Internet qaroqchilaridan ehtiyod bo'ling
Shu
yaqin kunlar ichida mehmonlar kitobida bir habarni o'qidim, unda yangi
o'zbekcha pochta haqida gap yuritilgan. Sayt manzilini terib saytga
kirsam wap.mail.ru saytining bosh sahifasini o'zbek tiliga o'girilgani
chiqdi. Qiziqib sayt sahiflariga birma-bir kirib chiqdim. Bilishimcha
saytda hech narsa yo'q! Sayt tepasiga qizil yozuvlar bilan yozilgan
yozuvga ko'zim tushdi. Unda "Saytimizda faqat pochta o'zbekcha" degan
yozuvga ko'zim tushdi. Hop deb pochta sahifasiga kirib ko'rdim. Har
doimgi odatim bironta sahifaga kirsam darrov uni HTML kodini ko'rish
uchun "Ctrl+U" tugmasini bosaman. Bu safar ham shunday qildim. HTML
kodni yaxshilab o'rganib chiqqach bu sahifada terilgan login va
parollar boshqa bir kishining pochtasiga jo'natilishi aniq bo'ldi.
Demak bu sayt hech qanday o'zbekcha pochta emas shunchaki
ko'zbo'yamachi saytligi aniq bo'lib qoldi. Endi o'ylang agar men shu
gaplarga ishonib pochtaga kiraman deb o'z login va parolimni
kiritganimda bu bilan o'z pochtamdan ayrilishim aniq edi!
Xulosa
qilib shuni aytishim mumkinki, bir saytda ro'yhatdan o'tdingizmi unga
faqat shu sayt orqali kiring. Xech qachon boshqa sayt orqali pochta va
boshqa hizmatlarga kirmang. Aks holda sizning login va parolingiz
boshqa birovni qo'liga tushib qolishi aniq!