0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
Portalimizni kimdan eshitdingiz?
Всего ответов: 53
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » aprel » 3 » Bolalar (xaqida toliq malumod )


23:23
Bolalar (xaqida toliq malumod )




























Bolalar


Men 1973 yil 1 iyulda Toshkent shahrining markazi Eski shaharda tavallud topganman. 1980 yildan 1990 yilga qadar 41-o`rta maktabda tahsil olganman. Aynan shu maktabda men, 1-sinfdan to 11-sinfgacha o`qiganman. 1989 yilda esa, "Bolalar" guruhini tashkil qilganmiz.

 


Oilaliman. 3 ta asal farzandlarim bor. Otam vafot etganlar. Onamlar esa, uy bekasi.
Bevosita ijodimga to`xtaladigan bo`lsam, shu davrgacha 280dan ortiq taronalar yaratilgan. Shulardan 10ga yaqin qo`shiqlarimga klip suratga olingan. Albomlarim soni 28 ta.
"Bolalar" guruhi shu kungacha minglab sovrinlar egasi. Shular qatorida, "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist", O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonlaridan ta`sis etilgan "Nihol" mukofoti hamda "Tarona" mukofotlarini kiritish mumkin. Diplom va sertifikatlar soni esa, 500 ga yaqin.
Gastrol safarlariga keladigan bo`lsak, yiliga o`rta hisobda 60tadan deb hisoblasak, shu kungacha 1000dan ortiq gastrol safarlarini uyushtirganmiz. Vatanimiz, Ona yurtimiz O`zbekistonning barcha yerlarida konsert dasturlarimiz bilan ishtirok etganmiz.

 

 

 

Tohir Sodiqov "Hech qachon o’zgarmayman”

- Tohir aka, bolalik – beg’uborlik deyishadi. Bolaligingizdan qanday xotiralar qolgan?
T.S: El qatori, oddiy o’tgan. Yoshligim boshqalarning yoshligidan ajralib turgan deya olmayman. Men ham barcha bolalar kabi sho’x, quvnoq bo’lganman. Do’stlarim bilan birga futbol, basketbol o’ynardik. Bolaligimni, tez-tez yodga olib turaman.
- Qo’shiqchi bo’lish o’sha chog’lardanoq ko’nglingizda bo’lgan, shundaymi?
T.S: Ha, yoshlikdan orzu qilganman. Mana xudoga shukur, niyatimga yetdim.
- "Bolalar” guruhi qanday tashkil topgan?
T.S: Men Bahodir Po’latov va yana boshqa bir-ikki yigitlar bilan birga maktabimizdagi turli xil tadbirlarda qo’shiqlar kuylab turar edik. Keyinchalik Javohir Zokirov ham bizning maktabga o’tdi va u bizni Ruslan Sharipov bilan tanishtirib qo’ydi. Shundan keyin "Bolalar” guruhini tashkil qilishga qaror qildik. Ruslan Sharipov ancha vaqtgacha guruhimiz badiiy rahbari bo’lib ishladi.
- "Bolalar” guruhi bilan bir vaqtda ijodni boshlagan guruhlarning aksariyati tarqab ketdi. Ko’z tegmasin, "Bolalar” guruhi hali hamon mavjud. Buning siri nimada?
T.S: Siri – ishlashda. Kim qo’shiqni yaxshilab, ko’ngildan chiqarib kuylasa, har doim yutadi. Ko’proq gastrol safarlarida bo’lish kerak. Axir san’atkorlarni xalq ushlab turadi-da. Yangi-yangi qo’shiqlar, sifatli qo’shiqlar kuylash kerak. Keyin san’atkorning yonida har doim professional ijodkorlar bo’lishi kerak. Ba’zida san’atkor qandaydir tushkunlikka tushib qoladi va san’at olamidan chiqib ketishga harakat qiladi. Shunda yonidagilar uni qo’llab-quvvatlab, uni yana ijodga boshlaydi. Ularning daldalari san’atkorlarga kuch bo’ladi. Bizning atrofimizda shunday insonlar bor. Temur aka G’aniyev va Anvar Salohiddinovlarni shunday insonlar qatoriga qo’shsak bo’ladi. Yana san’atkor o’z mavqeini ushlab qolish uchun har joyga suqilishi kerak. Qaysi ma’nodaki, sizni ijodiy imkoniyatlaringizni yanada kengaytirishga hissa qo’shdigan tadbirlarda qatnashish kerak.
- San’at yo’lidagi to’siqlar, mashaqqatlar, bular siz uchun ortda qoldi. Agarda sizda 15 yil avvalgi hayotga qaytish imkoni bo’lganida...
T.S: Yana san’at yo’lini tanlardim. Agarda qaytish imkoni bo’lganida, kamroq xato qilishga harakat qilardim. To’g’rirog’i, umuman xato qilmaslikka intilardim. Shuncha yil mobaynida juda ko’plab xatolar qildim. Agarda xato qilmaganimizda hozir xorijda ham taniqli guruh bo’larmidik? Yoshligimizda kalta o’ylaydigan, ishyoqmas bo’lgan ekanmiz. O’shanda bor kuchimiz bilan ijod qilganimizda, bundanda mashhurroq bo’lar edik. Ming afsus, endi kech.
- 15 yillik ijodiy faoliyatingizda eng omadli va omadsiz yil?
T.S: Ijodiy faoliyatimdagi har bir yilni omadli deb bilaman. Mana bu yil ijodimdagi eng omadli yil, deb ajratib ko’rsata olmayman. Har bir yil o’ziga yarasha iz qoldirgan. Har yili yangi albom taqdim etganman. Har yili konsert dasturimni berganman. Omadsiz yil esa... 1993 yil men uchun omadsiz kelgan. Negaki, o’sha yil avtohalokatga uchraganman. Ollohga ming bora shukur, hammasi yaxshi bo’lib ketdi.
- Ba’zi xonandalar san’at olamiga kirib kelganiga ikki yil ham bo’lmasidan, "Falonchi mening shogirdim”, "Men falonchining ustoziman” deb jar sola boshlaydi. Biroq shu paytga qadar sizning shogirdlaringiz haqida deyarli hech narsa bilmaymiz.
T.S: San’atga kirib kelganimizga 15 yil bo’ldi. Endi shogirdim bor, desak bo’lar bizga (kuladi). Men "shogirdim bor” desam ham bo’ladi, "yo’q” desam ham bo’ladi. Shogirdlarim deb Ravshan Sobirovni va "Bojalar” guruhini aytishim mumkin. Aslida biz ularga yordam beramiz, xolos. Hammasi ularning o’zidan. San’at haqida tushunchasi yo’q odam kelib "meni shogirdlikka oling” desa, biz ularni shogidlikka ololmaymiz. San’atni yaxshi tushunadigan, iste’dodli yoshlarni shogirdlikka olishimiz mumkin. U har taraflama shogird bo’lishi kerak. Aytganingni qilishi, o’z ustida ishlashi kerak.Yana qaytarib aytaman, biz ularga yordam beramiz, xolos.
- Shogirdlikka kelgan yosh xonandalar albatta moddiy ta’minlangan bo’lishi kerak. Shundaymi?
T.S: Albatta, busiz iloji yo’q. Eng avvalo ularning iqtidoriga qarayman, keyin esa mablag’ kerak. Maslahat beradigan bo’lsam, har bir endi boshlayotgan ijodkor, yaxshi studiyada qo’shiq yozdirishi, yaxshi shoirlar va bastakorlar bilan ishlashi kerak. Negaki, ayni kunda qo’shiqchilik san’ati pulga borib taqaladi.
- Sizning ustozingiz kim?
T.S: Mening ustozlarim Ruslan Sharipov va Davron G’oyipovlar.
- Lola bilan kuylagan qo’shig’ingiz juda tez ommalashib ketdi. Kelajakda yana shunday duetlar kuylashni rejalashtirganmisiz?
T.S: Hozircha rejada yo’q. Chunki yaxshi she’r va yaxshi musiqa yo’q. Lekin albatta yana duet kuylayman.
- Xorijiy yulduzlar bilan duet ijro etish niyatingiz yo’qmi?
T.S: Xorij estradasi yulduzlari bilan bog’lanishga harakat qilyapmiz. Lekin biz hali ularning darajasiga yetmadik, deb o’ylayman. Sevara Nazarxonga gap yo’q, u chet elga juda ko’p chiqyapti. Menimcha, u kuylashi mumkin yoki Yulduz opam xorij yulduzlari bilan duet aytishlari mumkin. Agarda iloji bo’lganida Britni Spirs bilan yoki Jennifer Lopez bilan duet aytardim. Jahon miqyosidagi yulduzlarni O’zbekistonga taklif qilishganidagina ular bilan bog’lanishimiz mumkin. Hozircha bizda etibor sust.
- San’atkorning eng katta siri nima?
T.S: San’atkorning katta siri – bu uning orzusi. Orzuni hammaga aytish kerakmas. Agarda biror ishni rejalashtirib, uni hammaga aytsangizu, u amalga oshmay qolsa, bundan yomoni yo’q. Ham kulguga qolasiz. Avvallari biror yangilik o’ylab topsam, hammaga aytib yurardim va uni kimdir ilib ketardi.
- Qaysi xonandalarning san’atini qadrlaysiz?
T.S: Hamma xonandalarning ijodiga hurmat bilan qarayman. Birgina qo’shiq yaratishga qancha kuch, mehnat, mablag’ ketishini yaxshi bilaman. Shuning uchun hamkasblarim ijodini qadrlayman. O’sha honandalar xoh mashhur bo’lsin, xoh san’at olamiga endi qadam qo’yayotgan bo’lsin, bariga birdek munosabatdaman.
- "Ko’zlaring mayus” filmidan so’ng kinoga takliflar yanada ko’paygandir?
T.S: Takliflar ko’p. Ochig’ini aytsam, kinoda suratga tushish juda qiyin ekan. Hozircha bunday rejam yo’q.
- Ko’pchilik Tohir Sodiqovning hayotiy shiorini bilishni istaydi?
T.S: Olg’a, olg’a va faqat olg’a! Mening shiorim shu.
- Hayotda orzu, armon, degan tushunchalar ham bor. Ayting-chi, Tohir aka sizning ham armoningiz bormi?
T.S: Bor. Otam shu kunlarni, mening ozmi-ko’pmi erishgan yutuqlarimni ko’rmaganlari – eng katta armonim.
- Hayotingizdagi eng og’ir kunni eslay olasizmi?
T.S: O'g’il bolada bunday kun bo’lishi kerak emas. Hech qachon tushkunlikka tushishi ham kerak emas. Ishlaringiz yomon bo’lsa ham "hammasi joyida, yaxshi” deyish kerak. Har narsani yengib o’tish kerak. Balki maktab chog’larimizda, futbol o’ynab yutqazib qo’ysak, tushkunlikka tushgandirmiz.
- Besh yildan keyingi Tohir Sodiqovni qanday tasavvur qilasiz?
T.S: Besh yildan keyin... (o’ylanib turib), sochlarim oqarib qolsa kerak. Biroq, hech qachon o’zgarmayman. Yuraveramiz... qo’shiq aytib. Bir tarafdan hech kim bilmaydi, ertaga nima bo’lishini. O’zbekistonda san’at jahon darajasiga chiqishi kerak, hozirgidanda yaxshi konsert zallari qurilishi kerak. O’shanda biz ham yosh san’atkorlarga homiylik qilishimiz mumkin. Ularga ko’makdosh bo’lamiz. Qandaydir sport va san’atni birlashtiradigan inshoot qurilar balki. San’at va sport birlashishi, yoshlarimizning sog’lom va go’zal hayot kechirishlariga yana bir turtki bo’ladi. Ularning turli jinoiy guruhlarga qo’shilib qolishidan asraydi.
- Qo’shiqlarimizga klip suratga oldiramiz, degandingiz. Biroq haligacha yangi klipingizni ko’rmadik?
T.S: Yaxshi g’oyaviy qo’shiqlar bo’lsa, albatta klip suratga olamiz. Oddiy klip suratga oldirishni istamayman. Basseynlar yoki daraxtlar oldida turib olib qo’shiq aytib, klip suratga oldirishning nima keragi bor? Xorijga chiqqanimizda u yerdagilarga ko’rsatishga arziydiganklip bo’lishi kerak. Qo’shiqlarimizni bemalol, uyalmasdan ularga eshittira olamiz.
- O’z shaxsiy studiyangiz "Kelajak rekords” ishlab turganida nima uchun "Tarona rekords”da qo’shiq yozdirasiz?
T.S: Biz studiyamizda faqat tayyorlanamiz, keyin "Tarona rekords”ga borib yozamiz. Ularni har doim bezovta qilshga uyalamiz. Menga yoqadigan, meni qoniqtira oladigan mutaxassislar "Tarona”da. "Kelajak rekords”da esa barcha ijodiy ishlarni amalga oshiramiz. Shartnomalar ham shu yerda tuziladi.
- Va nihoyat muxlislaringizga tilaklaringiz?
T.S: Muxlislarim sog’ bo’lishsin. Bu eng asosiysi. Hamma yaxshi niyatlari ro’yobga chiqsin. Omad hamisha yor bo’lsin!
Категория: YULDUZLAR XAQIDA |
Просмотров: 993 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
«  aprel 2011  »
dshsshchshpshjmshmyk
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar