Barcha TV orqali yulduzlarning chiroyli chiqishlarini ko`rishadi va
chiroyli so`zlarini tinglashadi. Ammo hayotda-chi? Ularning turli
injiqliklari-yu, g`alati odatlari borligini bilamizmi? Yo`q! Ichkarida
yulduzlarning mana shu odatlari to`g`risida hikoya qilamiz... Yulduz
Usmonova. Bilasiz, yulduzimiz jaydari, o‘z hayotiy qoidalarini
o‘zgartirmaydigan qat’iyatli ayol. Hatto, qachondan buyon poytaxtga
ko‘chib kelib yashayotgan bo‘lsa-da, farg‘onacha shevasini saqlab
qolgan.
Tashqi ko‘rinishini tez-tez o‘zgartirib tursa-da, tirnoq
o‘stirganini ko‘rmaganmiz. Katta sahnalarda kamdan-kam holatda yasama
tirnoqda ko‘rish mumkin.
Rayhon. Bu qiz turli-tuman, antiqa
taqinchoqlarga o‘ch. Tabiatan injiq, o‘ziga nisbatan o‘ta e’tiborli.
So‘nggi ikki yil davomida qo‘ng‘iroq sochlarini tez-tez o‘zgartirib,
tekislattirdi.
Sevara Nazarxon. O‘ta oddiy, kiyinish madaniyati
ham o‘zgacha. Noan’anaviy narsalarni yaxshi ko‘radi. Bir paytlar qoshiga
munchoq taqqandi. Doimiy odati: umuman tirnoq o‘stirmaydi, lak ham
surtmaydi. Hammavaqt bosh barmog‘iga uzuk taqqaniga ko‘zingiz tushadi.
Madina Muxtorova - eng injiq aktrisa. Tanqiddan yiroq, maqtovga o‘ch.
Shuhrat Qayumov. Nozikta’b inson. Qayerga bormasin, o‘zi bilan birga
kerakli jihozlari jamlangan qutisi hamda konsertbop libosini ko‘tarib
yuradi.