0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
saytda nima bolishi holesiz
Всего ответов: 145
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » may » 16 » RASHK QURBONI (Turmush chorrahalarida)


10:55
RASHK QURBONI (Turmush chorrahalarida)
Turmush chorrahalarida

RASHK QURBONI

Dunyoda hech kim farzand dog'ida kuymasin. Soppa-sog', hali yigirma beshga ham qadam qo'ymagan qiz Raxshonaning o'limidan keyin otasi Baxtiyor aka ancha cho'kib qoldi. Gap-so'zlari, yurish-turishi o'zgardi. Onasini-ku aytmasa ham bo'ladi.

Raxshona oilada ikkinchi farzand edi. Aqlli, harakatchan qiz maktabni ham a'lo baholarga bitirib, tanlagan kasbi – hamshiralikni ham egalladi. "Qiz bola-palahmon toshi", deyishadi. Bo'yi etdimi, tengi chiqsa, darrov uzatib yuborishadi. Rahshona ham o'zi sevgan yigitga turmushga chiqdi. Ammo u Zulnur bilan bor-yo'g'i etti oy hayot kechirdi. Kutilmaganda... o'z joniga qasd qildi. Ochig'i, yosh kelinchakning bunday yo'l tutishi ko'pchilikni ajablantirdi.

Ikkinchi tomondan el og'ziga elak tutib bo'lmaydi, degandek, Raxshonaning o'limidan so'ng turli xil gap-so'zlar tarqaldi. Go'yo Raxshona o'limidan biroz oldin qattiq kaltaklangan va bunday haqoratlarga chiday olmay o'zi joniga qasd qilgan.

– Shu gaplar rostmi? – deya so'radi Baxtiyor aka bir kuni xotinidan. Agar rost bo'lsa, kuyovingni tinch qo'ymayman. Senga aytayapman, nahotki, kuyoving uni urgan bo'lsa?!

– Rost, dadasi, rost – deya boshini irg'adi ko'z yoshlarini ro'molining uchi bilan artarkan Xurshida opa. – Sizga aytmay yuruvdim buni. Marhumani yuvgan Inobat xolaning aytishicha, Raxshonaning elka, oyoq va quloqlarining ostida ko'kargan izlari bor ekan. Shu paytgacha qizingiz or bilib, quyovidan ko'rgan azoblarini aytmay kelarkan. Eshitishimcha, ichib kelib, do'pposlagan kunlari ko'p bo'lgan.

Baxtiyor aka o'zini tutib turolmadi. U guldek qizining umri bevaqt xazon bo'lgani haqida o'ylarkan, ko'z oldi qorong'i tortib ketardi. Shundan so'ng u tegishli idoralarga murojaat qildi.

Haqiqatan ham, Raxshonaning o'z joniga qasd qilishiga eri Zulnur sababchi bo'lgandi. Ushbu holat yuzasidan o'tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko'ra, R.Qurbonovaning tana a'zolarida jarohatlar mavjud bo'lib, ularning og'irlik darajasiga ko'ra "sog'liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan engil tan jarohati" toifasiga kirishligi aniqlangan.

Sudlanuvchining jinoiy harakatlari tergov va sud jarayonida guvohlarning ko'rsatmalari, shuningdek, sud-tibbiy ekspertizasining yuqoridagi xulosalari bilan o'z tasdig'ini topdi. U jabrlanuvchining sog'lig'ini qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan. Qasddan badanga engil shikast etkazish hamda moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo'lgan shaxsni o'zini-o'zi o'ldirish darajasiga etkazishda ifodalangan jinoyatini sodir etgan.

Z.Qurbonov O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, jazoga tortildi.

Oila – muqaddas dargoh. Ayniqsa, mustaqil hayot ostonasiga ilk qadam qo'ygan yosh oilalarni asrab-avaylash, ularga har tomonlama ko'mak berish ezgu va savob amallardan biridir.

Albatta, oilaning tinch-totuv va ahilligi er va xotinning bir-birini to'g'ri tushunishi, mehr-oqibat, o'zaro inoqlik kabi fazilatlariga bog'liq. Agar ikki o'rtada ishonch mo'rt bo'lsa, er yoki xotin asossiz shubha-gumonlarga berilsa, tabiiyki, kutilmagan fojialar kelib chiqadi. Shunday fojialar kelib chiqishidan asrasin.

Abdurahmon TOHIROV,

Jinoyat ishlari bo'yicha Chirchiq shahar sudi sudyasi.

Категория: TURMUSH CHORARAXALARI |
Просмотров: 865 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 masha  
0
hudo jazosini bersin osha nomartning:(

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
«  may 2011  »
dshsshchshpshjmshmyk
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar