Yurtimizda har oyda 2-3 ta yangi film taqdimotlari bo'lib o'tmoqda.
Bu yaxshi, albatta. 5-aprel soat 18-00da Alisher Navoiy nomidagi kino
saroyda "Umid" deb nomlangan filmning taqdimoti o'tkazildi.
"O'zbekkino Milliy agentligi" hamda "Karavan cinema" hamkorlikda
ishlagan ushbu kartinaga O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ilk
bora prodyusserlik qildi. Rejissyor Shamsitdin Isomov.
Taqdimotning o'ziga xos jihatlari ya'ni birinchi ko'zga
tashlangan xolat bu kino zal sahnasining gullar bilan bezatilgani
shuningdek, sahnada "Oriat-dono" radiosi boshlovchilari Zaynabbegim
Yunusova hamda Bahodir Ma'diyevlarning chiqishlari va eng kutilmagani
Ozodbek Nazarbekovning film uchun ishlagan ""sountrek qo'shig'i
tomoshabinlar uchun katta tuhfa bo'ldi.
Filmda yangi chehralar ya'ni yangi aktyorlar kashf etilgan. Mirolim
Qilichev, Nigina Anarbaeva, Setora Farmonova shular jumlasidandir.
Haqiqatdan ham ushbu kinokartina yoshlar uchun hayotga, do'st va
yaqinlariga, kelajagiga bo'lgan ishonch va umidni shakllantiradi deyish
mumkin. Qahramonning boshdan kechirgan kechinmalari, qiyinchiliklari
barchaga namuna bo'lishi shubhasiz.