0
Sayt minyusi
© Bosh sahifa
© Forum
© Tanishuv  
© Chat
© MP3 kochirish
© Kliplar
© Foto
© Kinolar bolimi
© Sherlar
© Reklama quying
© Onlayin uyinlar
© Saytimiz haqida
© Bizbilan aloqa
© (SavolJavob)
© Rosiya Tv
©Tv va Radiyo
© Yangilik kiritish
© Kichik igra
© Mp3 kochirish
© Perevod
Bo'limlar
Индийские / Hindcha
Узбек / O'zbek Kino
Документ / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Знакомства / Tanishuv
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
sarguzashtli/kino
MP3 KOCHIRISH
KLIPLAR KOCHIRISH
TELEFON IGRALARI
YULDUZLAR XAQIDA
TURMUSH CHORARAXALARI
ERTAKLAR
OILA (ERKAK)
OILA (AYOL)
OILA (BOLAKAY)
TOPISHMOQLAR
Ayol va go'zallik
To'g'ri va foydali ovqatlanish
SHOU-BIZNES
SEVGI
SHERLAR
Мини-чат
Наш опрос
Portalimizni kimdan eshitdingiz?
Всего ответов: 53
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHONLAR 1
SAYT AZOLARI 0
Suratlar

Главная » 2011 » mart » 30 » Sardor Rahimxon (xaqida 100% malumodlar)


23:05
Sardor Rahimxon (xaqida 100% malumodlar)
Asl ismim Sanjar Rahimov. Men 1981 yil 3 sentyabr kuni soat 5:00da Toshkent shahrida joylashgan tug'uruqxonalarning birida tavallud topdim. Ko'pchilikka qiziq bo'lishi tabiiy: Sador Rahimxonning asl kelib chiqishi qayerlik? Men, qolaversa ota-onam ham asli Toshkentlikmiz.


Yunus-obod tumanida joylashgan 150 o'rta maktabni 1998 yil tamomladim. Maktab yillarim juda qiziq hamda esda qolarli voqealarga boy bo'lib o'tdi. Bir voqea yodimga tushdi, maktabga borgim kelmagan paytlarda ertalab maktabga ketdim, deb uyimizdagi katta shkafni ichiga berkinib olardimda, hamma ishga ketgandan so'ng chiqib, to'plagan pullarimga do'kondan borib har xil shirinliklar va yaxna ichimliklar sotib olib, bayram qilar edim. Ochig'ini aytsam, qo'shnilar mendan bezor edi. Maktab chog'lari yon qo'shnimizni bog'ini yoqib yuborgan, yoki yerto'lamizni suv bilan to'ldirib qo'ygan, gilamni ustiga dazmolni qo'yib, uni teshib qo'ygan paytlarim ham bo'lgan. Biroq, maktabda baholarim a'lo edi. Albatta ilk muhabbat ham o'sha davrga to'g'ri keladi. Dastlab, matematika darsida doskaga chiqib, masalani javobini bila olmay turganimda Gulnora ismli sinfdoshim qo'rqmay javobni qog'ozga yozib menga olib chiqib berganda, unga ko'ngil qo'ygandim. Keyinroq, Feruza ismli sinfdoshimni yaxshi ko'rganman. Bilsamki, Feruzani mendan tashqari sinfimizning naqd yarimi yaxshi ko'rar ekan. Yana bir esda qolarli voqea so'nggi qo'ng'iroq kuni sinfdosh qizlardan ikkisi menga sevgi izhor qilgan edi. Maktabda eng yaqin o'rtog'im Dilshod edi. Afsuski, 9 sinfdan so'ng, u boshqa maktabga o'tib ketgan. Maktabni bitirgunimga qadar uni o'rnini Aziz egalladi. Sinfdoshlardan Abror, Rahimjon, Abduvali, Malika, Dilnozalarni ko'p eslayman. Yigitlar bilan aloqa saqlanib qolgan. Choyxona deganlaridek... Ustozlarimdan Jamila opa, To'lqin aka hamda Mavluda opalarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Xullas, maktab davrimni ko'p yodga olaman.
1998 yil maktabni bitirib
, Toshkent Davlat Texnika Universitetining "Elektronika avtomatika va hisoblash texnikasi" fakultetiga shartnoma asosida o'qishga kirdim. Talabalik davrim men uchun juda sermazmun o'tdi. Chunki o'sha davrda, men "Hamroh" avtoradiosiga tanlovdan muvaffaqiyatli o'tib, ishga qabul qilingan edim. Tanlovda 850 ishtirokchi qatnashgan bo'lsa, ulardan 10tasi efir boshlovchisi lavozimiga qabul qilingan edi. Afsuski, "Hamroh"da bir marotaba efirga chiqib, boshqa radioga, ya'ni "Sezam"ga o'tib ketishga majbur bo'lganman. O'zbekchilik, tanish-bilishchilik degandek. "Sezam" radiosiga ishga kirishimda ustozim Nurmuhammad Isroilov hamda Qizlarxon Xo'jaevalarning xizmati katta bo'lgan. FM 105,4 to'lqinida Sardorbek Rahimov ovozi jaranglay boshladi. "Alibobo va 40ta tabriklar", "Yangi tong", "Sog'inib keldim", "Yaxshi niyat" kabi bir necha o'nlab eshittirishlarni efirga olib chiqdim. Darvoqe, shu orada "TV-Tarona" nomli yangi telekanal ochilishi haqida ma'lumot olgach, u yerdagi kastingda ham qatnashdim va muvaffaqiyatli o'tdim. Nimadir bo'ldi-yu, yana o'sha tanish-bilishchilik sabab radio bilan cheklanib qoldim. "Sezam" orqali Mansur aka, Mirsaid, Jahongir.uz kabi ijodkor do'stlarimni uchratdim. 2002 yil Jahongir.uz bilan sinov tariqasida mening ilk xonandalik ishim bo'lmish "Favvora" taronasini yaratib, aynan "Sezam" radiosi to'lqinlari orqali efirga uzatdik. Undan so'ng "Baxtliman", "Hayolimda", "Kechmish", "Adoman" kabi qo'shiqlar yaratildi. Albatta har birida o'ziga hos kamchiliklar bor edi. Bularni men o'zim sezardim. Keyingi qo'shiqlarimda bu kamchiliklarni qaytarmaslikka harakat qilganman. Radio orqali men ko'pgina san'atkorlar bilan tanishdim, maslahat oldim, shogird bo'ldim. Bularni natijasi o'laroq "Ishonmasman" taronasi yaratildi. Bu 2005 yil edi. Bu haqda keyinroq.
Radioga ham, xonandalikka ham oilam dastlab qarshi bo'lishgan.
Chunki, bizni oilamizda ham, avlodimizda ham san'atkorlar bo'lmagan. Qolaversa, san'at olami nechog'li mashaqqatli ekanini bila turib, ota-onam meni asrash maqsadida ham shu yo'ldan borishgan. Ilk muvaffaqiyatlarni ko'rgandan so'ng ota-onam meni orzu-istaklarim bilan ko'nikishdi. Ular asli meni diplomat yoki olim yoki yana organ xodimi bo'lishimni juda xohlashgan edi. Men esa hamisha erkin qushman! "Sezam" radiosida ikki yil ijod qilgandan so'ng o'z xohishim bilan yangi ochilgan FM 88,4 "Navro'z" radiosiga ishga o'tdim. Bu borada qo'shiqchi, shoira Shahnoz katta yordam bergan. Esimda "Navro'z"da ilk yangragan ovoz meni ovozim edi. "Navro'z" men uchun katta sinov va maktab vazifasini o'tadi. Bu yerda men ham radio, ham san'at olami professionallari bilan yuzma-yuz keldim. Radio bosh muxarriri Abror aka Imomxo'jaev va hamkasb do'stlarimning ko'pchiligidan ko'p narsa o'rgandim. Bu go'sha meni ikkinchi uyim bo'lib qolgan edi. Gohida ko'z yosh bilan u paytlarni eslayman. Hatto, eng yaqin do'stim Ulug'bek Rahmatullaevni ham o'sha paytda uchratganman. 
2002 yil Alpomish saroyida bo'lib o'tgan "Dilfuz-shou" konsert dasturida Ulug'bek "Yorim" qo'shig'i bilan, men esa "Adoman" qo'shig'im bilan qatnashgan edik.
O'shanda Ulug'bek bilan tanishdik. Ulug'bek haqida keyinroq to'xtalib o'taman. "Navro'z"da faoliyat yuritayotgan kezlarim meni "Yoshlar" telekanaliga ertalabki dasturni olib borishga taklif qilishdi. Rozi bo'ldim. Bir-ikki efirga chiqdim. Keyin o'zimga yoqmay, bu ishimni to'xtatib turdim. Ko'p o'tmay "O'zbekiston" telekanalidagi "Intelektual ring" ko'rsatuviga ishga taklif qilishdi. Ko'rsatuv o'zimga yoqqani uchun rozi bo'ldim. Bir yildan oshiq, ushbu ko'rsatuvda teleboshlovchilik qildim. Bu ham men uchun kamera oldidagi maktab vazifasini o'tadi. "Navro'z"da esa ijod televidenie bilan hamohang tarzda jo'shqin davom etardi. "Navro'z" radiosida "Sevishganlar", "Muborak bo'lsin", "Ikki dil bayoni", "Sirdosh", "Do'st", "Sokin qirg'oqlar" kabi bir necha o'nlab mualliflik dasturlarini efirga olib chiqdim. Darvoqe, o'sha paytda "Navro'z" radiosi bilan birgalikda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati "Oltin ovoz" nomli yulduzlar fabrikasi tanlovini e'lon qilishdi. Men ham qatnashib, u yerga qabul qilindim. Fahrli birinchi o'rinni egalladim. Ko'p narsani o'rgandim deya olmaymanu, lekin shu tanlov sabab ustozim Iqbol aka Muhammadjonovni uchratdim. Albatta bu insonni meni ijodimdagi hissalari nechog'li katta ekanligi sizga ma'lum. "Navro'z" radiosidagi faoliyatim ikki yildan so'ng o'zining nihoyasiga yetdi. Ochig'i, "Navro'z"dan ketishim juda og'ir kechdi. Ko'nikishim qiyin bo'ldi. Chunki, mikrofonga, u yerdagi hamkasblarim, muxlislarimga juda o'rganib qolgandim. Xullas, "Oriat-dono" radiosiga ishga o'tdim. Uch oy bu radioni noni yegandan so'ng, radioboshlovchilik hamda teleboshlovchilik faoliyatimga yakun yasashga qaror qildim.
2005 yil oxirida "Ishonmasman" taronasi orqali xonandalik faoliyatimni jiddiy boshladim.
Boshida juda qiyin bo'ldi, moliyaviy masalalar deysizmi, tanish-bilish... menda har ikkisi ham yo'q edi. Faqat o'zimga va yaqinlarimga ishonishim mumkin edi. Bu davrda do'stim Ulug'bek menga mustahkam suyanchiq bo'ldi. Allohga shukurki, yuzim yorug' bo'lib, "Ishonmasman" qo'shig'i ishonmagan ishonchimni oqladi. Shu qo'shiq tufayli 2006 yil "Tarona taqdimoti" marosimida "Musiqada yil yangiligi" yo'nalishi bo'yicha taqdirlandim. Bu paytdagi hursandchiligim va hayajonim cheksiz edi. Ketidan "Sen meni sevasanmi", ya'ni "SMS" kinofilmida bosh rolni ijro etdim. Bir necha o'nlab yangi qo'shiqlar yaratdim va 2006 yil avgust oyida O'zbekiston Respublikasi prezidentining "Nihol" mukofotiga loyiq deb topildim. Mukofotlar men uchun ilhom manbayi vazifasini o'tadi. Qolaversa, ota-onam meni muvaffaqiyatlarimni ko'rib, menga ko'proq ishona boshladilar. Tabiiyki, hammasi bir tekisda, yaxshi emasdi. Ya'ni, nohaq tuhmatlar ko'rolmasliklar, ig'vo gaplar, oyoqqa bolta urishlar... bularning hammasi bor edi. Faqat men ularni gapirgim kelmaydi. Xudo hammaga insof bersin!
2006 yil so'ngida men o'zim umuman kutmagan holatda "M&TV Music Awards" taqdimot marosimida "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" yo'nalishi bo'yicha taqdirlandim. Nazarimda, bunga "Arazingiz" taronasi sabab bo'lgan.

Imkoniyatdan foydalanib, men hayotimda, ijodimda ahamiyatga ega bo'lgan insonlarni eslab o'tmoqchiman. Bular: Nasiba Abdullaeva, O'lmas Olloberganov, Ozodbek Nazarbekov, G'iyos Boytoev, Ravshan Komilov, Yulduz Usmonova, Mirzabek Holmedov, Saidazim Murodxonov, Jahongir.uz, Jasur Badalboev, Farhod Saidov, Toir Asqar va yana ko'pgina menga mehnati hamda mehri ketgan insonlar. Kimni yoddan chiqargan bo'lsam, hafa bo'lmasliklarini iltimos qilaman.
Hayotda o'zimni tutib olishimda Oybek aka Alievni hissasi katta.
Ular menga o'zimni topishimda va kelayotgan sinovlardan qo'rqmasligimda katta o'rin tutdilar. Ularni juda hurmat qilaman va qadrlayman. Qolaversa, "Zamin FM" radiosi, "Terra Group" kompaniyasi menga mustahkam suyanchiq, o'z o'rnida hamma radiostantsiyalar, telekanallar, gazeta-jurnallar, internet saytlari qo'ldan kelgancha dalda bo'lib turishadi. 
Endi ustozimga ozgina to'xtalmoqchiman, ko'p jabhalarda men ustozimga o'xshagim keladi. Ularga havas qilaman. Ham odamiylik, ham iste'dod, ham iymon tomonlama ular menga hamisha o'rnaklar. Men ularga, o'zimga nimaiki yaxshilik tilasam shuni tilayman. U inson Iqbol aka Muhammadjonov.
Do'stim: Ulug'bek Rahmatullaev - u meni eng yaqinim, sirdoshim, suyanchig'im.
Bizni oramizda raqobat yoki ko'rolmaslik yo'q. Allohga shukurki, shu kunga qadar odamlarni noo'rin tuhmatlarini yolg'on ekanligini isbotlab kelyapmiz. Men u bilan fahrlanaman. U bir so'z bilan aytganda haqiqiy do'st. Uni o'rnini hech kim bosolmaydi.
Bulardan tashqari sizga notanish, lekin men uchun ahamiyatli juda ko'p qadrdonlarim bor. Ular sabab men qiyinchilikdan oson, zahmatlardan omon chiqaman. Hammalarini yaxshi ko'raman. 
Endi oilamga to'xtalsam
, oilam mening muqaddas dargohim. Bu haqda ko'p ham gapirgim kelmaydi. Chunki bu mening shaxsiy hayotim. 
Otam - Mirahmad aka Rahimov,
juda mehribon va sahiy inson. Bu qadar bag'ri kenglik va sahiylikni men boshqa uchratmasam kerak. 
Onam - Marg'uba opa Rahimova
, men uchun hammadan ko'p qayg'uradigan, irodasi mustahkam, juda mehribon va oqila ona. Meni har vaqt tushunadigan va men tomon bo'ladigan inson.
Akam - Anvar Rahimov,
juda oddiy va juda aqlli inson.
Ukam - Nodir Rahimov,
hamisha yonimda va men fahrlanadigan, suyanadigan inson.
Kelin oyim - Dilbar Rahimova,
pazanda va juda ibratli kelin.
Jiyanim - Mavzurxon Rahimov,
uyimiz quvonchi va baxti. 
Gapirsam gap ko'p. Hayotim ham qiziqarli voqealarga, dardu-hasrat, quvonch va baxtga to'la. Men hamisha o'zimga va iymonimga suyanganman. Bilamanki, hayotda hech narsa tasodifiy emas. Bir narsaga, biror narsa sabab bo'ladi. Ertangi kun bugundanda nurli bo'lishiga ishonaman. Aniqki, siz o'zingizga ne yaxshilikni tilasangiz, atrodagilarga ham shuni ravo ko'rsangiz, Alloh sizga baxtingizni beradi.
Men uchun qo'shiq bu suv va havo, hayot demakdir.
U orqali men dilimdagini oshkor aytaman. Agar san'atim orqali sizga ozmi-ko'pmi mehr ulashayotgan bo'lsam men maqsadimga yetdim.

 

 

 

Sardor Rahimxon bilan intervyu

- Sardor, "Ishonmasman” qo’shig’ingiz qisqa vaqt ichida el og’ziga tushdi. Qo’shig’ingizning shu darajada hit bo’lishini kutganmidingiz?
- Yo’q, kutmagan edim. Lekin shunday bo’lishini juda ham xohlaganman. Orzu qilganman. Bu, balki, o’sha 9 oy davomida qilingan mehnatning, ehtimol, o’z ishining ustalari(Oxunjon Hakimov sh’eri, Iqbol Muhammadjonov musiqasi, Jakhongir.uz aranjirovkasi) qilgan mehnatning samarasidir. Chunki, o’ylashimcha, qo’shiqning muvaffaqiyatli bo’lishiga birgina xonandaning mehnati kifoya emas. Qo’shiq butun bir ijodiy guruhning yakdilligi mevasidir.
- Bu qo’shiq 2005 yil yanvar oyida tayyor bo’lgan ekan. Nega qo’shiq premerasi bu qadar cho’zilib ketdi?

- Bu menga bog’liq bo’lmagan ba’zi sabablarga borib taqaladi. Bularni aytib o’tirishim shart emas. Lekin shu o’tgan muddat faqat mening foydamga hal bo’ldi, deb o’ylayman. Boisi, mana shu vaqt mobaynida xatolarim ustida ishladim. "Ishonmasman” qo’shig’ining nolasini o’zimga singdirishga, yurakka joylashga harakat qildim. Bu esa qo’shiq muvaffaqiyatiga poydevor bo’ldi.
- "Ishonmasman” yangradi-yu, Sardor Rahimxon kerakli odam bo’lib qoldi. Avvallari sizni tan olmagan insonlar ham hozir atrofingizda…

- Bu narsani men tabiiy holat deb bilaman. Va bu narsa vaqtinchalik ekanini ham tushunaman. Bugungi mashhurligimdan kelib chiqib, ertangi kunimni belgilamayman. Chunki bu o’tkinchi! Har doim ham bu darajadagi hit qo’shiqlar yaratavermasligimni ham bilaman. Odamlar e’tiborida ekanman, har bir qadamimni o’ylab bosishim, muxlislarim ishonchini oqlashim, ular mendan kutayotganlarini qo’ldan kelgancha yetkazib berishim kerakligini ham tushunib turibman.
- "Vodiy sadosi” radiosining "Milliy hit-parad” dasturida besh hafta peshqadamlik qilibsiz, bu tahsinga loyiq, albatta. Lekin "Sardor Rahimxon hit-paradlarda g’olib bo’lish uchun tanish-bilishlarini ishga solar ekan”, degan gaplar ham yuribdi. Siz bunga qanday qaraysiz?

- Shirin G’ofurova bilan shu hit-paradda birinchi o’rinni egallaganimdan so’ng tanishdim. Qolaversa, bu hit-paraddagi SMSlar butun O’zbekiston bo’yicha qabul qilinadi. Bilishimcha, menga yo’llangan SMS ovozlarning 95%i viloyatlardan ekan. Demak, hech qanday tanish-bilishchilikka o’rin yo’q. Toshkentlik bo’lganim uchun ham bu meni juda quvontiradi. Ayniqsa, Vodiyda "Ishonmasman” qo’shig’i "Yil qo’shig’i” deb tan olinganida boshim osmonga yetdi.
- "Ishonmasman” taronasining klipi qo’shiq ommalashib ketganidan so’ng suratga olindi. Demak, qo’shiq muvaffaqiyati klipga bog’liq emas ekan-da?

- Ha, to’g’ri! Boshida klipni suratga olishga mablag’im bo’lmadi. Aslida niyatim qo’shiq va klipni bir vaqtda ham radio, ham TVga berish edi. Qo’shiq muvaffaqiyati klipda, reklama uchun sarf qilingan pulda yoki tanish-bilishda emasligini endi tushunib yetdim.
- SMS… Bu atama sizga boshqalardan ko’ra ko’proq mazmunni anglatadi chog’i?

-Albatta. Men suratga tushayotgan kinofilmning qisqacha nomi ham – "SMS” ("Sen meni sevasanmi?”). Filmda bosh rolni ijro etyapman. Bu kinoda suratga tushishimning asosiy sababi, bu scenariy va professional suratga olish guruhi yig’ilganligi. Film iste’dodli aktyor Sohib Abbosxonning ilk rejissorlik ishi. Bilmadim, bu qarorim qanchalik to’g’ri bo’ldi. Lekin shu paytgacha menga hech pand bermagan yuragimga quloq soldim. Albatta men professional aktyor emasman. Ammo hammasi yaxshi bo’lishi uchun bor kuchimni ishga solyapman. Aytmoqchi, muxlislarlarim intizorlik bilan kutgan yangi qo’shiqlarim ham aynan shu filmda ikkita asosiy saundtrk bo’lib yangraydi.
- Filmning voqeliklariga ham ozgina to’xtalib o’tsangiz…

- Qahramonimning ismi – Baxtiyor. Kinoning asosiy g’oyasi muhabbat, do’stlik, xiyonat, vafo, sodiqlik, sotqinlik, va ona mehri. Albatta suratga olish jarayonida menga o’z ishining ustalari bo’lgan aktyorlar, jumladan, Saida Rametova yordam beryaptilar. Kino bu qadar qiyin va mashaqqatli ish ekanligini men endi his qilyapman. Bir yarim soat ichida ko’z oldimizdan o’tib ketadigan voqea-hodisalar aslida juda katta umidlar, ijodiy guruh, mablag’ va mehnatning samarasi ekanligini biz oddiy tomoshabinlar bilmas ekanmiz. Yoshligimda o’zimni aktyorlikda sinab ko’raman, deb orzu qilganman. Xudodan so’rayman, bu qadam ham qutlug’ bo’lsin.
- "Tarona-2006”da nomzodgina bo’lib qolib ketishdan cho’chimadingizmi?

- Men bu mukofotni olmaslikka tayyor edim. Albatta niyat qilganman olishni. Biroq bu bo’lmay qolsa, bu men uchun hayot va mamot masalasi emas edi. Chuki, bu narsani men emas, balki, xalqning fikri va hay’at a’zolarining ovozi hal qiladi. Men ularga ishonardim. Qolaversa, muxlislarim mehr-muhabbatiga…
- Mana siz san’atga kirib keldingiz. Odamlarga bo’lgan fikringiz-munosabatingiz o’zgarmadimi? Umuman o’zingizda biror narsa o’zgarganini his etdnigizmi?

- Birinchi navbatda borimni qadrlashga o’rganyapman. Oilam, yaqinlarim qanchalik menga kerak ekanliklarini his qilyapman. Odam qanchalar tuban va naqadar buyuk bo’lishlari mumkin ekanligini ham ko’rmoqdaman. Shukurki, oxir-oqibat, hammasi yaxshilik bilan tugaydi. Asosiysi, ko’ngilni pok qilish kerak ekan. Sevishdan, atrofdagilarga ezgulikni ravo ko’rishdan cho’chimaslik kerak.
- Bugun "Ishonmasman”ni tinglashyapti. Ertagachi? Birdaniga ko’tarilgan reytingiz kutilmaganda tushib ketishidan cho’chimaysizmi?

- Yo’q, shunday bo’lmasligi uchun astoydil, g’ayrat bilan yangi qo’shiqlar tayyorlayapman. Ozmi-ko’pmi muxlislarim, yaqinlarim bor. Ular meni qo’llab turishadi. Ularning borligi menga intilish va ilhom bag’ishlaydi.
- Yaxshi kunlaringiz uchun kimda minnatdorsiz?

- Meni voyaga yetkazgan ota-onamdan, men uchun jonini ham berishga tayyor bo’lib turgan do’stim Ulug’bekdan, menga otamdek bo’lib qolgan Oybek aka Alievdan, o’zlarining beminnat yordamlarini ayamayotgan Feruza opa Nodirovadan, "Pan Terra Studio”dan, meni baxtli ko’rishni istayotgan har bir odamdan va meni yashash uchun undayotgan g’animlarimdan…


Категория: YULDUZLAR XAQIDA |
Просмотров: 1191 |
Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 kamol togaev  
0
raxmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirsh/Chiqish

Гость !



Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!

Kinolar
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
Suratlar