0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
Portalimizni kimdan eshitdingiz?
Всего ответов: 53
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » may » 14 » Har gal qishloqqa borganimda, huvillab, yotgan hovlida bir o'zi istiqomat qilayotgan Manzura opaning oldiga kiraman(KECHIKKAN TARBIYA)


16:35
Har gal qishloqqa borganimda, huvillab, yotgan hovlida bir o'zi istiqomat qilayotgan Manzura opaning oldiga kiraman(KECHIKKAN TARBIYA)
Turmush chorrahalarida

KECHIKKAN TARBIYA

Manzura opa o'zini baxtli deb hisoblardi. Sevishib turmush qurdi, bu oilaga ko'plarning havasi kelardi. Er-xotin hamisha bir-birlarini qo'llab-quvvatlashardi. Oilada bir o'g'il, ikki qiz voyaga etdi. Bir qarashda hammasi ko'ngildagiday edi. Ammo...

Ularning oilasiga ko'z tegdi. O'rtada uchinchi odam paydo bo'ldi. Shu tufayli eri Manzura opadan sababsiz ayb qidiradigan, o'tirsa o'poq, tursa so'poq, deydigan bo'ldi. Ba'zan mast holda uyga kelib, janjal ko'taradigan qiliq chiqardi.

Manzura opa hammasiga sabr qildi, chidadi, ammo foydasi bo'lmadi. Shunda u ajralishdan boshqa chora yo'qligini tushunib etdi. Bolalarni boqish, ularni tarbiyalash Manzura opaning bir o'ziga qolib ketdi. Uzu-kun ro'zg'or tashvishidan ortmay qolgan opa bolalarning tarbiyasiga vaqt topa olmadi. Balog'at yoshiga etmagan o'g'li erta ichkilikka o'rgandi. Kunda, kunora ko'chada o'rtoqlari bilan ichkilik ichib, janjallashadigan bo'ldi. Ustiga-ustak uning boshini bir makkora qiz aylantirib, har gal sovg'a-salom talab qilardi. Uning aytganini bajarish uchun esa Mansur onasidan tinimsiz pul talab qilar, ba'zan o'g'irlik qilishdan ham toymasdi.

Kunlarning birida Mansur onasidan besh ming so'm berishini talab qiladi. Manzura opa o'g'liga "hozir pulimiz yo'q, kecha olgan pulingni ishlatib bo'ldingmi, bolam" deydi. Ammo nobakor bola bunga quloq solmay onasiga qo'l ko'taradi. Bu holat keyinchalik yana bir-ikki marta takrorlanadi. Bir gal Mansur uyda hech kim yo'qligida gilam, televizor va boshqa narsalar arzon-garovga sotib yubordi. Onasi bunga ham toqat qildi. Ammo bir kuni uyiga qandaydir kishilar kelib, "O'g'lingiz bizdan qarzdor, falon so'm pulni topib bermasalaring, jonlaring omon qolmaydi", deganida boshini changallab qoldi.

O'shanda kechasi shirakayf uyiga kelgan o'g'liga nasihat qilmoqchi bo'ladi. O'g'il onasiga yana qo'l ko'tarib, bechorani og'ir jarohatlaydi. "Otamni uydan haydab chiqarding, meni aytganimni qilasan, bo'lmasa sendek onam yo'q", deya haqoratlaydi...

Bu voqealarga ancha yil bo'ldi. Mansur ustma-ust o'g'irlik qilib, mast holda yaqin qarindoshiga tan jarohati etkazib qamalib ketadi. Ona uyda yolg'iz qoldi. Qo'shnilari kunda-kunora issiq-sovug'idan xabar olib turishar ekan. Qizlari-chi, qizlari onasidan xabar olmaydimi, deb so'rashingiz mumkin. Ukasiga o'xshab, ular ham bemehr chiqibdi. Aytishlaricha, qo'shni tumanda turmush o'rtog'i bilan tijorat qilishar ekan, ammo onasini kelib ko'rgani vaqti yo'q emish.

Har gal qishloqqa borganimda, huvillab, yotgan hovlida bir o'zi istiqomat qilayotgan Manzura opaning oldiga kiraman. Ko'nglini ko'tarishga harakat qilaman. Ammo uning ko'ngli shu qadar o'ksikki, quruq so'zlar bilangina dardini engillashtirib bo'lmaydi.

Ba'zan, o'ylab qolaman. Yoshligimizda biz ham sho'x bo'lganmiz, ota-onamizga "uni olib bering buni olib bering", deb xarxasha qilganmiz, ammo ularga qo'l ko'tarish u yoqda tursin, ko'zlariga tik qaragan emasmiz. "Mana shu ko'ylakchani senga olib keldik. Maktabga kiyib borasan", desalar, xursand bo'lib kiyib ketaverganmiz. Hozir endi bolalar ham narsa tanlaydigan, talab qiladigan bo'lib qolishdi. Ba'zilar pulim bor deb bolalarini haddan tashqari erkalatib yuborishadi. Buning oqibati nima bo'lishini o'ylashmaydi ham.

Yuqoridagi gulday oilaning buzilishiga, farzandining umri xazon bo'lishiga otaning oilasiga xiyonati sabab bo'lmadimi?!

Xulosa o'rnida mashhur tabib Ibn Sino bilan bog'liq bir rivoyatni eslamoqchiman. Unda aytilishicha, bir er-xotin farzand ko'rishadi. Farzandlari bir haftalik bo'lgach, uni qanday tarbiya qilishni so'rab, mashhur tabibning huzuriga kelishadi. Tabib ular tarbiyada bir haftaga kech qolishganini aytadi...

Qissadan hissa shuki, farzand tarbiyasini aslo kechiktirib bo'lmaydi. Zero, kasallikni davolagandan ko'ra, uning oldini olgan yaxshiroq.

Hulkar MAMATMURODOVA

Категория: TURMUSH CHORARAXALARI |
Просмотров: 1077 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
«  may 2011  »
dshsshchshpshjmshmyk
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar