0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
Portalimizni kimdan eshitdingiz?
Всего ответов: 53
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » may » 12 » (XATO) bekatdagi suxbatim YOHUD oylamay bosilgan qadam (Turmush chorrahalarida)


23:01
(XATO) bekatdagi suxbatim YOHUD oylamay bosilgan qadam (Turmush chorrahalarida)
Turmush chorrahalarida

XATO

Nazira bilan bekatda tanishib qoldik. Avtobus ancha kechikib kelgani bois u boshidan o'tgan voqealarni aytishga, men esa eshitishga ulgurdim. Boshida uncha qiziqmadim, ammo u mendan xuddi najot kutayotganday edi.

Shuning uchun fikrini bo'lmadim, ortiqcha savol ham bermadim.

– Asli farg'onalikman, — deya so'z boshladi u. — Maktabni tugatgach, shifokor bo'lishni orzu qilardim. Yaxshi tayyorgarlik ko'rib, o'qishga kirdim. Uchinchi kursning o'rtalarida boshqa guruhdagi Iskandar ismli yigit har kuni yo'limni poylaydigan bo'lib qoldi. Qisqasi, u bilan tanishib, bir-birimizga ko'ngil qo'ydik.

Kunlardan bir kuni u meni o'rtog'ining tug'ilgan kuniga taklif etdi. Mana shu tug'ilgan kun hayotimdagi xatolarning ibtidosi bo'ldi. Darsdan so'ng, u bilan belgilangan joyda uchrashdik. Bozordan gul xarid qildik. O'rtog'ining uyi shaharning chekkasida ekan, qidirib-qidirib, zo'rg'a topib bordik. Shu kuni hayotimda birinchi bor spirtli ichimlik ichishim edi. Shuning uchunmi, tezda boshim aylanib, garangsib qoldim. Ko'chaga chiqib taksi yolladik.

Mashinaga chiqqanimni arang eslayman. Qancha yo'l yurdik bilmayman, bir mahal o'zimga kelib qarasam, ikki tomoni yaydoq uzun yo'ldan ketib borayapmiz.

Tush ko'rayotgandek seskanib ketdim. Undan qayoqqa ketayotganimizni so'radim. U esa: "Xotirjam bo'l, seni ota-onam bilan tanishtirgani olib ketayapman", dedi beparvolik bilan. Mashinani to'xtatib tushib qolmoqchi bo'ldim, ammo buning iloji yo'q edi. Ne azobda uyiga etib keldik...

Ko'p o'tmay to'yimiz bo'lib o'tdi. Taqdirga tan berishdan boshqa ilojim yo'q edi. Garchi qarindosh-urug'larim oldida yuzim shuvut bo'lgan bo'lsa-da, hayotimiz yaxshi bo'lib ketadi, deb o'zimni ishontirdim. Ota-onalarining ham muomalasi yaxshi edi. Oradan bir oy o'tar-o'tmas, turmush o'rtog'imning giyohvandligini bilib qoldim. Har kech uyga bir ahvolda kelar, ko'zlari qonga to'lgan ko'yi duch kelgan kishisini urib-so'kar, qo'liga ilingan buyumni derazadan uloqtirardi.

Shu ahvolda bir yil yashadik, davolatish uchun qilgan harakatlarimiz zoe ketdi. Ro'zg'orda hech vaqo qolmadi. O'ylab-o'ylab qo'ni-qo'shnidan qarz-havola qilib, Toshkentga jo'nadim. Bir ayolning uyida ijarada turdim. Shu atrofdagi kafelardan biriga ishga kirdim. Buni qarangki, u ortimdan qidirib Toshkentga ham keldi. Men turgan uyga kelib birga yashayman, dedi. Uy bekasi qarshilik qilmadi. Bir-ikki kundan keyin ichib kelib janjal ko'targach, uy egasi ikkalamizni ham ko'chaga quvib soldi. Ijaraga boshqa uy topdim. Vodiydan ota-onamni chaqirtirib, undan ajratib olishlarini yolvorib so'radim. Ular ohu-nolamga chiday olmay sud orqali ajratib olishdi. Mana, ajralganimizga ikki oydan oshsa hamki, u meni hanuz tinch qo'ymaydi. Keyingi paytlarda faqat undan qo'rqib, pisib yashayapman. Qanday qilsam to'g'ri yo'l tutgan bo'laman? Siz nima deb maslahat berasiz, opa?

— Vodiyga, ota-onangizning yoniga qaytib ketsangiz bo'lmaydimi? Ehtimol, o'sha erda bu sargardonlikning chorasi topilar.

— Borolmayman. Shundoq ham u erda meni "bir yigit bilan qochib ketgan" degan gap-so'z tarqalgan. Boshim qotgan, kim bu yo'lda menga to'g'ri maslahat beradi?

Naziraning hikoyasini eshitib, avvaliga unga rahmim keldi. Ammo uning boshidan o'tganlarini mulohaza qilib, ko'nglimdan, nahotki, ikki yil bir institutda o'qib, Iskandarning kimligini bilmagan bo'lsa, degan savol o'tdi. Bilmayin bosdim tikonni, tortadurman jabrini deb shunga aytsalar kerak-da.

Hulkar MAMATMURODOVA

Категория: TURMUSH CHORARAXALARI |
Просмотров: 781 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 ozoda  
0
odamda kalla boladi ishlatishni bilish kerak , yolda duch kelgan odamga dardini etishdan nima foyda kim etadi uni oqigan dib yurgande shataloq otib

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
«  may 2011  »
dshsshchshpshjmshmyk
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar