim qolmaganini, umidlarim puch ekanligini bildim...Qolinglar, desam dadam urishadi, bir soatga ruxsat bergan, deb tezda qaytib ketishdi.

Ayting, murg'akkina Akobirim va Komronjonimning holi ne kechadi? Bu begunohlar o'gay ona qo'lida qanday kun ko'rib, kim bo'lib etishar ekan?... Oyoqlarim harakatdan to'xtagani etmaganday, chap qo'lim ham ishlamayapti...Bu qanday ko'rgulik, bu qanday xo'rlikki, bir umr birga bo'lishga ahdlashgan insonimning yuzaki muhabbati qurboni bo'lsam?

Mana sakkiz oy bo'ldi Anvar akam diydoriga zor qilib ketganiga. O'shanda o'zimni majburlab bo'lsa-da, zo'rg'a eshikkacha kuzatgani chiqqandim. Butun hovlida lolaqizg'aldoq ochilib yotardi. Hovlining to'rida, qip-qizil qizg'aldoqzor ustida Nigorani bag'riga bosib dod solayotgan Otabek ko'z oldimdan ketmayapti... Nima qilay? Hech bo'lmasa, oxirgi damlarda bolalarim yonimda bo'lsaydi!... Qaysi aybim uchun pokiza orzularim, umidlarim, mehr-muhabbatim toptalganini tushunolmayapman. Vaqtida o'z sog'ligimga nisbatan bee'tibor bo'lganimning jazosimi bu?

Matlubaning dil dardlarini oqqa ko'chiruvchi Gulsara

Категория: TURMUSH CHORARAXALARI |
Просмотров: 1083 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
3 Ali  
0
endi sizga sabr tilayman erizni uylaniwiga kelsak bu yomon holatmasku eringiz ham uylab uylab wunday qarorga kelgan ekan deb uylayman sababi bollariz yow ekan ularni yuvib taraydigan erizni hizmatini qiladigan qolaversa hotinlik qiladigan bir ayol buliwi kerak bundan nolimang aksin4a Allohga wukur qiling noliwiz hudoga huw kelmaydi boriga bergani qismatiga wukur qiling Alloh wu azoblariz orqali gunohizni ke4iryotgandir lekin hohlaysizmi yuqmi islomda 4tagacha uylaniwga ruxsat bor endi eriz ham yolgiz utmaydiku siz ogir axvolda bulsangiz lekin sizni tawlab quyiwi adolatdan bulmabdi sizniyam yonida olib qarawi kerak edi 4unki aylisiz Alloh bar4a narsani hisob kitob qilib quygan zotdir bunga wak keltirmasligimiz kerak yaxwilik ham yomonlik ham Allohdan deb biliwimiz kerak

2 Kumush  
0
согликга этиборли болиш керакда одам омонат жонку ахир...........

1 shaxzoda  
0
achinarli xol aytishadiku erkak kishini yuzida tuki bor ular doimo o'zlarini o'ylashadi boshqalar haqida esa aslo o'ylashmaydi Ayol ...ular naqadar beg'ubor,muxabbatli,sadoqatlibarcha yaxshi xislatlarni o'zida jo qilgan MATLUBA ollox sizga o'zi sabr bersin

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
«  may 2011  »
dshsshchshpshjmshmyk
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar