0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
Yilning eng go'zal ayoli?
Всего ответов: 636
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » yanvar » 1 » ENTERNETNI BUGUN KUNGACHA OLIB KELGAN 40 KISHI


11:49
ENTERNETNI BUGUN KUNGACHA OLIB KELGAN 40 KISHI
Internetni bugungi ko‘rinishgacha olib kelgan 40 kishi
14:39

Internetning yaratilishi bilan dunyo yanada yorqinroq va yaqinroq bo‘la boshladi. Endilikda kishilar gazeta o‘qishdan ko‘ra veb-sahifalarni titishni afzal ko‘ra boshladi. Avvallari xat-xabar almashishda qog‘ozlardan foydalanilgan bo‘lsa, hozirda oddiygina elektron pochta yordamida buni amalga oshirish mumkin. Biz bugungi kunda Internetda kino ko‘rishimiz, biznes yuritishimiz, tovar va xizmatlarni xarid qilishimiz mumkin.

Xo‘sh, bularning barchasi kimlarning xizmati evaziga amalga oshdi? Kimlar Internetni bugungi ko‘rinishgacha olib keldi. Quyida bu haqda to‘xtalib o‘tamiz.

1-2. Vint Serf va Bob Kan (Vint Cerf and Bob Kahn)

Internet otasi

Vint Serf va Bob Kan birgalikda Internetda kompyuterlarni bir-biriga bog‘lanishini nazorat qilivchi TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) jamlanmasini yaratishgan.

3. Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee)

WWW asoschisi

Tim Berners-Li Xalqaro o‘rgimchak to‘ri (World Wide Web)ni yaratgan. U lik marta mijoz va server o‘rtasidagi aloqa, ya’ni gipermatnni yozgan. Bugungi kunda u veb-standartlarni yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanmoqda. Ayni paytda u Xalqaro o‘rgimchak to‘ri konsorsiumi (W3C – World Wide Web Consortium) direktori hisoblanadi.

4. Rey Tomlinson (Ray Tomlinson)

E-mail otasi

Dasturchi Rey Tomlinson ilk marta dunyoning turli nuqtalarida joylashgan elektron mashinalar o‘rtasida xabar almashish imkoniyatini yaratdi. U elektron pochta manzillarini ifodalash uchun "@” belgisini o‘ylab topgan. Bugungi kunda har kuni milliardlab kishilar "@” belgisini ishlatadi.

5. Maykl Xart (Michael Hart)

Elektron kitoblarning paydo bo‘lishi

Maykl Xart kishilar o‘rtasida savodsizlikni kamaytirish maqsadida elektron kitoblarni yaratishni boshlagan. U Gutenberg loyihasining asoschisi hisoblanadi va mazkur loyiha dunyodagi ilk elektron kutubxona sifatida e’tirof etiladi.

6. Geri Tyurk (Gary Thuerk)

Ilk e-mail spami

Spam – bu, eski marketing usullaridan biridir. Geri Tyurk ilk marta xaridorlarga ommaviy electron xabar jo‘natgan shaxs hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, o‘shanda u ilk spamni yaratganligini hatto bilmagan ham ekan.

7. Skott Falman (Scott Fahlman)

Ilk smaylik

Skott Falman ilk marta ASCII-belgili smaylikni yaratgan shaxs hisoblanadi. U hazil tariqasida yozilgan xabarlarni jiddiy xabarlardan farqlash uchun bunday "kulgich”lardan foydalangan. Bugungi kunda har birimiz smayliklardan messenjer dasturlarida, turli onlayn-suhbat, ya’ni chatlarda hamda elektron pochtalarda foydalanamiz.

8. Mark Andressen (Marc Andreessen)

Netscape Navigator

Mark Andressen Internet-navigatsiya borasida inqilob qildi. U ilk marta foydalanuvchilar tomonidan keng qo‘llanilgan Mosaic nomli veb-brauzerni ishlab chiqdi. Keyinchalik u Netscape Navigator nomi ostida tijoriy maqsadlarda qo‘llanila boshlandi. Hozirda Mark Andrissen Ning kompaniyasining asoschilaridan bir va uning direktori hisoblanadi. Bundan tashqari u Digg, Plazes va Twitter kabi internet-loyihalarda o‘z ulushiga ega.

9. Yarkko Oykarinen (Jarkko Oikarinen)

Internet Relay Chat, IRC

Yarkko Oykarinen ilk marta Finlandiyada Internet Relay Chat deb nomlangan onlayn-chatga asos solgan. IRC ning mashhurligi 1991-yilga kelib o‘z nihoyasiga yetdi. Iroq davlati Quvaytni bosib olgandan so‘ng radio va televideniye signallari uzilib qoldi. Biroq IRC yordamida so‘nggi axborotlarni tarqatib turildi.

10. Robert Tappan Morris (Robert Tappan Morris)

Ilk "chuvalchang” virusi

Chuvalchang virusi (inglizcha, worm virus) g‘oyasi odatiy xakerlik faoliyatidan tubdan farq qiladi. Bunda siz tarmoqqa kirish o‘rniga kichkinagina dasturchani yuborsiz va u o‘ziga "yuklatilgan” vazifani bajaradi. Ushbu g‘oya asosida Robert Tappan Morris "Morris chuvalchangi” (Morris Worm)ni yaratdi. Bu virus internetda tarqalgan eng birinchi viruslardan bo‘lib, u minglab dollar "zarar” keltirishga muvaffaq bo‘lgan.

11. Devid Boxnett (David Bohnett)

Geocities

Devid Boxnett 1994-yilda Jon Rezner (John Rezner) bilan birgalikda GeoCities saytini tashkil qilgan. Ushbu loyiha o‘z davrida Internetdagi eng yirik hamjamiyatga aylanishga muvaffaq bo‘lib, uning yordamida ilk marta har bir foydalanuvchi o‘zi uchun bepul veb-sahifa ochish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Biroq, kompaniya 2009-yilning 27-oktabrida o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

12. Uord Kanningem (Ward Cunningham)

Ilk Wiki

Amerikalik dasturchi Uord Kanningem onlayn-sahifalarni birgalikda ishlab chiqish, yaratish va tahrir qilish maqsadida ilk "wiki”ni ishlab chiqdi. Hozirda tez-tez qo‘llaniladigan "wiki” so‘zi gavayiliklar tilida "tezkor” ma’nosni beradi.

13. Sabir Bxatiya (Sabeer Bhatia)

Hotmail

Sabir Bxatiya veb-sahifalarni yozish uchun ishlatiladigan til – HTML qisqartmasi asosida Hotmail (undosh harflar – html) bepul elektron pochta xizmatiga asos solgan. Keyinchalik Microsoft kompaniyasi uni 400 mln. $ ga sotib olgan.

14. Mett Draj (Matt Drudge)

Draj hisoboti

Mett Draj ilk marta yangiliklarni jamlovchi veb-saytga asos solgan. Mazkur sayt ba’zi yangiliklarni birinchi bo‘lib saytga qo‘yishni boshlagandan so‘ng omma o‘rtasida mashhur bo‘lib ketgan.

15-16. Larri Peyj va Sergey Brin (Larry Page and Sergey Brin)

Google

Larri Peyj va Sergey Brin birgalikda Internetda qidiruv xizmatini tubdan o‘zgartirib yubordi. Ular tashkil qilgan kompaniya yildan-yilga tanilib bordi. Boshlanishida ular kompaniyani o‘z mablag‘lari evaziga tashkil qilishgan edi. Hozirgi paytga kelib Google internet-korporatsiyasi yiliga milliardlab dollar foyda keltirmoqda.

17. Bill Geyts (Bill Gates)

Microsoft

Bill Geyts "Micro-Soft” deb nomlangan dastur ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos solgan edi. U shaxsiy kompyuterlar uchun Windows operatsion tizimini ishlab chiqdi. Bugungi kunda Bill Geyts o‘z oldiga qo‘ygan "har bir stol ustida bittadan kompyuter” degan missiyasiga erishdi, desak xato qilmaymiz.

18. Stiv Jobs (Steve Jobs)

Apple

Stiv Jobs shaxsiy kompyuter innovatsion g‘oyasi asosida inqilob qilishga erishdi. Apple kompaniyasi asoschisi hayot tarzimizga o‘xgacha kayfiyat olib kirdi. Bugungi kunda har kim iPhone smartfonidan, iPod pleyeridan, iPad planshetidan foydalanishni xohlasa kerak.

19-20. Devid Filo va Jerri Yang (David Filo and Jerry Yang)

Yahoo

Devid Filo va Jerri Yang birgalikda Yahoo! ni boshlashgan. Ayni paytda Yahoo kishilarning bir-biri bilan aloqa qilishlari, ma’lumot izlash va narsalarni sotib olish uchun mo‘ljallangan universal brendga aylangan. Yahoo! nomi "Yet Another Hierarchical Officious Oracle” ("yana bir iyerarxik tashkil qilingan norasmiy Oracle”) iborasidagi so‘zlarning bosh harflaridan tuzilgan. Biroq, Filo va Yang "yahoo” so‘zining umumiy ma’nosi – "qayta ishlanmagan, haqiqiy, xomaki” ma’nolarini yoqtirganliklari uchun kompaniyaga shunday nom berganligini ta’kidlaydilar.

21. Bred Fispatrik (Brad Fitzpatrick)

LiveJournal

Bred Fispatrik ilk blog yuritish platformalaridan biri hisoblangan LiveJournal saytini yaratgan. U Internetda "bradfitz” nomi ostida tanilgan. Bundan tashqari u bugungi kunda LiveJournal, Facebook va YouTube kabilarda qo‘llaniladigan bir necha bepul tarqatiluvchi dasturlarning ham muallifi hisoblanadi. Hozirda LiveJournal onlayn-kundalik, ya’ni blog yuritish uchun mo‘ljallangan onlayn hamjamiyat hisoblanadi.

22. Shon Fenning (Shawn Fanning)

Napster

Shon Fenning musiqaga qiziquvchilar uchun qo‘shiqlarni topish va sotib olishga mo‘ljallangan markazlashmagan fayl-almashinuv tizimi – Napster ga asos soldi. Bunda foydalanuvchilar boshqalar bilan baham ko‘rishni xohlagan har qanday faylni o‘zlarining kompyuterlaridagi maxsus katalogga joylaydilar va Napster tizimi orqali foydalanuvchilar ushbu fayllarni ko‘chirib olishlari mumkin. Mazkur tizim 2001-yilda o‘zining eng cho‘qqisiga chiqqan edi. O‘shanda qariyb 25 million kishi undan foydalanar edi. Biroq, keyinchalik bir qator sud da’volari natijasida tizim faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Napster o‘z brendini yangiladi va Roxio kompaniyasi tomonidan sotib olindi.

23. Petr Til (Peter Thiel)

PayPal

Petr Til PayPal bilan bog‘liq veb-avliyolardan biri hisoblanadi. PayPal kishilarga masofadan turib bir-birlariga pul o‘tkazish imkoniyatini yaratib berdi. Piter Til 31 yoshida PayPal to‘lov tizimiga asos soldi va oradan 4 yil o‘tib uni eBay ga 1,5 mlrd. $ ga sotgan.

24. Pyer Morad Omidyar (Pierre Morad Omidyar)

eBay

Pyer Omidyar sotuvchi va xaridorlarni bir yerga yig‘gan holda onlayn-do‘konga asos soldi. U o‘ziga yarasha auksion imperiyasini yaratdi. Uning fikricha, birovning eski narsasi kim uchundir xazina hisoblanadi. Hozirda eBay onlayn-auksionida foydalanuvchilar "eski” buyumlarni sotish yoki sotib olishlari mumkin.

25. Jimmi Uels (Jimmy Wales)

Wikipedia

Jimmi Uels har kim osonlikcha tahrir qilishi mumkin bo‘lgan maqolalardan iborat dunyodagi eng yirik ensiklopediyaga asos soldi. Mazkur ochiq ensiklopediya 2001-yilda ishga tushgan bo‘lib, hozirda u ma’lumot izlovchilar uchun Internetdagi asosiy manba bo‘lib qoldi.

26-27. Styuart Batterfild va Katerina Feyk (Stewart Butterfield and Caterina Fake)

Flickr

Kishilarning o‘zlari olgan suratlarini Internetda boshqalar bilan baham ko‘rishi odatiy holatga aylanib ulgurdi. Styuart Batterfild va turmush o‘rtog‘i Katerina Feyk birgalikda Web 2.0 asosida ishlovchi Flickr saytiga asos soldi. Endilikda foydalanuvchilar Internetda ham o‘z foto-albumlariga ega bo‘lishi mumkin bo‘lib qoldi. Keyinchalik, Flickr 2005-yilda Yahoo! tomonidan sotib olindi.

28. Jonatan Abrams (Jonathan Abrams)

Friendster

Jonatan Abrams do‘sti Kris Emanuel bilan birgalikda uchrashuvlarni tashkil qilishga yordam beruvchi Friendster saytiga asos soldi. Bunda u Match.com g‘oyasidan foydalangan. Sayt a’zolari yoqtirgan film, kitoblarini ko‘rsatgan holda o‘z profillarini yaratadilar va uni do‘stlariga yuboradi. Jarayon shu tarzda davom etadi.

29. Niklas Zennstrom (Niklas Zennstrom)

Skype

Niklas Zennstrom tarixda Skype nomi bilan atalgan tezkor aloqa tizimiga asos soldi. Uning yordamida butun dunyo bo‘ylab Internet foydalanuvchilari o‘z kompyuterlaridan boshqa bir kompyuterga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Keyinchalik Skype taklif qiladigan xizmat turlari ko‘payib, endilikda shaxsiy kompyuterdan mobil telefonlarga ham qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

30. Brem Koen (Bram Cohen)

BitTorrent

Napster ilk marta fayl-almashinuv tizimini yaratgan bo‘lsa, Brem Koen fayl-almashinuv tizimining qiyofasini o‘zgartirgan holda BitTorrent protokoliga asos soldi. U "Oltin qoida” tamoyiliga amal qiladi: qanchalik tez fayl yuklasang, shunchalik tez ko‘chirib olasan (the faster you upload, the faster you are allowed to download). BitTorrent faylni bir necha kichik bo‘lakchalarga bo‘lib tashlaydi va har bir foydalanuvchi bitta bo‘lakka "egalik qiladi”. Kimdir uni ko‘chirib olmoqchi bo‘lsa, mazkur bo‘lakcha egalari turli nuqtalardan uni foydalanuvchiga yetkazib beradi.

31. Reyd Xoffman (Reid Hoffman)

LinkedIn

PayPal kompaniyasining sobiq vitse prezidenti Reyd Xoffman professional ijtimoiy tarmoq – LinkedIn ga asos soldi. Sayt a’zolari uning yordamida ish qidirishi, rezyume joylashi, ishga qabul qilishlari va yana bir qancha amallarni bajarishlari mumkin.

32. Mett Mullenveg (Matt Mullenweg)

WordPress

Mett Mullenveg dunyoda eng ko‘p foydalaniladigan ochiq kodli blog yuritish platformasi – WordPress ga asos soldi. Bugungi kunda ko‘plab mashhur blog-saytlar, jumladan TechCrunch, Huffingtonpost, Mashable va boshqalar WordPress platformasi asosida ishlaydi.

33-34-35. Chad Xerli, Stiv Chen va Javed Karim (Chad Hurley, Steve Chen, and Jawed Karim)

YouTube

Chad Xerli, Stiv Chen va Javed Karim birgalikda PayPal kompaniyasida ishlagan. Keyinchalik ular hozirda kuniga turli mavzularga oid 100 millionlab qisqa videolarni ommaga taqdim qilayotgan dunyoning eng mashhur video-xostingi – YouTube saytiga asos solishgan. Ular saytni ishlab chiqishda o‘z qobiliyatlariga qarab vazifalarni taqsimlab olishgan. Xususan, Chad Xerli sayt interfeysi va logosini ishlab chiqqan bo‘lsa, Stiv Chen va Javed Karim sayt ishlashi uchun texnik majburiyatlarni o‘zaro bo‘lib olishgan. Keyinchalik esa, ular boshqaruv jarayonini ham bo‘lib olishgan. Chad Xerli bosh ijrochi direktor (CEO), Stiv Chen – bosh texnologik direktor lavozimlarini egallagan. Bundan 1,5 yil o‘tib internet-giganti Google 1,65 mlrd. $ evaziga YouTube saytini sotib oldi.

36. Kreyg Nyumark (Craig Newmark)

Craigslist

Kreyg Nyumark reklama e’lonlarini tasniflovchi Craigslist deb nomlangan sayt tashkil qildi. Bu voqea barchaga bepul e’lon berish imkoniyatini yaratganligi uchun gazeta nashriyotlarining xavotiriga sabab bo‘ldi. Hozirgi kunda ushbu sayt reklama e’lonlarining onlayn-bazasiga aylangan.

37. Julian Assanj (Julian Assange)

WikiLeaks

Julian Assanj dunyo bo‘ylab o‘g‘rilangan maxfiy ma’lumotlarni tarqatuvchi WikiLeaks saytiga asos soldi. Xatto u ma’lumotni o‘g‘irlagan kishilarning nomi tarqab ketmasligining oldini olish maqsadida kuchli dastur ham ishlab chiqdi. Natijada, saytga qo‘yilgan ma’lumotlarni Assanjga kim va qachon berganligini bilish nihoyatda qiyin bo‘lib qoldi.

38. Dik Kostolo (Dick Costolo)

FeedBurner

Kishilar har kuni o‘zlari yoqtirgan saytga tashrif buyuradi va saytga yangi kiritilgan xabarlarni o‘qishga qiziqadi. Buni hisobga olgan Dik Kostolo turli saytlardagi yangiliklarni bir yerga yig‘uvchi agregator – FeedBurner texnologiyasini ishlab chiqdi. RSS (inglizcha, Really Simple Syndication) yordamida siz bir necha saytlardagi yangiliklarni o‘zingiz yoqtirgan joyga – elektron pochta, brauzer va boshqalarga jamlashingiz mumkin. Keyinchalik, Google internet-korporatsiyasi 2007-yilda FeedBurner ni sotib oldi. Ayni paytda Dik Kostolo Twitter ijtimoiy tarmog‘ida bosh operatsion direktor (COO) vazifasida ishlamoqda.

39. Mark Sukerberg (Mark Zuckerberg)

Facebook

Mark Sukerberg universitet talabalariga bir-birlari bilan aloqada bo‘lib turishlari uchun yordam berish maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog‘ini yaratdi. Keyinchalik ushbu platform butun dunyo bo‘ylab tarqaldi va omma o‘rtasida juda mashhur bo‘lib ketdi. Ayni paytda Facebook a’zolari soni 550 million kishiga yetdi. Amerikaning mashhur TIME jurnaliga ko‘ra, Mark Sukerberg 2010-yilda "yil kishisi” ("Person of the Year”) deb topildi.

40. Jek Dorsi (Jack Dorsey)

Twitter

Jek Dorsi mikroblog yuritish uchun Twitter platformasini yaratdi. Bunda foydalanuvchilar o‘zlarining nima qilayotganliklarini, oila a’zolariga qayerda ekanliklarini bildirish, o‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashish uchun 140 belgidan ortmagan xabar qoldirishlari mumkin. ayni paytda Twitter mashhur sport yulduzlari, pop-yulduzlari uchun muxlislari bilan muloqotda bo‘lish, biznesmenlar, kompaniyalar uchun o‘zlarini reklama qilishga yordam beruvchi mo‘jazgina makonga aylanib qolgan.

Yuqoridagi ro‘yxatga kiritish mumkin bo‘lgan yana 3 kishi:

41. Kristofer Pul (Christopher Poole)

4chan

Kristofer Pul 4chan deb nomlangan xabarlar doskasiga asos soldi. Boshqa onlayn-forumlardan farqli o‘laroq, 4chan tizimida xabar qoldirish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. Kristofer Pul Internet olamida "Moot” nomi bilan tanilgan.

42. Joshua Shaxter (Joshua Schachter)

Delicious

Joshua Shaxter Internet foydalanuvchilariga o‘zlari yoqtirgan veb-sahifalarni boshqalar bilan ham baham ko‘rishlari uchun yordam beradigan del.icio.us saytini ishlab chiqdi. Keyinchalik u Yahoo! tomonidan sotib olingan.

43. Jeff Bezos (Jeff Bezos)

Amazon

Jeff Bezos dunyodagi eng katta onlayn-do‘konga asos soldi. Dastlab u Cadbara Inc. deb nomlangan va keyinchalik Amazon.com ga o‘zgartirilgan. Mazkur internet-do‘kon yordamida endilikda iste’molchilar uylaridan tashqariga chiqmay turib har qanday turdagi mahsulotni sotib olishlari mumkin. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan Kindle bukrideri esa kitobxonlarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan.

Категория: Статья / Maqola |
Просмотров: 1149 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar