0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
Yilning eng go'zal ayoli?
Всего ответов: 636
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » yanvar » 1 » 2011 YIL SOHIBLARI yoxud SAN`ATIMIZ “QUYON”LARI! ULAR O`ZLARINI QANDAY TA`RIFLASHADI!


03:47
2011 YIL SOHIBLARI yoxud SAN`ATIMIZ “QUYON”LARI! ULAR O`ZLARINI QANDAY TA`RIFLASHADI!
Ertaga barchamiz Yangi yilni kutib olamiz. Yil taqvimiga ko`ra 2011 yil quyon yili hisoblanadi. Demak, biz san`atimiz "quyon”larini nishonga olamiz. Ularning bir-biri bilan o`xshash jihatlari-yu, tabiatan mosliklari qay darajada?

QUYON YILI. 1915, 1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011 yillar.

Ushbu yilda tavallud topganlar o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib, qobiliyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va saxovatli kishilardir. Benuqson didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga sazovor bo`ladilar. Biroq jiddiy kamchiligi eng yaxshi xislatlari ham yuzakidir. Odatda, vazmin bo`lganidan ularning tinchini buzish qiyin. Ularda haqiqiy hissiyotdan ko`ra, tantiqlik kuchli. Arzimas bahona bilan yig`lashlari mumkin, lekin shu zahotiyoq ovunib qolishadi. Yana bir tomondan hayot tarzlariga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yo`q. Eng avval badastir xavf-xatarsiz yashashga intiladi. Oldindan "yaxshi va "yomon tomonlarini jamlab ko`rmaguncha, hech bir ishga qo`l urishmaydi. Ajoyib ishchanlik qobiliyatiga ega kishilardir. Garchi, ba`zan o`taketgan rasmiyatchi bolishsa-da, halol va o`z so`zlarining ustidan chiqishadi. Iqtisodiy jihatdan hamisha omadlari yurishadi, oylagan ishlarini amalga oshirishda epchillik ko`rsatishadi. Ulardan ajoyib ishbilarmon kishilar yetishib chiqadi. Hayotlari tahlika ostida qolmasa, istedodli huquqshunos yoki diplomat ham bo`lishlari mumkin. Bu muchalda tug`ilgan ayollar did, mehmondo`stlik va yaxshi vakillik talab qilinadigan har qanday sohada o`zini ko`rsatishi mumkin. Umuman, ushbu yilda tavallud topganlar o`zlari yoqtirgan odamlarga nisbatan juda xushmuomala va xizmatiga shaydirlar, lekin do`stlar manfaatiga xizmat qilaman deb, eng yaqin kishilaridan judo bo`lishlari oson. Agar ular favqulotda hodisalarga, fojiali voqealarga, yengib o`tib bo`lmas tosiqlarga duch kelishmasa, butun umr osoyishta yashashadi.

1987 yillar 24 yoshlilar

Yangi yilda 24 yoshni qarshi olishga shaylanayotgan muchal sohiblari safida biz san`atimizning uch nafar istedod egasini ko`rishimiz mumkin ekan. Ular Nilufar Usmonova, Oybek va Diyor Mahkamov.

Nilufar Usmonova. 7+17=24

7 yoshligidayoq onasi bilan "Shaytonga bo`ysungan yuraklar” qo`shig`ini duet tarzida kuylab chiqqan bu qizaloq mana oradan 17 yil o`tib o`zbek shou-biznesida o`z nomiga va muxlislariga ega bo`ldi. Ikkinchi muchal yilini qarshi olayotgan Nilufar bugun ikkinchi farzandiga homilador. Demak, shaxsiy hayotida ham u anchagina muvaffaqiyatlarga erisha oldi.

Nilufar Usmonova: - Ertaga bizning yilimiz kirib keladi. Quyon yilida tug`ilganlar ko`ngli toza, samimiy insonlar bo`lishadi. Bunga o`zimdan qiyos (kuladi). O`ylaymanki, bizning yilimiz barchaning eng ezgu tilaklari amalga oshishi uchun katta imkoniyatlar beradi. Barchangizni Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Oybek.19+5=24

"Akfa-media” kompaniyasi orqali 2005 yilda shou-biznes olamiga qadam qo`ygan Oybek 5 yillik faoliyatidan so`ng Nigora bilan yaxshigina duetga aylanishib o`z muxlislarini topa olishdi. Aslida u Nigora bilan duetga aylanishidan oldin yakkaxon ijrochi bo`lgan. Oybek: - Ochig`ini aytsam, bu yil muchal yoshni qarshilayotganimiz boismi bilmadim juda xursandman. Ozi Yangi yil bayrami kayfiyatimni ko`tarib yuboradi. Negaki, hammada quvonch, xushchaqchaqlik. Xullas, muchal yilimiz haqida gapiradigan bo`lsam quyonlar juda ishbilarmon va uddaburon bo`lishadi. Shu bilan birga juda qiziquvchan ham.

Diyor Mahkamov. 10+14=24

"Buvijon”, "Bolalik” qo`shiqlari bilan 10 yil oldin shou-biznesda paydo bo`lgan bu 14 yoshli bolakay ham bugun o`z nomiga ega san`atkor bo`lib shakllandi. Diyor Mahkamov deyishingiz bilan barcha taniydi. U ham quyon yilida tugilgan ekan.

Diyor Mahkamov: - Ozimning fel-atvorimdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, Quyon yilida tug`ilganlar eng avval xavf-xatarsiz yashashga intilishadi. Qolaversa, yetti o`lchab bir kesish ularning shiori. Shunday ekan, yil davomida eng yaxshi ishlar amalga oshirilishiga ishonaman. Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
Категория: Статья / Maqola |
Просмотров: 1087 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar