|
Главная » 2011 » iyun » 10 » Ayollar turmushga chiqib albatta eriga doim jozibador va yoqimli bo'lishni xohlaydilar. Bola-chaqa, uy-ro'zg'or o'z yo'liga, lekin er-xotin
19:55 Ayollar turmushga chiqib albatta eriga doim jozibador va yoqimli bo'lishni xohlaydilar. Bola-chaqa, uy-ro'zg'or o'z yo'liga, lekin er-xotin |
Er uchun yoqimli bo'lish sirlari Ayollar turmushga chiqib albatta eriga doim jozibador va yoqimli bo'lishni xohlaydilar. Bola-chaqa, uy-ro'zg'or o'z yo'liga, lekin er-xotin orasidagi yaqin (intim) munosabatlar oilaviy baxt uchun kerakli
manba'dir. Qadimdan Yaponiyada geysha sirlari barchani qiziqtirib
kelgan. Nega geyshalar erkakni shunchalik baxtli qila oladilar? Nega
erkak o'zini geysha oldida haqiqiy va kuchli his eta oladi? Bu
savollarga javob hozir oldin sigari sir emas. Demak geysha sirlari:
1. Geysha erkakni nafaqat jinsiy aloqa davomida, balki oddiy suhbat davomida ham baxtiyor eta olishi kerak.
Buning
uchun ayol kishi o'qimishli, erkak psixologiyasidan va o'z erining
fe'li va qiziqishlaridan xabardor bo'lishi, hayotga qiziquvchanligi
bilan ajralib turishi kerak. U bilan qaysiki mavzuda suhbat qurmang,
qiziqarli ma'lumot olib, suhbatdan mamnun bo'lishingiz aniq bo'ladi.
2. Geysha hayot go'zalligini ko'ra biladi.
Geyshalarni
kichikligidan tarbiya qilish chog'ida ularni hayot go'zalligini ko'ra
bilishga o'rgatadilar. Har bir ayol kundalik hayotdagi go'zalliklarni
ko'ra bilib, uni eriga ko'rsata bilishi kerak. Mayin tabbassum ila
quyosh botishini kuzatish, yomg'ir tomchilarini musiqa eshitgandek
lazzatlanib tinglash, erining aytib berayotgan qiziqarli voqealarga
haqiqiy qiziqish bilan, hazil va g'aroyibotlarga tabassum qila munosabat
qilishi, hayratlana olishi ayolning dunyoni go'zalligini ko'ra olish
qobiliyatini ko'rsatadi.
3. Nihoyat jinsiy aloqada yoqimli sherik bo'lish.
Albatta
har bir ayol avallambor o'z eri uchungina yoqimli bo'ladi. Demak,
eridan unga nima yoqishi va yoqmasligi haqida so'rab, birga bo'lganda
uning didi va xohishiga yarasha o'zini tutmog'i lozim. Geyshalarning
ajratuvchi bir tomoni - bu jinsiy organlariga kirish yo'li
mushaklarining yaxshi rivojlanganidadir. Bu mushaklar ayol tuqqanidan
so'ng ancha bo'shashib qoladi odatda. Shuning uchun ular bilan muntazam
ravishda ishlash kerak. Buning uchun Kegel mashg'ulotlari mavjud. Bu
mushaklar qanchalik yaxshi rivojlangan bo'lsa, jinsiy aloqadan ham
erkak, ham ayol shunchalik ko'p lazzatlana oladi. Undan tashqari ayol
organizmi sog'lig'i uchun, keyingi tug'ruqlar oson kechishi uchun,
jinsiy a'zolarning salomatligi uchun ham foydali.
KEGEL mashg'ulotlari:
- Kirish
yo'li mushaklarini siqib-bo'shatish (siydik chiqish payti siydikni
ushlab qolsangiz o'sha mushaklarni his etasiz). Bu mashg'ulotni har kuni
10 tadan boshlab 30-50 tagacha yetqazib amalga oshirishingiz mumkin.
- Ikkinchi yo'li - bu sekin 5 soniya davomida siqib borib, keyin sekin 5 soniya davomida o'sha mushaklarni bo'shatish.
Bu mashg'ulotlar nafaqat jinsiy aloqa sifatini yaxshilaydi (jinsiy aloqa davomidagi og'riqlar), balki ayol organizmi uchun ham tibbiy jihatdan juda katta foyda keltirishini yana bir bora ta'kidlab o'tamiz. Tuqqan ayollarda esa bachadonni tezroq o'z holatiga qaytishi uchun ijobiy ta'sir ko'rsatadi. |
๏ǬẈḜṜṬŽṲḬṎṖḀṨḌḞḠḦĴḲḸỴẌḈṾḄṆṂ๏
|
|
Просмотров: 1279 |
Добавил: ADMIN
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |