Windows XP o'rnatish Windows XP ni qattiq diskka o`rnatish Windowsni
o`rnatishdan oldin qattiq disk razdellari konfiguratsiyasi haqida
jiddiy o`ylab ko`rish kerak. Agar kompyuterda bir necha hil OT mavjud
bo`lsa bu masalaga jiddiyroq tus oladi.
Bu holatda har bir OT
uchun alohida o`z razdeli bo`lishi kerak. Agar kompyuterda faqat
Windows XP dan foydalanish ko`zda tutilsa u holda qattiq diskni 2 ta
bo`limga bo`lish taklif etiladi. Birinchi razdel OT va unda ishlaydigan
amaliy va xizmatchi dasturlar uchun foydalaniladi va u asosiy
(primary) va aktiv (activ) razdel hisoblanadi. Ikkinchi razdel mantiqiy
(logical) razdel hisoblanib, unda foydalanuvchi uchun
zarur bo`lgan fayllar, o`rnatiluvchi dasturlar saqlanadi. Bu taklif
etilgan konfiguratsiya malumotlaringizni tasodifiy buzilishlardan,
viruslar bilan zararlanishdan, OT buzilishlaridan himoyalaydi.Windowsni
o`rnatishda birinchi navbatda shuni aniqlash lozimki, Windowsni
o`rnatish va uni ishlatish uchun kompyuter resurslari yetarlimi. Buni
aniqlashda 2 ta xujjat yordam beradi: minimal aparat konfiguratsiyasi
va mo`tanosib qurilmalar ro`yxati (Hardware Compatibility List, HCL). Windows
XP ni o`rnatishdan oldin kompyuterning quyidagi minimal talablarga
mosligini tekshirib ko`ring: - Protsessor
Pentum 233 MHz yoki undan kuchliroq
- Tafsiya etiladigan operativ
xotiar xajmi 128 Mbayt, minimal 64 Mbayt, maksimal 4 Gbayt
- Vinchesterda
kamida 1,5 Gbayt bo`sh joy
- VGA monitor
- Klaviatura,
sichqoncha
- CD yoki DVD diskovod
- Tarmoqdan
o`rnatish uchun tarmoq kartasi va kabel.
Windows
XP ni o`rnatish masteri mavjud qurilamalrni avtomatik tarzda
tekshiradi va mumkin konfliktlar xaqida habar beradi. Windowsa
XP ni yuklovchi kompakt-disklar orqali o`rnatishda kompyuter
BIOS i CD/DVD-ROM orqali yuklashga ruhsat bergan bo`lishi kerak. Buni
BIOS orqali sozlash mumkin. Zamonvaiy kompyuterlarda CD/DVD-ROM
orqali yuklash sozlangan bo`ladi. Keling, Windows XP Professional
ni CD/DVD-ROM orqali o`rnatishni ko`rib chiqamiz: - Yuklovchi CD/DVD diskni CD/DVD-ROM ga qo`yamiz va
kompyuterni qayta yuklaymiz. Agar BIOS da CD/DVD-ROM orqali
yuklashga ruhsat berilgan bo`lsa kompyuter CD/DVD diskdagi sistema
orqali yuklanadi. Bunda foydalanuvchiga WIndowsni o`rnatuvchi
master dan tashqari turli hil utilitalar, ya`ni qattiq disk bilan,
BIOS bilan, parollar bilan ishlovchi utilitalar, antiviruslar,
arxivatorlar, navigatorlar ni ishlatish mumkin. Taxminan quyidagi
rasmda berilgan holatdagidek:
2-Windowsni
o`rnatuvchi masterni yuklaymiz. Bunda kompyuterda dinamik yuklanish
jarayoni sodir bo`ladi:
3- Shundan
so`ng o`rnatishnign ilk bosqichlari boshlanadi. Bunda litsenziya
kelishivi ekranda chiqadi, F8 bosildi. Bazi disklarda litsenziya
kelishuv qismi olib tashlangan bo`lishi ham mumikin.
4- Quyidagi ishlarni bajarish mimkin:-
- Windowsni o`rnatish uchun [Enter]
- Tiklash konsoli yordamida
Windowsni tuzatish [R]
- O`rnatish
dasturidan chiqish [F3]
5- [Enter] ni bosib o`rnatishda
davom etamiz: Bunda mavjud qattiq
diskdagi bo`limlardan birini tanlash kerak. Bu bo`limga Windows OT
o`rnatildi. Bo`limda albatta kamida 1.5 Gbayt joy bo`lishi kerak. -
- Windowsni tanlangan razdelga o`rnatish
uchun [Enter]
- Yangi razdel
hosil qilish uchun [C]
- Tanlangan
razdelni o`cherish uchun [D]
6- [Enter] ni bosib o`rnatishda davom etamiz: Tanlangan
razdelni formatlaymiz. Bunda quyidagi usullar taklif etiladi: - NTFS
tizimida tez formatlash
- FAT
tizimida tez formatlash
- NTFS
tizimida to`liq formatlash
- FAT
tizimida to`liq formatlash
7- NTFS tizimida to`liq formatlashni tanlab davom etamiz:
bunda formatlash vaqti tanlangan razdel xajmiga bog`liq ravishda
kop` yoki kam bo`ladi.
8- Formatlash jarayoni tugaydi va masterni yuklash uchun
zarur bo`lgan fayllar qattiq diskka ko`chiriladi:
9. Kompyuter qayta yuklanadi:
Qayta yuklangandan so`ng o`rnatuvchi master ishga garafik
rejimda tushadi 10- O`rnatish
jarayonida master foydalanuvchidan kerakli sozlashlarni (hududiy
parametrlarni, fodalanuvchi va tashkilot nomini, vaqt va sanani, tarmoq
parametlarini)kiritishni so`raydi:
11- Master o`z ishni yakunlaydi va kompyuter qayta
yuklanadi hamda birinchi bor Windows ishga tushadi [Далее]
bosiladi
12-Avtomatik
yangilanishni yoqish ni so`raydi. 13- Yangi
foydalanuvchini tashkil qilish uchun unga nom beriladi:
14. Va
nihoyat foydalanuvchi ish stoli ishga tushadi:
Foydalanilgan adabiyotlar: |