Qatarda o'tayotgan Osiyo Kubogining chorak finalida O'zbekiston terma jamoasi Iordaniya terma jamoasi ustidan 2:1 hisobi bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi va yarim finalga yo'llanma oldi!
O'zbekiston futbolining tarixida milliy terma jomoamiz birinchi marotaba Osiyo Kubogining yarim finalida to'p surdi
O'yinning qahramoni shaksiz milliy jamoamizning hujumchisi, o'yinga 2 raqami ostida tushgan Ulug'bek Bakaevdir. Ulug'bek o'yinning ikkinchi yarmini boshidayoq katta mahorat ko'rsatib, uch daqiqani ichida ikkita go'l urib, bitta sariq kartochka ishlab olishga ham muvaffaq bo'ldi
Birinchi go'l jamoamiz Sardori Server Jeparov tarafidan berilgan pas yordamida raqib darvozasiga 46 daqiqada kiritildi. 49 daqiqada kiritilgan ikkinchi go'lga esa yarim himoyachi Jasur Xasanov assistentlik qildi
O'yinning 58 daqiqasida Iordaniyalik ximoyachi Bashir Bani Yasin O'zbekiston darvozasini ishg'ol qilib, hisobni 2:1 o'zgartirdi
O'yin ohirigacha hisob o'zgarmasdan, O'zbekiston g'alabasi bilan yakunladi
Milliy terma jamoamiz yarim finalda 22 yanvarga belgilangan Avstraliya va Iroq terma jamoalari o'rtasida o'tadigan o'yinning g'olibi bilan uchrashadi.