Ayolni
baxtli qilish juda oson. Buning uchun ayol suyukli ekanligini doim his
etib yashashi kerak. Ayol erkak e'tiborisiz so'lib qoladi. Erining
mehri, muhabbati, erkalshi ayolga suv kabi zarur. Agar siz ayolingizni
quvonchli ko'zlarini har kuni ko'rishni istasangiz quyidagi
maslahatlarni amalda bajo keltiring.
1.
Muntazam ravishda ayolingizni sevishingiz haqida aytib turing. Albatta
har kuni "Seni sevaman" deb qaytaraverish hammaga ham to'g'ri
kelavermaydi. Lekin ba'zan bo'lsada "Seni sevaman", "Yahshi ko'raman",
"Sensiz yashay olmayman", "Menga juda keraksan" kabi gaplaringiz
xotiningizni juda baxtli qiladi;
2.
E'tiboringizni ayamang. Ish vaqti xotiningizga telefon qilib qo'yish,
uyga kelayotganda arzimagan bir sovg'acha bilan kelish (shirnlik,
muzqaymoq, gul), oshxonada siz uchun ajoyib taomlar pishirib turganida
oldiga borib o'pib qo'yish, arzimagan ishi uchun unga rahmat deyishni
unutmasligingiz kerak;
3. Bolalarni parvarish qilishda, tarbiya qilishda doim xotiningizga yordamingizni ayamng;
4.
Xotiningiz hurmatini qarindoshlar oldida joyiga qo'ying. Hammani oldida
uni yerga urib keyin xli bo'lganizda uni yonini olish ayolingizni
ranjitadi. Undan ko'ra hammani oldida uni yonini olib, keyin yagona
qolganilarda uni xatosini tushuntirib boshqa unday qilmasligini talab
qiling;
5. Uy-ro'zg'or ishlari o'z zimmangizda bo'lsin;
6. Xotiningizning moliyaviy ehtiyojini oilangiz byudjetidan kelib chiqqan holda qondiring;
7.
Yilda ikki marta xotiningizni dam olishga olib boring. Iloji bo'lsa
bolalarni buvilariga qoldirib er-xotin birga borish haqida ham unutmang.
Hissiyotlarni yangilab turish kerak;
8.
Xotiningiz yangi kiyim, yangi ichki kiyim kiysa yoki soch turmagini
o'zgartirsa bu haqda o'z fikringizni aytishni unutmang. Beparvo
bo'lmang;
9. Xotiningiz to'g'ilgan kunida albatta gul bering;
10.
Bolalaringiz oldida xotiningiz siz uchun naqadar qadri ekanligini
ko'rsating. Bolalar ham uni qadrlab hurmat qilishni bilsin;
11. Xotiningizga hech qachon xiyonat qilmang. Bir daqiqalik hissiy bo'shlik tufayli bir umrlik OILA rishtasini buzmang;
12. Xotiningiz bilan jinsiy aloqani ikkalovingiz uchun ham ajoyib va yoqimli bo'lsihini ta'minlang; 13. Sovg'a berib turishni biling;
14. Xotiningizni hurmat qiling. Uuyda uning istak va ehtiyojlari ham inobatga olinsin;
15.
Xotiningizni ko'proq quchoqlang. Hatto televizor ko'rib o'tirganda ham
quchoqlab o'tirish naqadar yoqimli ekanligini unutmang.
Ayolini baxtli qila olgan erkakdan baxtliroq erkak bo'lmasa kerak dunyoda.
undan kura xotin quli bulinglar deb quyilar xadeb ayolga sevaman deyveriw ayollarni uzini baland tutiwiga v uzini tengsiz ekanman deb uylawga olib keladi bu esa erkak kiwini siri oliniwi deyiladi keyin ayol uzini utkaza bowlaydi uyogi uzlaringga ayon buni ayol kiwilar fikridan yozilgani aniq yarmi mantiqqa tugri kelmagan yevropa hayotidagi rejimlardan musulmonmiz islomda erkakni ustidagi xotinni haqqi va xotinni ustidan erkakni haqqini ado etsak hudo hohlasa hammasi yaxwi buladi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]