Главная » 2011»iyun»5 » jonini saqlaganda kerak edim endichi...................
15:35
jonini saqlaganda kerak edim endichi...................
Shu xabarni sizga yozmoqchiman maslaxatga muxtojman juda juda!Assalomu
alaykum Sayyod aka va yaxshilar Iltimos bir narsada juda maslaxatga
muhtojman.
Mani ismim Xabibulloh gapni nimadan bowlawniyam bilmiman
qisqasi bir qizni kollejga kirganimda juda juda sevib qoldim unga ayta
olmadim va xech nima qilaolmasdim keyinroq sevgani bor ekanligini bildim
kunlardan bir kuni juda xomush bo'lib keldi nima bo'lganiga tuwunmasdim
keyinroq kollejdan ketdim va ketish oldi 3 ta daftarimni berib iltimos
sanda turib tursin dedim bo'pti dedi va kunlar o'tdi man kollejga bora
olmay qoldim
keyin sms keldi nimaga daftarlaringni olmayabsan deb va
qo'ng'iroq qilib gaplawib oldik bir baxona keyin do'sti bo'ldim va
so'radim sevganing rawq qilmimi deb u aytdiki hiyonat qildi dedi uni
g'amgin ko'zlarini yoritgim kelar va baxtli bo'liwini istar edim kunlar
o'tdi man uni eng yaqin do'sti bo'ldim juda xursand qilardim kulgisiga
sira to'ymasdim vaqt uchib o'tdi va oxiri aytdim san manga juda yoqasan
deb, u aytdiki san xam shundaysan dedi keyin keyin sevib qoldim dedi
do'stlarim xasad bilan qarashardi 2 yildek gaplawdik yuridik, va man
endi o'zim pul topiwga xarakat qildim rassiyaga keldim va iwlab u bilan
gaplawiwla yurardim! Kunlardan bir kun men qo'ng'iroq qilsam juda
yig'lab o'laman yaqinda dedi man shock xolatga tuwib qoldim nima bo'ldi
desam zo'b yani nafas qisadi va gapira olmasligim mumkin dedi aperatsiya
qiliwim kerag dedi qildirmisanlami unda dedim u esa oyimlani pullari
yetmayabdi o'gay otamla yordam bermiman dedi deya shunday yig'ladiki
chiday olmadim qancha kerag bo'lsa man qopliman dedim u aperatsya xam
mofaqiyatli bo'ldi va man O'zbekistonga qaytdim, keyin ko'riwdik u
shunday telbalardek ediki xursand bo'p ketardim keyin bitta do'stim
keldi va aytdiki man sani Go'zal chiroyli aqlli degan qizing bilan
gaplawdim dedi iwonmadim oradan 1 oy o'tdi va yana do'stim man bilan
gaplawadi qizing dedi iwonmadim va telefon urdi va u qiz shunday
gaplarni aytardiki qulog'im kar bo'liwiga oz qoldi iwona olmasdim kechga qarab sal o'zimga kelib
telefon qildim gaplawardik u manga sevishini aytardi keyin chidolmay
aytdim qanday bu darajalikda qoyillatib ro'l o'ynaysan dedim u avvaliga
go'rlikka soldi va xammasini tan oldi aytdiki xamma narsani qastiga
qildim dedi keyin asta esimga ko'p narsalar tuwdi minnat qila bowladim
shunday jaxlim chiqqandiki xatto so'kib yubordim! keyin vaqt davolaydi
dedim o'z o'zimdan vaqt o'tiriw uchun icha bowladim chunki uxlay
olmasdim xolovatim buzuq edi vaqt man uchun shunday asta o'tardiki xamma
do'stlarim qo'llab quvatlaw o'rniga achchiq xaqiqatdan bo'lak xech
narsa ayta olmasdilar bittayam do'stim yo'qligini sezdim va xammaga
do'stlikimiza tugadi xammang bilan dedim xamma bor ee deb ketib yubordi
lekin uyumda 1ta odam qoldi u bola yaqin do'stim emasdi xatto o'sha bola
mani qo'llab quvatladi to'g'ri yo'lga bowladi va keyin xatto borib
o'sha qiz bilan xam gaplawgan ekan lekin u qiz rad etgan va o'zi oz vaqt
o'tib yaxshi bo'p ketadi debdi
oradan 2 xaftalarcha o'tib unutiw maqsadda yana Rus
davlatiga keldim bu yerda faqat onam dardimga malxam bo'ldilar vaqt
o'tib ketib mana 10 oy bo'pti u qiz bilan gaplawmaganimga man xotira
bilan yawawga o'rganib qolganman va kunlardan bir kun agentda bitta qiz
qo'wdi taniwdik u juda o'sha qizga o'xshardi keyin bu man Sabohat dedi
iwonmadim o'ynayapti odamlar dedim keyin xudoxaqqi menman dedi juda
bowqacha bo'p qoldim xolimni so'rardi dardini aytardi a man ewitardim
keyin nima qalay ownam dedim Ajraldik biza dedi! keyinchalik shunday
kechirim so'ra bowladiki tinmay kechirim so'rardi endi qadringga yetdim
bilmagan ekanman sani juda sevar ekanman xudo xaqqi kechir deya xar kun
shu axvol kechirimlari bilan o'tardi telefon qil gaplawib olaylik derdi
mana 1 oycha faqat kechirim so'raydi juda kechirgim keladi juda juda
sevaman xaddan ortiq uni o'ylayveraman juda g'ururim qo'ymidi lekin
kechirishga!! o'zim o'yliman endi yodiga tuwdimmi kechirmaymi deb, ammo
yana o'yliman axir juda sevamanku axr xamma xato qiladi puwaymonku deyman,
iwongim kelmidi chunki u meni yolg'onlarga ikki yil ko'gan qastini olgan
mendan lek juda kechirgim bor ammo nima qiliwniyam bilmiman Iltimos
Yordam beriylar Iltimos! nima tanlay G'urur-Sevgi! Yoki iltimos
mail.ruga yozila Bulatov_Xabib@mail.ru! Oldindan Raxmat!
Sayyod:-Ўзиям зўрға тушундим. Хафа
бўлмангу бир бетамиз қиз экан ўзиям. Ғалатимасми? Сиздан аввалги
боладан сизга, сиздан кейин яна бошқасига, энди хечкими қолмагача
"запасной аэродром" қилиб сизга яна ялиняптими? Сўраб кўрингчи мабодо
яна у-бу нарсага пул керакмасмикан? Балки шунинг учун бирдан ёдига тушиб қолгандирсиз? Ахир катта пул кераклигида фақат сиз бергансиз, демак халиги йигитдан чақа хам чиқмаган тўғрими? Узр
қатъийдирман лекин у қизни заррача тушунадиган холатни умуман
кўрмаяпман. Бунақаларни "Попрыгуня стрекоза" дейилади. Ундан бунга,
унисидан бунисига, ёз ўтиб қиш келганида, яъни қийинчилик, чумоли ёдга
тушади. Яъни халиги суйган юрак дардидан лошшара бўлган. Қўпол албатта лекин хақиқат! Аввал севдиришади, севган йигитларни эса аксариятини "лошшара" қилиш жуда осон. Тўғрида севиб турган қизинг хато қилиб ёнингга кўз ёши қилиб турса юрак жим турармиди? Ўз
уйдагилари жонини сақлаб қололмаган сизни ўша қилган яхшилигингиз учун
йўқ десангиз хам қул бўлиб ўтса арзирди. У эмас сиз унга хиёнат қилиб
хайдасангиз хам ана ўша хайр ишингиз учун оёғингизга чирмашиб яшаши
керак эди. Кўрнамаклик хам эви билан. Кимнидир қақшатиб Худо
каромати ила бўғзидан олган экан, сиздан сўнг кўзидан олмаса бўлгани.
Қайтар дунё ахир. Лекин ўша кўзидан олганида ёнида кимдир бўлармикан? Сизга айтмоқчи бўлган маслахатим мана бу мавзуда айтилган фикрларимдек экан, шу ердаги унутиш усуллари хақида айтганим хам асқотар.
Албатта сўнгги сўз барибир халойиқдан, улар нима деркин? Балки ман жудаям қатъийдирман.