0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
saytda nima bolishi holesiz
Всего ответов: 145
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » may » 18 » Tegirmonchi (TOGRISINI AYTSAM uzim kotta bola bolsamxam doim ertaklar oqib turamaN BU esa meni bolaligimni kop eslatadi shirin xotiralar)


14:35
Tegirmonchi (TOGRISINI AYTSAM uzim kotta bola bolsamxam doim ertaklar oqib turamaN BU esa meni bolaligimni kop eslatadi shirin xotiralar)

Bir bor ekan, botir yo’q ekan bir tegirmonchi bo’lgan ekan. Tegirmonchining ikkita o’g’li bor ekan. O’g’illarining kattasi dangasa, ishyoqmas ekan. Kichigi mehnatsevar, pishiq, odobli yigit ekan. Bir kuni tegirmonchi ikki o’g’lini yoniga chaqirib :
- O’g’illarim, men endi qarib qoldim, - debdi, - bir oyog’im to’rda bo’lsa bir oyog’im go’rda. Mendan sizlarga qoladigon mana shu hovli-yu tegirmon, xolos. Ikkalaring hamjihat bo’lib, ahil yashanglar.  - Chol shu nasihatni qilgandan keyin bir necha kun o’tgach, vafot etibdi. O’g’illariga tegirmon bilan hovli meros qolibdi. Katta o’g’liga hovli tegibdi, kichigiga tegirmon tegibdi. Kichik o’g’il har kuni odamlarning bug’doylarini tortib, un qilib, uyga u-bu yegulik topib kelar ekan. Ammo akasi unga sira qarashmas ekan. Bir kuni ukasi, aka, keling, bir baxtimzni sinab ko’ramiz, debdi. Shunda akasi:
- Baxtimizni sinash uchun qishloqning boy qiziga uylanamiz, boy qiz ko’pgina sepi bilan kelib bizlarni ham boy qiladi, kel sen topgan pullaringni menga ber, pul yig’aylik, -debdi. Bunday puch gaplarga ukasi ko’nmabdi. O’rtada janjal ko’tarilibdi. Akasi ukasini uydan haydab chiqaribdi. Ukasi tegirmon toshini ham o’zi bilan olib, uydan chiqib ketibdi. Yo’l yuribdi, yo’l yursa ham mo’l yuribdi. Qorong’u tushganda bir eski uy yoniga yetib boribdi. Eski uyda tunagani qo’rqib, daraxtning tepasiga chiqib olibdi. Tegirmon toshini ham o’zi bilan daraxtga olib chiqib ketibdi. Yarim tunda daraxtda uxlab o’tirib, qo’lidan toshini tushirib yuboribdi va uyg’onib ketibdi. Uyg’onganida turli sharpalar qochib ketayotganini ko’ribdi-yu, pastga tushgani qo’rqib, o’tiraveribdi. Tong otgach pastga tushsa, tegirmon toshining tagida yotgan yarim qop oltin va atrofga sochilib yotgan qimmat baho taqinchoqlarni ko’ribti. Kechasi o’g’rilar o’g’irlangan narsalarni tashlab qochgan ekanlar. Yigit tosh bilan birga oltin va taqinchoqlarni ham yig’ishtirib, uyga bormoqchi bo’libdi. Ammo akasi bilan yana ko’ngilsiz gaplar bo’lishini o’ylab, boyliklarni ko’targanicha boshi oqqan tomonga ketibti.
Akasi bo’lsa, ukasini uydan quvlab chiqargach, qiyinchilik bilan kun ko’ra boshlabdi. Tez kunda yegulik narsa topa olmay, uyini sotibdi. Uyining puli ham tugab, u ko’chada qolibdi va kishilarning xizmatlarini qilishga majbur bo’libdi. O’tin terib, sotib kun ko’ribdi. Kunlar shu tarzda o’taveribdi. U avvalgidan ancha chaqqon bo’lib, qo’lidan ancha-muncha ish keladigan bo’lib qolibdi. Pul yig’ib, ukasini qidirib topishni maqsad qilibdi. Bir kuni u o’tin terib horib-tolib yurganda bir muhtasham saroy oldidan chiqib qolibdi. Darvozasini qoqib, suv so’rabdi. Ichkaridan 5-6 yoshlardagi bir qizcha chiqibdi. Qizcha ko’ziga issiq ko’rinibdi. Bu uy kimning uyi ekanligini so’rabdi. Qizcha odamlar dadasini ,,tegirmonchi” deb atashlarini aytibdi, dadamlar hozir ishdalar, debti. U tegirmonchi kelishini kutibdi. Tergan o’tinlarini ham shu hovliga olib kelibti. Bir vaqt tegirmonchi ishdan qaytib kelibdi. U o’zining ukasi ekan. Aka-uka bir-birlarini ko’rib, sevinganlaridan yig’lab yuboribdilar. Aka-uka bir-birlarini nihoyatda sog’ingan ekanlar. Ukasi akasini so’roqlagan paytda uni uyni sotib ketganini bilgan, topa olmay, nihoyatda xafa bo’lgan ekan. Aka-uka bir-birlaridan hol ahvol so’rabtilar, ukasi akasini uyga taklif qilibdi. Uka akasi ham ancha mehnatsevar odam bo’lib qolganini, mehnat bilan kun ko’rib ko’rayotganini anglabdi. Ikkalalari bir bo’lib, otalaridan qolgan hovlini qayta sotib olibdilar. Shu qishloqning odobli xonadoniga sovchi qo’yib, akasini ham uylantirib qo’yibdi. Akasi o’z qishlog’ida baxtli hayot kechiribti.
Категория: ERTAKLAR |
Просмотров: 877 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
«  may 2011  »
dshsshchshpshjmshmyk
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar