Kuni
kecha aktrisa Sevara Soliyevaning "homilador”ligiga oid suratlarni
qo`ygandik. Surishtiruvlarimiz shuni ko`rsatdi-ki, akrisa Sardor
Rahimhonning yangi klipida suratga tushayotgan ekan. Restorandagi
holatlar ham shu klip voqealari hisoblangan. "Shunaqayam bo`ladimi
qizbola” deb nomlangan qo`shig`iga klip suratga oldirayotgan Sardor
ijodiy jamoani bu gal xuddi shunday shakllantirgan. Guvohi
bo`layotganingizdek, yangi klipni ham Sardorning o`sha "eski
hamkorlar”i suratga olishmoqda. Ya`ni Rustam Murodov va Mirmaqsud
Oxunovlar tomonidan suratga olinayotgan bu klip Sardorning aytishiga
qaraganda, 8-mart arafasida muxlislarga havola etiladi. Xullas kalom
endi shu jarayonnig fotosuratlarini tomosha qiling. Qo`shig`iga esa
xit-paradimizda ovoz bering. Klipini esa bir oz kuting. Shunda Sardor
Rahimhonning yana "jonlangan”iga guvoh bo`lasiz!
|