0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
Yilning eng go'zal ayoli?
Всего ответов: 636
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » aprel » 6 » Otabek Mutalxo`jayev (HAQIDA TOLIQ MALUMOD)


12:58
Otabek Mutalxo`jayev (HAQIDA TOLIQ MALUMOD)
Otabek Mutalxo`jayev 1984 yil 18 – iuylda Toshkent shahrida tug`ildi. U ziyolilar oilasida voyaga yetdi. Asosan buvisi va buvasining tarbiyasini oldi. Otabek bolaligida juda sho`x bola bo`lgan. Mahallasidagi bolalar bilan ko`chada futbol o`ynab, daraxtlarga chiqib, necha marta yiqilib, lat yegan.


Lekin sho`x bo`lishiga qaramay, musiqaga, qo`shqiqa qiziqishi katta edi. Otabek Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 14-bolalar bog`chasida tarbiya oldi. Bog`chada ham o`zini qiziquvchanligi, tirishqoqligi, sho`xligi bilan boshqa bolalardan ajralib turardi. Bayramlarda bog`chaning musiqiy tadbirlarida Otabek tarbiyalanuvchilarning eng faoli edi. Otabekning bobosi Fayzulla Mutalxo`jayev havaskorlik teatrining aktyori edi. San’atga mehr Otabekka bobosidan o`tgan. Bobosi "Tohir va Zuhra” musiqiy spektaklida Tohir rolini ijro etgan. Uyda shu rolni repetitsiya qilayotganida Otabek bobosining jonli ijrosini dutorda hirgoyi qilishlarini kuzatib utirardi. Mumtoz musiqa yosh Otabekni butunlay sehrlab qo`ygandi.

MAKTAB:
1991 yilda Otabek Toshkent shahridagi 9-maktabga o`qishga bordi. Maktabda Otabek adabiyot, matematika, musiqa, jismoniy tarbiya darsarini yaxshi kurardi. Maktabdagi tadbirlar ham Otabeksiz o`tmasdi. 2-sinfdan Otabek Uchtepa tumanidagi 4-maktabd, 7-sinfdan N306 – iqtisodiyot litseyida tahsil oldi. Boshlang`ich sinfdagi o`qituvchisi Klara opani Otabek alihda mehr bilan eslaydi. Maktabda a’lo va yaxshi baholarga o`qigan.

 

Talabalik.
2001 yilda maktabni bitirgan Otabek, shu yilning o`zida Toshkent Davlat Universitetining neft va gaz fakultetiga xujjatlarini topshirdi, Universitetda o`qish jarayonida ham uning san’atga bo`lgan qiziqishi so`nmadi. Neft va gaz sohasidagi o`qish bilan birg aO`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Yunus To`rayevdan vocal saboqlarini oldi. Konservatorida , Toshkent Estrada vas irk kollejida dars berayotgan Yunus To`rayev Otabekning vocal bo`yicha birinchi ustozidir.
Universitetda Otabek kontrakt asosida o`qigani uchun, parallel ravishda gaz qo`yish shahobchasida operator bo`lib ishladi. 2005 yilda o`qishni tugatib, neft va gaz sishi mutaxassisligi diplomini oldi. Lekin san’atga bo`lgan qiziqaish kuchaysa kuchadiki, kamaygani yo`q.

BIRINCHI QO`SHIQ
Otabekninh qarindoshi, tadbirkor Shuhrat Teshaboyev unda san’atga bo`lgan qiziqishni kurib, hamkorlikda ishlash taklifini berdi va uning ijodiga homiylik qila boshladi. 2004 – yilda Otabekning "Oydanda go`zal” qo`shig`i yozildi. Bu qo`shiqni shoir va bastakor Dilshod Mahkamov yozib berdi. "Agar shu qo`shiq tinglovchilarga manzur bo`lsa, san’atda ijod qilishingga yordam beraman”, - dedi Otabekka homiysi ShuhratTeshaboyev. "Oydanda go`zal” qo`shig`i mulislarga manzur bo`ldi. Aynan shu qo`shiq Otabekning san’atdagi taqdirini belgiladi. Sal o`tmay "Oydanda go`zal ” qo`shig`iga klip ishlandi va televideniyada namoyish etila boshlandi. Otabek muhlislarining e’tiboriga tusha boshladi. San’atdagi birinchi qadam muvaffaqqiyatli bo`lgach, birin – ketin "Hazon”, "Izlay - izlay” qo`shig`iga ham klip ishlandi. Bu klipni telelvideniya rejessiori Sherzod Rasulov sur’atga oldi. Bundoq qaraganda ijod qilishga barcha imkoniyatlar bordek. Otabekni homiysi Sherzod Teshaboyev ijodining to`laqonli bo`lishi uchun produesser kerakligini angladi va mashxur honanda Yodgor Mirzajonovning prodessuri Feruza Nodirova bilan tasodifan uchrashib qolib , hamkorlikda ishlashni taklif etdi. Biroz vaqt o`tib, Otabekning "Hazon” qo`hsig`iga klip ishlandi. "Hazon” qo`shig`I hit darajasiga ko`tairlib, Otabek Mutalxoj`yevni mashxur qildi.

OILASI
Otabek Mutalxo`jayevning oilasi besh kishidan iborat. Otasi Olovuddin Mutalxo`jayev – muhandis. Onasi Guli mutalxo`jayeva – kimyogar tehnolog. Otabek oilada uch o`g`lining to`ng`ichi. Ukalari Ubaydulla va Sunnatilla. Ubaydulla – bankda hisobchi. Sunnatilla – maktab o`quvchisi. Otabek rahmatli buvisini juda yaxshi kurar edi. Oxirgi uch yil ichida buvisi o`gir betob bo`lib yotib qolganida ham to`ng`ich nabira – Otabekni o`zi parvarish qildi. Buvisini rozi-rizoligi va duosini oldi.
Otabekning ismini otasi qo`ygan. Otasi ha san’atni shaydosi. Qodiriyning "O`tgan kunlar” romanida tasvirlangan ota to`ng`ich o`g`liga yashi niyat bilan Otabek deb ism quydi. Otabekni onasi garchi o`gli neft – gaz sohasida ishlashini hohlasada, sanatdagi yutuqlarni kurib xursand buladi.

OTABEKNING REPERTUARI
Otabek Mutalxo`jayevning repertuarida yigirmadan ziyod qo`shiq bor. Beshta qo`shiqqa klip ishlandi. "Oydanda go`zal”, "Hazon”, "Izlay - izlay”, "Muhabbatning o`zi baxt” "Dilingman” qo`shiqlariga ishlangan kliplar televideniyada muvaffaqqiyat bilan namoyish etilib kelinmoqda.
Xonandaning birinchi albomi chiqish arafasida. Otabek bastakorlar Dilshod Mahkamov , Farrux Badalboyev bilan hamkorlikda ishlaydi. Shoirlardan Dilshod Mahkamov, Bobur Bobomurod, Muhammada Ismoilning she’rlaridan foydalaniladi. Qushiqlari muhabbat, hayot, ayriliq haqida. Bu qo`shiqlar lirik yo`nalishda, popsa, pop – dens uslubida bastalangan. Xonandaning "Hazon”, "Dilingman”, "Muhabbatning o`zi baxt”, "Netayin” qo`shiqlari hit darajasiga ko`tarildi. Qo`shiqlar mavzusini xonanda ijodiy guruxi bilan bamaslahat tanlaydi. Otabekning qo`shiq she’riga bo`lgan talabi katta. Shu bois ham uning repertuarida yengil – yelpi qo`shiqlar uchratmaysiz. Xonanda "Panterra” studiyasi bilan hamkorlik qiladi.

Категория: YULDUZLAR XAQIDA |
Просмотров: 813 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
«  aprel 2011  »
dshsshchshpshjmshmyk
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar