0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
Portalimizni kimdan eshitdingiz?
Всего ответов: 53
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » may » 14 » endi sahifalarimizda ertaklar saxifasi ochildi unda bazan ertaklarham kiritib turamiz birinchi ertagimiz (Bo'ri va yetti uloqcha)


16:48
endi sahifalarimizda ertaklar saxifasi ochildi unda bazan ertaklarham kiritib turamiz birinchi ertagimiz (Bo'ri va yetti uloqcha)

Bo'ri va yetti uloqcha

Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir echki bor ekan. Uning yettita uloqchasi bor ekan. Hamma onalar singari u ham bolalarining yettovini birdek yaxshi ko'rar va erkalar ekan. Ona echki tez-tez yemish qidirib, o'rmonga borar ekan. Ketayotib uloqchalariga:
- Bolajonlarim, siz eshikni mahkam yopib, hech kimga ochmay o'tiring. O'rmonda och bo'ri izg'ib yuribdi. Ehtiyot bo'ling! - deb tayinlarkan.
Ona echki o'rmonda o't-o'lan bilan ovqatlanib, muzdek suv ichib, bolalarining oldiga kelarkan. Eshikni taqillatib qo'shiq aytar ekan:
- Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to'lib, yerga to'kildi.
Bolalari shu zaxoti eshikni ochib onasini kutib olishar edi. Ona echki ularni ovqatlantirib, yana o'rmonga ketar ekan.
Bu holni kuzatib turgan bo'ri, echki o'rmonga kirib ketishi bilan uycha yoniga kelib, do'rillab qo'shiq aytibti:

- Uloqchalar, bolachalar!
Eshikni oching,
Onangiz keldi,
Sut olib keldi.
Echki bolalari:
- Eshityapmiz, eshityapmiz. Ovozing onamizniki emas! Onamiz ingichka ovoz bilan qo'shiq aytadi.Hoy bo'ri bu yerdan yo'qol!
Bo'ri o'ylab-o'ylab ovozini o'zgartirish uchun temirchining yoniga ketibti.
Ona echki qaytib kelib, eshikni taqillatibdi va kuylay boshlabdi:
 - Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to'lib, yerga to'kildi.

Echki bolalari eshikni ochishib, o'z onalarini kutib olishibdi. Keyin birin-ketin bo'ri kelgani, ularni aldab yemoqchi bo'lgani haqida so'zlab berishibdi. Ona echki uloqchalarini ovqatlantirib bo'lib, hech kimga eshik ochmaslik haqida qattiq tayinlabdi-da, o'rmonga ketibdi.

Ona echki ketishi bilan bo'ri yana uy yonida paydo bo'libdi. Eshikni taqillatib, ingichka ovozda qo'shiq aytibdi:
 - Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to'lib, yerga to'kildi.
Uloqchalar bo'rini ovozini payqamay eshikni ochib yuborishibdi. Shu on bo'ri uy ichiga otilib kirib, echki bolalarini tiriklayin birin-ketin yutib yuboribdi. Ulloqchalarning faqat eng kichkinasi pechka ichiga kirib omon qoldi.

Ona echki uyga qaytib kelsa, eshik ochiq, hech kim yo'q. Ona echki bolalarini qidira boshlabdi. Uzoq qidirib, chaqiribdi. Hech kimdan javob bo'lmabdi. Pechka ichiga nazar solib qaltirab o'tirgan kichik bolasini topibdi. Ona echki bo'lgan voqeadan xabar topib, achchiq-achchiq kuyinib yig'labdi:
- Oh, bolajonlarim, uloqchlarim!
Eshikni nega ochdingiz, Bo'ri qo'liga nega tushdingiz?!

Uning ovozini bo'ri eshitib:
- Eh, echkijon! Senga rahmim kelyapti. Bolalaringni men yeganim yo'q, - debdi.
Ona echki esa uni shoxi bilan shunday suzibdi-ki, bo'rining qorni yorilib, ichidan uloqchalar sakrab-sakrab chiqib, onalari oldiga yugurgilashibdi.
O'shandan beri uloqchalar yanada hushyor va tinch-totuv yashar ekanlar.
Категория: ERTAKLAR |
Просмотров: 861 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
«  may 2011  »
dshsshchshpshjmshmyk
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar