Har
bir san'atkor uchun yakkaxon konsert dasturni taqdim qilish ijodkor
mexnatlarining sarxisobi bo'la oladi deyish mumkin. Bu tashabbusni
amalga oshirish uchun esa aniq belgilangan vaqt oralig'idagi izlanish
kerak bo'ladi.
Ijod qilish oson ish
emasligi turgan gap. Ammo uni yuzaga chiqarish ham mashaqqatning
o'zginasi deyish mumkin. Ziyoda esa nafaqat yaxshigina xonanda balki
jonkuyar prodyusser bo'lishga ham axd qilgan shekilli. Nima ham derdik,
qat'iy qarorlar qat'iy muvaffaqiyatlar garoviga aylanar balki.
Ayniqsa
shaxsiy avtomobillarda xarakatlanayotganimizda radio murruvatlarini
extiyotkorlik bilan moslashtiramiz. Shunda bir to'lqinda kuy taralsa
yana birida boshlovchining burro-burro qilib so'zlayotgani quloqqa
chalinadi. Shunday paytlar bo'ladiki siz kuyni emas biri ikkinchisini
takrorlamas jumlalarni eshitishni afzal ko'rasiz. Yaqin orada sevimli
qaxramonimizning xush ovozi esa yangi yo'nalishdagi qo'shiqlarnigina
emas kutilmagan xabarlarnida taqdim qiladigan ko'rinadi.
Oliy
o'quv yurtida taxsil olish uchun uzoq yillar ter to'kishimizga to'g'ri
keladi. Unga erishganimizda esa maqsadalrimiz soni yana bir karra
ortganini sezamiz. Ammo sevimli xonandamiz bu imkoniyatlardan bosh
tortgani tajjublanarli.
Klipning ta'sirli chiqishida ijroning
o'zi kamlik qilishini yaxshi bilamiz. Buni anglagan ijodkorimiz
kliplardagi barcha liboslarni o'zi yaratishga bel bog'lagani chindan ham
xayratlanarli.
Ijodiy parvozni qo'ldan boy bermay kelayotgan mexmonimiz buni qarankki, samolyot orqali kechadigan parvozdan qo'rqar emish.