Chap Yonim Og'riydi, Onajon...
Salom oyijon yana men keldim...
Xavotirlanmang, darsdan chiqib keldim. Onalar ham dadalardek havotir olishadimi bilmayman lekin, Ali "Maktabga bormasam oyimlar xavotir oladilar" degandida, o'shanga aytgandim...
O'tgan haftada o'qituvchimiz o'ng qo'limda sarimsoq, chapida piyoz deb ayttiraverib o'rgatdilar o'ngimni, chapimni.
Bilib oldim oyijon o'ngim qaysi, chapim qaysiligini...
Og'rigan yonimning qaysisi ekanini endi yaxshi bilaman, oyijon...
Esingizdami,
avval kelganimda manavi joyim og'riydi, mana-mana degandimku, lekin
baribir aytolmagandim og'rigan tomonimni...Mana qarang endi ayta
olaman. Mana shu yerim, chap tomonim yomon og'riydi, Oyijon...
Kecha
ertalab Gulini oyisi sochlarini o'rib beribdi, qo'lidan ushlab maktabga
olib keldilar. Qo'ng'iroq chalinganida peshonasidan o'pib, qani
qizalog'im sinfga dedilar...
Men bo'lsam yig'ladim, hecham uyalmadim...
O'qituvchi opa nima bo'ldi dedilar, "qulab tushdim tizzam achishyapti" dedim.
Yolg'on gapirdim oyijon, tizzam og'rimagandi lekin...Chap yonim qattiq achishib ketdi, oyijon...
Bugun men ham sochimni o'rib qo'yishlarini so'radim. Dadam o'rdilar lekin Gulinikidaqa bo'lmadi. Maktabga oboring dedim. "Qizim ishim bor" dedilar. Men bo'lsam, menga nima, ish bo'lsa...deb yana yig'ladim. "Qizim tirikchilik" dedilar. Hech nima deyolmadim, lekin maktabga borayotib yana yig'ladim, Oyijon...
Aytganday chap tomonim yana achishib og'riydi, oyijon...
Hamma qizlarni paypoqlari oppoq, meniki esa kulrang bo'p ketgan. Zaynab "Oyimlar oq va rangli kiyimlarni bo'lib yuvadilar" degandi. Dadam bo'lsa hammasini birga yuvadilar. Dadam kir yuvishni bilmasmidi, Oyijon...
Uff,
dadamlar har kuni sumkamga turshak bilan non soladilar. Xafa bo'lmasin
deb indamayman. Sinfdoshlarim esa har kuni somsa, qandolat, bo'g'irsoq
obkelishadi...
Bilaman dadam qandolat tayyorlay olmaydilar, Oyijon...
Kech bo'p
ketdi, borishim kerak. Dadam bilmaydilar qochib-qochib bu yerga
kelganimni. Bilsalar urishmaydilaru lekin hafa bo'ladilar....
Oyijon kim
sochib tashladi tuprog'ingizni, gullaringizni kim uzadi. Urishib bering
ularni, tegmasin gullaringizga. Uyga borgach esimga tushib ketsa,
bungayam yig'lab olaman, Oyijon...
Qarang
manabu idishni, tuprong'ingizdan yana bir qism olaman. Bilasizmi
oyijon, har kelganda olgan tuproqlarni shu idishga solib qo'yaman.
Ustiga esa rasmingizni yopishtirib, yostig'im yoniga qo'yib qo'yaman.
Har tong uni o'pib hidlayman.
Hech kimga aytmang, oyijon bazan gaplashib ham qo'yaman u bilan... Nima qilay, sizni juda-juda sog'indim, Oyijon...
Ha esimdan chiqay debdi, o'qituvchimiz ertaga "Ona"
haqida bir matn yozib kelinglar degandi. Men dadamga yozdiraman.
O'qituvchimiz bilib qolsalar urishadilar. Menga nima,
urishsa-urishaversin....
Men sizni hecham ko'rmaganmanku, nima deb yozaman ahir, Oyijon?....
Sizning
ismingizni eshitsam chap tomonim shunday jizzilaydiki...hech narsa
yutolmay qolaman. Bazan o'zimni ushlab turolmay, yig'lab yuboraman.
Daftarimga ham mana shunaqa deb yozolmayman-ku to'g'rimi...
Mayli men boray oyijon, tuprog'ingizni o'payin. Siz ham tushimda kelib meni o'ping, maylimi oyijon....
Albatta keling, siz tushimda kelmasangiz chap yonimning og'rig'idan uyg'onib ketaman, Oyijon....
Chap yonim achishyapti oyijon. Mana bu joyimmm, chap yonim og'riyapti oyijon...Yomon og'riyapti...
Sizni qattiq sog'indim OYIJON, qattiq...
Chap yonini unutganlarga......
Sizlarga
maslahatim esa....Ota onez hayotligida iltimos ularni qadriga yeting,
bo'lmasa o'zingiz ham bilmay qolasiz ularni qanday yo'qotib
qo'yganingizni...Ularni qidirib, duolarin olib, peshonalaridan o'payin
degan kezingizda esa....afsuski kech bo'lib ulgurgan bo'ladi...Shunday
kezda afsus toshiga boshingizni urib qolmang...Hozir yoshlik qilib o'z
sevgizni, mansabizni, balkim boshqa bir narsani ulardan ustun
ko'rarsiz, hatto ularga bir shirin so'z aytish tugul, bir dasturhon
atrofida ular bilan birga kechki ovqat qilishga vaqtizni qizg'onarsiz,
lekin shunday payti keladiki....siz ustun qo'ygan narsalar sizdan yuz
o'g'irganda faqatgina ular yonizda turadi...Hech bo'lmasa kunda ulardan
bir shirin so'zingizni ayamang....Allohim shundayin ota-ona ato
etganidan ularga shukrona ayting....