Muchallar
O'zingizning
yoki istagan kishingizning tug'ilgan yilini bilgan holda, taqdim
etilayotgan bo'limdan mazkur yilda tug'ilgan kishilar fe'l-atvoriga xos
xusisiyatlarini bilib olishingiz mumkin.
Sichqon 1912 1924 1936 1948 1960 1972 1984 1996 2008 SICHQON YILI. Ushbu
muchalda tug'ilganlar tashqi qiyofasidan yoqimli, jozibador,
sobitqadam, mehnatsevardirlar. Bir qarashda xotirjam va bosiq
ko'rinsalar-da, unga ishonmaslik kerak. Chunki ular asabiyligi-u
tajovuzkorliklarini yashirib turishadi. Bu yilda tug'ilanlar tejamkor,
boylik yig'ishga ixlosmanddir. O'zlari yoqtirgan odamlargagina qo'llari
ochiq. Chaqma-chaqarlikni xush ko'rishadi, fisqu-fujurdan hazar
qilishmaydi, shu bois haqiqiy do'stlaridan ko'ra tanish-bilishlari
ko'p. Hech qachon hech kimga ishonishmaydi, g'am-tashvishlarini
tanholikda o'zlari tortadilar. Ular kelajaklaridan tashvishlanib,
keksayganda birovga qaram bo'lmaslik uchun, tejab-tergashni hamisha
orzu qilishadi. Jismoniy ishlardan ko'ra aqliy mehnat bilan bog'liq
ishlarni bajonudil bajarishadi. Baxtga qarshi yiqqan pullarini
orqa-oldiga qaramay shu zaxotiyoq sarf qilishadi. Ular keksayganda
tinch hayot kechirishadi.
Xo'kiz (sigir) 1913 1925 1937 1949 1961 1973 1985 1997 2009
HO'KIZ (SIGIR) YILI. Bular
sabr-toqatli kamgap, ishonchga loyiq, vazmin, imillagan, yaxshi
fe'l-atvorli kishilardir. Aksar hollarda sodda qiyofada bo'lishsa-da,
aql-zakovat sohibi hamda chuqur mulohaza yurita olish qobiliyatiga ega
shaxslardir. Odatda kamgap, biroq ilhom kelganda gapdon bo'lib
ketishadi. Ular jismoniy jihatdan baquvvat, hayotning
achchiq-chuchugini totishga bardoshli. Turmushlarida oila katta
ahamiyat kasb etadi. Bolalarini yaxshi ko'rib, ular bilan
faxrlanishadi. Biroq buyruq berishga o'rganganliklari sababli ularga
ham tez-tez qo'pollik qilib turishadi. Ho'kiz yilida tug'ilganlar o'z
oilasiga baxt-saodat keltiruvchi, haqiqiy mehnatkash kishilardir. Ushbu
muchal ayollari xonanishin bo'lib, o'z oilalari uchun juda jon
kuydirishadi. Oila ravnaqi uchun uni qattiqqo'llik bilan boshqarib
borishadi. Erlarini ko'pincha o'z izmlarida tushirishadi. Ushbu
yilda tug'ilgan aksariyat er-xotinlar xushmuomila, sadoqatli,
hissiyotli bo'lishi mumkin. Lekin xayolparast bo'lishi mumkin. Keksayganlarida
mushkul ahvolga tushib qolishlari mumkin, ammo buni bartaraf eta
olishsa qarilik gashtini xotirjam suraveradilar.
Yo'lbars 1914 1926 1938 1950 1962 1974 1986 1998 2010
YO'LBARS YILI.
Bu
muchalda tug'ilganlar hissiyotga beriluvchan, jaxli tez va
tartib-intizomga rioya qilmaydigan kishlardir. Ular katta yoshdagilar
yoki rahbarlar bilan tez-tez janjallashib turishadi, hatto o'zlarining
haq emasliklarini fahmlasalar-da, baribir bahslashishga tayyordirlar.
Ulardan ko'pincha inqilobchilar, rahnamolar chiqadi. Itoat etishni
yoqtirishmaydi, ammo boshqalarga aytganini qildirishadi. Shu bilan
birga, ko'pincha, yaxshi o'ylab ko'rmasdan qaror qabul qilishadi yoki
to'g'ri xulosani juda kech chiqarishadi. Agar biror ishni boshlashdan
oldin yaxshilab o`ylab ko'rish va dono maslahatlarga quloq solishni
uddasidan chiqa olishsa, katta-katta muvaffaqqiyatlarga erishishi
mumkin. Tabiatan kurashuvchan, qo`rs va jizzaki bo`lib, ko'zlagan
ishlari uchun o'zlarini qurbon qilishga ham qodir. Ulardan yaxshi
lashkarboshilar yoki korxonalarning rahbalari chiqadi. Lekin xavfli
jinoyatchi ham bo`lishi mumkin, chunki tavakkalchilik bilan qilinadigan
har qanday faoliyatni yaxshi ko'rishadi. Judayam jo'shqin va kuchli
sevgi sohibidir ular. Ammo ehtirosli bo'la turib, kamdan-kamlari
ishq-muhabbat bobida baxtga erishadi. Dastlabki hayotlari osuda va
xalovatli o`tadi, biroq keyinchalik kuchli va shiddatli kechinmalarni
boshdan kechirashadi. Shunga qaramay, keksayguncha yashay olsalar,
qolgan umrlarini tinch va xotirjamlik bilan o'tadi. Bular odatda omadli
odamlardir.
Quyon 1915 1927 1939 1951 1963 1975 1987 1999 2011
QUYON YILI. Ushbu
yilda tavallud topganlar o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib,
qobiliyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va saxovatli kishilardir. Benuqson
didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga
sazovor bo`ladilar. Biroq jiddiy kamchiligi yengiltaklik bo`lib, hatto
eng yaxshi xislatlari ham yuzakidir. Bundan tashqari, g`iybat qilishni,
gap tashishni yaxshi ko`rishadi, lekin buni kishi bilmas holda,
xushmuomalalik va ehtiyotlik bilan amalga oshirishadi. Odatda, vazmin
va tepsa-tebranmas bo`lganligidan, ular tinchini buzish qiyin. Ularda
haqiqiy hissiyotdan ko`ra, tantiqlik kuchli. Arzimas bahona bilan
yig`lashlari mumkin, lekin shu zahotiyoq ovunib qolishadi. Odatda,
ularning hammasi mutaassib bo`lib, hayot tarzlariga putur yetkazadigan,
uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yo`q. Eng avval
badastir xavf-xatarsiz yashashga intiladi. Oldindan "yaxshi” va "yomon”
tomonlarini jamlab ko`rmaguncha, hech bir ishga qo`l urishmaydi. Ajoyib
ishchanlik qobiliyatiga ega kishilardir. Garchi, ba'zan o`taketgan
rasmiyatchi bo`lishsa-da, halol va o`z so`zlarining ustidan chiqishadi.
Iqtisodiy jihatdan hamisha omadlari yurishadi, o`ylagan ishlarini
amalga oshirishda epchillik ko`rsatishadi. Ulardan ajoyib ishbilarmon
kishilar yetishib chiqadi. Hayotlari tahlika ostida qolmasa, iste`dodli
huquqshunos yoki diplomat ham bo`lishlari mumkin. Bu muchalda tug`ilgan
ayollar did, mehmondo`stlik va yaxshi vakillik talab qilinadigan har
qanday sohada o`zini ko`rsatishi mumkin. Umuman, ushbu yilda tavallud
topganlar o`zlari yoqtirgan odamlarga nisbatan juda xushmuomala va
xizmatiga shaydirlar, lekin do`stlar manfaatiga xizmat qilaman deb, eng
yaqin kishilaridan judo bo`lishlari oson. Agar ular favqulotda
hodisalarga, fojeali voqealarga, yengib o`tib bo`lmas to`siqlarga duch
kelishmasa, butun umr osoyishta yashashadi.
Ajdarho (baliq) 1916 1928 1940 1952 1964 1976 1988 2000 2012
AJDARHO (BALIQ) YILI Kimda-kim
ushbu yilda tug`ilgan bo`lsa, juda yaxshi sihat-salomatlikka ega
bo`lib, serg`ayrat va beg`ubordir. Pastkashlik, tilyog`lamalik va
g`iybat ularga begona. Ular ishonuvchan va rostgo`ylar. Ko`pincha
yolg`on-yashiq gaplar tufayli o`z tinchligini yo`qotadi. Barkamollikka
intilish ularni o`ziga ham, boshqalarga ham talabchan qilib qo`yadi.
Ular ko`p narsani talab qilishadi, lekin talablaridan ko`ra ko`proq
ishni o`zlari amalga oshirishadi. Vijdonli, ta`sirchan va dovyurak
kishilar bo`lib, ularga bemalol ishonish mumkin. Samimiy kishi bo`lib,
odatda bildirgan fikr mulohazalari hamisha asosli bo`ladi. Soddalarcha
ishonuvchanliklari tufayli, ularni hamisha aldash mumkin. Shu bilan
birga, ular serzarda bo`lib, ba`zan tillariga erk berib yuborishadi.
biroq ularni fikr-mulohazasi bilan hisoblashish kerak, chunki yaxshi
maslahat berishadi. Qiziqib, darrov ishga berilib ketishadi.
Iste`dodli, o`qimishli va irodali kishilardir. Butun umr hech narsadan
zoriqishmaydi, har qanaqangi ishda ham muvoffaqiyat qozonishlari
mumkin. Qaysi kasbni tanlashmasin, doimo g`alaba qozonishadi. Ular
ko`pincha, hamma uchun sevimlidirlar, biroq o`zlari boshqalarni
kamdan-kam hollardagina yoqtirishadi. Hech qachon muhabbat umidsizligi
yoki dog`u alamini ularning boshidan kechmaydi. Ammo o`zlari muhabbat
mojarosiga sababchi bo`lishi mumkin. Bu muchalda tug`ilganlar
kamdan-kam hollardagina yoshligida oila qurishadi, ba`zilari hatto umr
bo`yi tanho yashashadi, biroq bu ular ko`nglini cho`ktirmaydi,
aksincha, yolg`iz yashaganidan ko`proq baxtiyor sezishadi. Qarz olishni
va uzundan-uzun gapirishni yoqtirmaydi. Rahmdillikka moyil bo`lib
ba`zan qisqa muddatga bo`lsa-da, bundan boshqalarning foydalanib
qo`yishga yo`l qo`yishadi. Ko`pchilikning muammosi og`ir, jinsiy
qoniqmaslikdan qiylanib yurishadi. Shoirtabiat jo`shqinliklari tufayli
butun umr ko`plab muammolarga sababchi bo`lishadi. Biroq keksayganida
baxt-saodatga va barcha istaklarini amalga oshirishga erishadi.
Ilon 1917 1929 1941 1953 1965 1977 1989 2001 2013
ILON YILI Ushbu
muchalda tug'ilganlarda donolik va ziyraklik ato etilgan. Ular vaysaqi
emas. Ko'p va xo'p fikr-mulohaza yuritishadi. Boshlagan ishni qat'iyat
bilan oxirigacha yetkazishadi, muvaffaqiyatsizlikni juda yomon
ko'rishadi. Tabiatan xotirjam bo'lsalar ham, ishning ko'zini bilib, tez
xulosa chiqarishadi. Juda ham omadli kishilardir, lekin ko'pincha
ziqnalik qilishadi. Gohida hudbin va maqtanchoq bo'lishadi. Qarz
berishni yomon ko'rishadi. Ammo hushlariga kelib qolsa, yordam
berishdan bo'yin tovlamaydigan paytlari ham bo'lib turadi.
Bo'rttirishga moyillik ularga xos xusisiyat, maboda birovga yordam
berguday bo'lishsa, jonlarini berishga ham tayyor, ayni paytda
tortinchoq bo'lib qolishadi, natijada zarar ko'rishi mumkin. Bunday
odamlardan yordam so'rashdan oldin o'ylab ko'rish kerak. Aks holda,
pushaymon bo'lasiz. Yostiqdoshlarini o'zlari tanlashadi, rashkchi va
injiqdirlar. Agar ular o'zlarining eng yaxshi xis-tuyg'ularini oilasiga
bag'ishlay olsalar edi, umrlari g'am-tashvishsiz o'tar edi.
Hayotlarining dastlabki davri tinch o'tadi. Umrlarining ikkinchi
yarmida esa ortiqcha sertakallufligi, ehtiroslarning kuchliligi,
sarguzashtlarga ishtiyoqmandligi mushkulliklarga duchor etishi mumkin.
Ot 1918 1930 1942 1954 1966 1978 1990 2002 2014
OT YILI Bu
muchalda tug'ilganlar dongdor, mo'tabar, xushfe'l va pulni tejab-tergab
ishlatuvchi kishilardir. Yaxshi kiyinishadi, ommaviy yig'inlarni
yoqtirishadi. Ko'p gapirsalar ham, aqlli va sezgirdirlar. Ko'pincha
yaxshi natijalarga erishuvchi ajoyib sportchi bo'lib yetishadi. Hamma
sohada ishlari yurishadi, ko'zga tashlanib turishadi, boshqalar fikrini
tez uqib olishadi. Tabiatan mustaqil fe'l-atvorga ega bo'lib,
maslahatlarga quloq solishmaydi. O'zlariga ishonishadi, qadrlarini
bilishadi. Shu yilda tug'ilgan erkaklar ayollarga befarq
bo'lishmaydi. Muhabbat onlarida hamma narsani unutishadi. Xizmat
vazifalarini ado etganda, boshqa hamma sohada bor kuch va ehtiroslarini
kuchga solishga harakat qilishadi. Ishq-muhabbat yo'lida hamma narsadan
voz kechishlari mumkin. Shu bois boshlab qo'ygan ishlarida
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, agar bularni yengsa baxtli bo'lushi
mumkin. Oila qurgach, uyda doimo diqqat markazida bo'lishadi. Ular
ko'zdan g'oyib bo'lishlari bilanoq, oilaning baxt-saodati puchga
chiqadi. Ba'zilari oilani yoshlikdan tashlab ketishlari mumkin.
His-tiyg'ular sohasida ularning hayoti jo'shqindir. Keksaygan
chog'larida tinch-xotirjam kun kechirishadi.
Qo'y 1919 1931 1943 1955 1967 1979 1991 2003 2015
QO'Y YILI Ushbu
yilda tug'ilganlar nafis san'at sohibidirlar. Ularning qaddi-qomati
kelishgan, istarasi issiq va tabiat shaydolaridir. Xulq-atvori yoqimli,
gap-so'zi, o'zini tutishi oqilona, shunday bo'lsa-da tabiatan injiq,
xardamxayol. hamisha nimadandir zorlanib yashashadi. Odatda xudojo'y
bo'lib, turli xayoliy va o'ta tabiiy narsalarga qiziqishadi. Bular
rahmdil va muhtojlarga yordam beruvchi yaxshi kishilardir. Ammo baham
ko'rmoqchi bo'lgan narsalari o'zlariga tegishli bo'lmaydi. Ularda
xususiy mol-mulkka hech qanday havas yo'q. Hayot kechirishlari
ko'pincha omadlariga bog'liq bo'ladi. Javobgarlik hissi ularga begona,
tashabbus ko'rsatishni yomon ko'rishadi. Ularda did va iste'dod bor.
Ammo rahbarlikni eplay olishmaydi. Bir paytning o'zida texnik va
artistlik mahorati qo'shib borib olinadigan ishlarni qoyil qilib
bajarishadi. Lekin hech qachon asosoiy vazifani bajarishmaydi. Gaplari
ko'pincha poyma-poy bo'lib, o'z fikrlarini qiynalib tushuntirishadi,
goh tez, goh sekin ba'zan duduqlanib gapirishadi. Hayotlari davomida
ko'plab ishq-muhabbat muammolariga duch kelishadi. Ulardan biri fojea
bilan tugashi mumkin. Yetuklik davri yoshlik va keksayganlariga
qaraganda yaxshi kechadi. Shuni esda tutish kerakki, moddiy jihatdan
g'am-tashvishi yo'q, maslahatgo'ylari bor bo'lgan "quling o'rgilsin
o'tloqda" "QO'Y" ning omadi yurishadi.
1920 1932 1944 1956 1968 1980 1992 2004 2016
MAYMUN YILI Bu
muchalda tug'ilganlar ko'ngliga kelgan ishni qiluvchi,ishonchga sazovor
bo'lmagan va ters odamlardir. Biroq ular epchil, aqlli, topqir bo`lib,
eng qiyin muammolarni ham osonlik bilan hal etishadi. Ayni paytlarda
ular quv va makkordir, shu bois ular bilan doim hushyor bo`lib muomala
qilish kerak. Ularning kirishimliklari va hatto har qanday xizmatga bel
bog`lab turishlari ham munofiqonadir, aslida esa o`z manfaatini o`ylab
shunday qilishadi. Shuningdek, ular xushchaqchaq va iltifotli bo`lb,
boshqalar to`g`risidagi yurakni ezadigan fikr-mulohazalarini soxta
xushmuomalaliklari bilan yashiradilar. Ular o`z faoliyatlarini avj
oldira olmaydigan deyarli birorta soha yo`q. Bo`layotgan voqealardan
hamisha xabardor. Xotiralari judayam kuchli bo`lib, ko`rgan yoki
eshtgan narsalarining mayda-chudasigacha unutishmaydi. Barcha ishlari
betartibligi uchun ham ularga xotira zarur. Ular juda hovliqma bo`lib,
hamma ishni shu zahotiyoq amalga oshirib qo`ya qolishni xohlashadi.
Arzimas to`siq ham ularning dilini xira qilib, rejalarini buzib
yuborishi mumkin. Biror ishni boshlamasdan turib, shu zahotiyoq uning
bahridan o`tishlari mumkin, ko`pchiligi qat'iyatsizligi va hatto
qo`rqoqligi bilan ajralib turishadi. Ularning har qanday mushkul
ahvolga tushib qolganlarida ham, unga chap berib qutilib ketishlarini
munosib baholash darkor. Ular o`z xohishlarini amalga oshiradilar.
Amalparastlik qonlarida bor. Hech ikkilanmay, hatto vijdonsizlik bilan
bo`lsa-da, o`z niyatlariga erishishga qodirlar. O`z hafsalalariga qarab
ish qilishsa, ko`pincha nom chiqarishadi. Faqat ular odamlarga malol
kelishi mumkin bo`lgan magmadonagarchiliklardan o`zini tiyishi lozim.
Garchi ba'zi qiyinchilklar bo`lib yursa, umuman olganda, iqtisodiy
jihatdan yaxshi yashashadi. Ishq-muhabbat bobida baxtga erishishlari
qiyin. Chunki ular ehtirosli bo`lib, juda tez oshiq bo`lib, ko`p
ma'shuqalaridan ko`ngillari sovib, boshqasini qidirishga tushishi
mumkin.
Xo'roz (tovuq) 1921 1933 1945 1957 1969 1981 1993 2005 2017
XO`ROZ (TOVUQ) YILI Bu
yilda tug`ilgan odamlarga jur'at, dovyuraklik xos. Bular chuqur
fikrlovchi va istedodli shaxslardir. Mehnatsevar va o`z ishlariga jon
dillari bilan berilishadi. Qurbilari yetmasa ham, har qanday
majburiyatni bajarishga kirishadi. Mabodo muvaffaqiyatsizlikka
uchrashsa, dillari judayam siyox bo`ladi. Nima o`ylasalar, shuni
ro`y-rost gapiradilar. Bu esa, ko`pincha, ularning haddan tashqari
to`g`ri so`zligidan o`zini chetga tortuvchilar bilan to'qnashuvga olib
boradi.Savlat to'kib yurishni yaxshi ko'rishadi,yon-atrofdagilar
e'tibor berishi uchun did bilan kiyinadilar. Ammo, aslini olganda, ular
o'zlariga zarar yetkazishlariga qaramay, mutaassibdirlar. Odatda,
o'zlarini mutlaqo laqma, deb o'ylshadi, ayni paytda qilayotgan
ishlarinining mohiyatini yaxshi bilishadi. O'zlariga bino
qo'yishlarining sababi ham shunda. Haqiqatdan xam, ko'pincha haq bo'lib
chiqishadi. Aql-zakovatlari tevarak-atrofdagi odamlarda ularga nisbatan
qiziqish uyg'otadi. Biroq ularning ko'pchiligi maqtanchoqligi bilan
darrov ixlosni qaytaradi. Qo'lidan keladigan ishdan ko'ra ko'proq
gapiradilar. Aksariyat hollarda, ishqiy dilkashliklariga nisbatan,
ko'proq yoqimli qiyofalari bilan ko'zga tashlanishadi. Ba'zan
dangasalikka moyillik bildirishadi. Lekin, aslida, ularning faol
bo'lishi uchun hamma asos bor. Pul ularga o'z-o'zidan
kelavermaydi-o'zini ta'minlashi uchun ishlashi lozim. Agar ular qatiyat
xko'rsatib, o'z dangasaliklarini yenga olsalar, mol-dunyo bilan
ta'minlanishadi. Ammo ular mabado dangasaligu orzu-xayolloariga
berilishni o'zlariga ep ko'rsalar, bu ularning xonavayron
bo'lishlariga, obro'-etiborlarini yo'qotishlariga, boshlagan hamma
ishlarini puchga chiqishlariga olib keladi. Ishq-muhabbat bobida
hayotlari ancha mashaqqatli kechadi, sevgan kishilarini qo`lga olmoq va
qo`ldan chiqarmaslik uchun ko`pdan-ko`p kuch-g`ayrat sarflashadi. Ular
kambag'allikdan boylikkacha,yuksak muhabbatdan tubanlikkacha bo'lgan
yo'lni bosib o'tishadi. Keksayganlarida baxtli yashashadi.
It 1922 1934 1946 1958 1970 1982 1994 2006 2018 IT YILI Ushbu
yilda tug'ilgan odamlarga eng yaxshi insoniy xislatlar xos. Ular sodiq
va sofdilligi,sir saqlay olishi bilan o'zlariga nisbatan ishonch
uyg'otishadi. Bundan tashqari ular hazil-mutoyiba tuyg'usiga ega, mayda
gaplardan uzoq. Haddan tashqari o'jar va tez-tez surbetlik
darajasigacha birishadi. Ularning sovuq gaplar bilan fikr bildirishga,
o'rinli va o'rinsiz tanqid qilishga, hamma narsadan kamchilik topishi
sezilib turadi. Har qanday nohaqlik ularda norozilik uyg'otadi va to
uni bartaraf etmaguncha tinchishmaydi. Boshqalar uchun qo'llaridan
kelgan ezgu ishni qilishadi. Atrofidagi kishilar ularni munosib
ravishda hurmat qilishadi. Ular faqirlikda yashaydilarmi, farovon hayot
kechirishadilarmi, bundan qat'iy nazar, aqlga qarab ish tutadilar.
Moddiy jihatdan to'kin yashamasalar ham qanoatlidirlar. Biroq ularga
pul zarur bo'lib qolsa, uni osongina topisha oladi. Odatda, ulardan
ajoyib rahbarlar va faol jamoat arboblari yetishib chiqadi. Ular
ko'pincha gapga no'noq, ba'zan o'z fikr-mulohazalarini qiynalib bayon
etishadi. Lekin aqllari raso,ziyraklik bilan gapga quloq solib
turadilar. Sevgi-muhabbat bobida pok va farosatlidir. Ularni adolat
uchun kurashda katta sarguzasht va qizg'in olishuvlar kutadi. To'ng'iz 1923 1935 1947 1959 1971 1983 1995 2007 2019 TO`NG`IZ YILI Bu
muchalda tug'ilganlarni mardonovor fe'l-atvori, odob-nazokat, xizmatga
shaylik, nozik tabiatlilik xulqlari bor. Ularga hech ikkilanmay
ishonish mumkin, Ular faqat to'g'ri yo'lni tanlashadi. Ular vijdonli va
mard kishilardir. Boshqa kishilar bilan til topishishi qiyin. Lekin
do'stlarini hurmat qiladi. To'ng'iz yilida tug'ilganlar kundalik
harajatlari uchun kerakli mablag'ni topa olishadi. Ammo beg'amliklari
tufayli ishlari yomon tus olishi mumkin. Ular beg'am ko'rinsalar-da,
aslida irodali va o'jardirlar. O'ylagan niyatlatiga erishish uchun bor
kuchini ishga solishadi. Tabiatan baquvvatlar, ularning kuchiga hech
kim bas kelolmaydi. Biroq biror qarorga kelishdan oldin uning "yaxshi
va yomon" tomonlarini uzoq qiyoslashadi, shunday kezlarda yon-beridagi
kishilar nazarida ular nima qilishni bilmayotgandek tuyulishadi.
Haqiqatda esa bunday emas, ular o'z ishini juda yaxshi bilishadi, faqat
ishni murakkablashtirmaslik, gohida unga zarar yetkazmaslik uchun uzoq
vaqt mulohaza yuritishadi. Ushbu yilda tug'ilgan ayollar
sovg'a-salom qilishni, shod-xursandchilikni xush ko'rishadi. Ular
yaxshi ona va oqilona uy bekasidirlar .
|