|
|
|
|
В категории сайтов: 15 Показано сайтов: 1-15 |
|
Сортировать по:
kun ·
ismi ·
Рейтингу ·
Переходам
Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim seni, Yuragim ezardi yolg'iz shu xadik, Shu qo'rquv ta'qib etardi meni Shu sabab ko'zingga boqolmasdim tik...
Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim juda, Afsuski qo'rqqanim bo'ldi-ku sodir. Afsuslarim endi bekor-bexuda, Sevmoqdan o'zgaga emasdim qodir...
Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim yomon, O'sha kun ketding-u kelmading qaytib... Ko'z yoshlarim bo'lib bir ummon, Dod solib yig'ladim, Dardimni aytib...
Balki yo'qotishdan qo'rqqanim uchun, Bu taqdir menga xam qildim-u xazil... Sensiz bo'lmas bu baxtim butun, Men seni kutaman, Azizim Qaytgil...
Seni yo'qotishdan qo'rqardim juda...
06.12.2007 yil. Djulyetta...
SHERLAR |
Переходов: 493
| Добавил: Yo'qotishdan qo'rqardim...
| Дата: 19.02.2011
|
Dard alamli kunlarim sensiz kundan boshlandi,
G'amga to'la ko'zlarim seni ko'rmay yoshlandi.
Sendan qolgan xotira yuragimni ezardi,
Vayron bo'lgan pok qalbim yo'qligini sezardi.
Esingdami ilk bora senga aytgan so'zlarim,
Uyalganman o'shanda olib qochib ko'zlarim.
Endi eslash be foyda o'tib ketgan kunlarni,
Kechalari uhlamay birga o'tgan tunlarni.
Ortga qaytsa bu kunlar seni yana o'rardim ,
Uyalmasdim endi men ismingni ham so'rardim.
Qarar edim ko'zinga qo'yvormasdim qo'llaring,
Tinch qo'ymasdim hech qachon poylar edim yo'llaring........
AFTOR:LUCKY LOVER.....MY NEW POEM
SHERLAR |
Переходов: 447
| Добавил: Esingdami ilk bora senga aytgan so'
| Дата: 19.02.2011
|
YURAKKA O'T SOLMASA,
YONMASA, YONDIRMASA,XOTIRAGA QOLMASABU SEVGI KIMGA KERAK.TONG KO'ZIGA KELIB YOSH,TOG'-TOSHLARGA URIB BOSH,CHIQIB KELMASA QUYOSH...BU DIYDOR KIMGA KERAK.AYRILIQ KUN, TOSH-HIJRON,DARDING BO'YLAGAN OSMON,BO'LMASA GAR BIR ARMON,BU SOG'INCH KIMGA KERAK.OG'IR KUNING...OG'RIR DIL,KO'RSATMAYIN TO'G'RI YO'LGAR BERMASA SENGGA QO'L,BUNDAY DO'ST KIMGA KERAK.
SHERLAR |
Переходов: 438
| Добавил: YURAKKA O'T SOLMASA,
| Дата: 19.02.2011
|
Taqdirimga yozilgan yurak Ketmoqdaman sendan yiroqlab Ayriliqni sezib oldindan Notinch ura boshladi yurak
Bevafo deb ayblama meni Ixtiyorim ozimda emas Oz bolsada mening sozimga Ota onam quloq xam solmas
Bilib qolib seni sevganim Azobladi xorladi meni kozlarimda daryo boldi yosh Sevganingdan kechgin dedilar
Jondan kechdim xayotdan kechdim Pok sevgiyu yurakdan kechdim Kechir meni kechir sevgilim Pok sevgimiz asrey olmadim
SHERLAR |
Переходов: 463
| Добавил: Bevafo deb ayblama meni...
| Дата: 19.02.2011
|
Sog'inch qo'llarin tutib ketmoqda,Armon o'z domiga Yutib ketmoqda,Yuzlarin berkitib, Yig'lagan ko'yi,Yo'l chetida bir qiz ketmoqda...Alamdan oqarib ketgandir yuzlarYig'layverib qizargan ko'zlar,Lablar esa alamdan so'zlar,Yo'l chetida bir qiz ketmoqda...Taqdirdan kuyib,Sevgidan Nolib,Alamdan To'yib,gox o'yga tolib,BEVAFO sevgilin, kuylarga solib,Yo'l chetida bir qiz Ketmoqda....
SHERLAR |
Переходов: 396
| Добавил: Yo'L Chetidagi QiZ
| Дата: 19.02.2011
|
Muhabbat chin bo'lsa, ko'rsatsin kuchin,
Ayt, jonim, sen meni aldading nechun? Sen menga xiyonat qilganing uchun, Men sendan umidim uzdim, sevgilim! Mening sevgimga zavqlanib kulding, Sevmasang, ayt, nechun qo'lingni berding, Umid qilma mendan ...jon, deding, Mayli umidimni uzdim, sevgilim! Sevgidan gapirsam, kungling qoladi, Ilk muhabbat o'tkinchi havas bo'ladi, Keyingi sevgi ham unutiladi, Sendan umidimni uzdim, sevgilim! Men ilk muhabbatim unutgan kabi Seni ham unutarman hayotda balki. Unut bo'lar insonga omadsiz sevgi, Men sendan umidim uzdim, sevgilim. Sevib bilarmikan o'zgani desam, Hali hayot oldinda, sevasan, deding. Mayli, jonim, sen shuni xohlasang agar, Sendan umidimni uzdim, sevgilim! Meni buncha baxtsiz qilsa ham, yo rabb, Kecha kunduz yolg'iz ollohdan so'rab, Men senga chin dildan buyuk baxt tilab, Sendan umidimni uzdim, sevgilim! Olloh nega meni buncha qiynadi, Yorning yuragiga sevgi bermadi, .........ga muhabbat nasib qilmadi, Men sendan umidim uzdim sevgilim!
SHERLAR |
Переходов: 394
| Добавил: So`nggan UMID
| Дата: 19.02.2011
|
Chap Yonim Og'riydi, Onajon...
Salom oyijon yana men keldim...
Xavotirlanmang, darsdan chiqib keldim. Onalar ham dadalardek havotir olishadimi bilmayman lekin, Ali "Maktabga bormasam oyimlar xavotir oladilar" degandida, o'shanga aytgandim...
O'tgan haftada o'qituvchimiz o'ng qo'limda sarimsoq, chapida piyoz deb ayttiraverib o'rgatdilar o'ngimni, chapimni.
Bilib oldim oyijon o'ngim qaysi, chapim qaysiligini...
Og'rigan yonimning qaysisi ekanini endi yaxshi bilaman, oyijon...
Esingizdami,
avval kelganimda manavi joyim og'riydi, mana-mana degandimku, lekin
baribir aytolmagandim og'rigan tomonimni...Mana qarang endi ayta
olaman. Mana shu yerim, chap tomonim yomon og'riydi, Oyijon...
Kecha
ertalab Gulini oyisi sochlarini o'rib beribdi, qo'lidan ushlab maktabga
olib keldilar. Qo'ng'iroq chalinganida peshonasidan o'pib, qani
qizalog'im sinfga dedilar...
Men bo'lsam yig'ladim, hecham uyalmadim...
O'qituvchi opa nima bo'ldi dedilar, "qulab tushdim tizzam achishyapti" dedim.
Yolg'on gapirdim oyijon, tizzam og'rimagandi lekin...Chap yonim qattiq achishib ketdi, oyijon...
Bugun men ham sochimni o'rib qo'yishlarini so'radim. Dadam o'rdilar lekin Gulinikidaqa bo'lmadi. Maktabga oboring dedim. "Qizim ishim bor" dedilar. Men bo'lsam, menga nima, ish bo'lsa...deb yana yig'ladim. "Qizim tirikchilik" dedilar. Hech nima deyolmadim, lekin maktabga borayotib yana yig'ladim, Oyijon...
Aytganday chap tomonim yana achishib og'riydi, oyijon...
Hamma qizlarni paypoqlari oppoq, meniki esa kulrang bo'p ketgan. Zaynab "Oyimlar oq va rangli kiyimlarni bo'lib yuvadilar" degandi. Dadam bo'lsa hammasini birga yuvadilar. Dadam kir yuvishni bilmasmidi, Oyijon...
Uff,
dadamlar har kuni sumkamga turshak bilan non soladilar. Xafa bo'lmasin
deb indamayman. Sinfdoshlarim esa har kuni somsa, qandolat, bo'g'irsoq
obkelishadi...
Bilaman dadam qandolat tayyorlay olmaydilar, Oyijon...
Kech bo'p
ketdi, borishim kerak. Dadam bilmaydilar qochib-qochib bu yerga
kelganimni. Bilsalar urishmaydilaru lekin hafa bo'ladilar....
Oyijon kim
sochib tashladi tuprog'ingizni, gullaringizni kim uzadi. Urishib bering
ularni, tegmasin gullaringizga. Uyga borgach esimga tushib ketsa,
bungayam yig'lab olaman, Oyijon...
Qarang
manabu idishni, tuprong'ingizdan yana bir qism olaman. Bilasizmi
oyijon, har kelganda olgan tuproqlarni shu idishga solib qo'yaman.
Ustiga esa rasmingizni yopishtirib, yostig'im yoniga qo'yib qo'yaman.
Har tong uni o'pib hidlayman.
Hech kimga aytmang, oyijon bazan gaplashib ham qo'yaman u bilan... Nima qilay, sizni juda-juda sog'indim, Oyijon...
Ha esimdan chiqay debdi, o'qituvchimiz ertaga "Ona"
haqida bir matn yozib kelinglar degandi. Men dadamga yozdiraman.
O'qituvchimiz bilib qolsalar urishadilar. Menga nima,
urishsa-urishaversin....
Men sizni hecham ko'rmaganmanku, nima deb yozaman ahir, Oyijon?....
Sizning
ismingizni eshitsam chap tomonim shunday jizzilaydiki...hech narsa
yutolmay qolaman. Bazan o'zimni ushlab turolmay, yig'lab yuboraman.
Daftarimga ham mana shunaqa deb yozolmayman-ku to'g'rimi...
Mayli men boray oyijon, tuprog'ingizni o'payin. Siz ham tushimda kelib meni o'ping, maylimi oyijon....
Albatta keling, siz tushimda kelmasangiz chap yonimning og'rig'idan uyg'onib ketaman, Oyijon....
Chap yonim achishyapti oyijon. Mana bu joyimmm, chap yonim og'riyapti oyijon...Yomon og'riyapti...
Sizni qattiq sog'indim OYIJON, qattiq...
Chap yonini unutganlarga......
Sizlarga
maslahatim esa....Ota onez hayotligida iltimos ularni qadriga yeting,
bo'lmasa o'zingiz ham bilmay qolasiz ularni qanday yo'qotib
qo'yganingizni...Ularni qidirib, duolarin olib, peshonalaridan o'payin
degan kezingizda esa....afsuski kech bo'lib ulgurgan bo'ladi...Shunday
kezda afsus toshiga boshingizni urib qolmang...Hozir yoshlik qilib o'z
sevgizni, mansabizni, balkim boshqa bir narsani ulardan ustun
ko'rarsiz, hatto ularga bir shirin so'z aytish tugul, bir dasturhon
atrofida ular bilan birga kechki ovqat qilishga vaqtizni qizg'onarsiz,
lekin shunday payti keladiki....siz ustun qo'ygan narsalar sizdan yuz
o'g'irganda faqatgina ular yonizda turadi...Hech bo'lmasa kunda ulardan
bir shirin so'zingizni ayamang....Allohim shundayin ota-ona ato
etganidan ularga shukrona ayting....
SHERLAR |
Переходов: 408
| Добавил: Chap Yonini Unutganlarga...
| Дата: 19.02.2011
|
T-unlarni tonga ulab uxlamay bedor
E-rtadan kechgacha sizni kutguvchi
L-axzalarni sanab, sanab birma-bir
B-edorlik alamin ichga yutguvchi
A-zizim telbangiz o'zim bo'laman
N-igohlarin sizga qaratmay birbor
G-unohkordek yonizda mayus turguvchi
I-zlaringiz izlab yeru samodan
Z-ulmatga xam siz bilan birga borguvchi
M-ayuskina telbangiz o'zim bo'laman
A-jralsa gar sizdan bir zumga
N-ozik niholdayin asta so'lguvchi
M-uxabbatin asrab qalbin tubida
E-erkalanib sizga qalbin yorguvchi
N-ODIR aka telbangiz GULLOLA bo'laman
SHERLAR |
Переходов: 413
| Добавил: Telbangizmanmen
| Дата: 19.02.2011
|
Sog'inasan sog'indim deb aytolmaysan,
Sevasanu uni izhor etolmaysan. Ko'nglingda nimalar bor? Tutasan pinhon. Gar yashirsang muhabbatga yetolmaysan. Qizg'onasan o'zgalardan suratin ham, Aytging kelmas begonaga na ismini ham. Ayyorgina yoqimtoying bilib tanho, O'ylamasang ololmaysan tunda tin ham. So'zlashsa gar o'zgalarla, rashking kelar, "Qizg'onaman men hammadan" - aytging kelar. Paydo bo'lsa kalima ham kelmas tilga, Loqal bir bor qo'llaridan tuting kelar. U malika o'zingnichi bilding g'arib, Va shuncha payt oshiq bo'lding diling og'rib. Birov ilib ketmasidan uni shartta, Indamay guling ber yoniga borib... Orzu sari ilk qadamni tashlash kerash...
SHERLAR |
Переходов: 434
| Добавил: Sog'inasan lek aytmaysan...
| Дата: 19.02.2011
|
Bu tuyg'u shu qadar sog'inchli-ki.... Azizam sani sog'indim... Qachon kelar ekan o'sha kun?! Sani ko'rish umrimning qaysi bahtiyor kuniga nasib etar ekan?! Yuragimga cheksiz alam mani shu kuyga soldi. Qulimga qalam ushlashga majbur etdi. Bu alam sanga bo'lgan sog'inch emasmikan,azizam?! Kumush qishning sokin oqshomida ko'kda tulin oy va sanoqsiz yulduzlarga boqib ,sani so'radim Ular ham sanga uhshaydi. Guyo qalbimdagi sog'inchni yanada alanga oldirish uchun lom-mim demaydi. Axir bu bag'ritoshlik emasmi?! Diydoringni sog'indim... Hozir qayerdasan, nimalar qilyapsan, man sani uylaganimdek, san ham mani uylayapsanmi? Balki san shundoqqina yonginamdadirsan....Ayni damda yuragim bir lahzalik bo'lsa ham manga atalgan tabassuminga zor. Man kutaman sani , ha kutaman. san albatta , bir kuni hayotimga shirin orzular ruyobi kabi kirib kelasan. man ana shu uchun yashayapman. San albatta kelasan. Man bunga ishonaman!!!!!
SHERLAR |
Переходов: 418
| Добавил: Qalbim sanga intizor....
| Дата: 19.02.2011
|
Нелардандир юрак бўлиб ғаш
ҳам эгилиб, бу эгилмас бош
Кўзларимда қалқиб турса ёш
Бу ҳолимга беролмай бардош
Далда бериб отам йиғлайди
Муштипарим онам йиғлайди
Қолганлари ёлғон йиғлайди.
Қайтар бўлсам қуруқ қўл овдан
Қора қозон қолса қайновдан
ҳам айрилиб отдан уловдан
Қарзга ботар бўлсам бировдан.
Таскин бериб отам йиғлайди,
ҳам волидам онам йиғлайди
Қолганлари ёлғон йиғлайди.
Синалмоқнинг гали келганда
Ноҳақ мағлуб бўлсам майдонда
Номим қолмас бўлса жаҳонда
Дўст – душманлар билинар онда
Аҳволимга отам йиғлайди
Бағрин тилиб онам йиғлайди
Қолганлари ёлғон йиғлайди.
Ғаним бир ён, мен бир ён бўлсам
У устивор мен урён бўлсам
Вужудимга солмасдан ваҳм
Қабул айлаб тавалло - оним
Дариғ тутма меҳринг Илоҳим
Кароматинг кўрсат Аллоҳим
Йиғлатмагин ёлғизларимни
Қондошларим азизларимни. Шамсуддин Ҳакимзода Shu insonning qalamiga mansub bu she'r qalbimni Titratdi... Shu sabab silaga Taqdim etdim.
SHERLAR |
Переходов: 354
| Добавил: Qolganlari Yolg'on Yig'laydi...
| Дата: 19.02.2011
|
Dunyoda haqiqiy inson qoldimi, Bir birin ko'ksidan itarar bari. Boylik odamlarning aqlin oldimi, Hayvondan o'tolmay aqllari nari.
Ko'rsating bo'lsa chinakam inson, Qalbida rosttakam muhabbat oshkor. Pul va boylik uchun sig'inmay vijdon, Yo'q bundaylar izlamang bekor.
Yozganlar joynamoz ibodat uchun, Allohga murojot etar -"davlat ber". Ey inson bu dunyo davlandmand uchun, U dunyoda faqirlar -"mana jannat der".
Mayli bo'l boy hamda badavlat, Yodingdan chiqarma sinovli bu yo'l. Jannatmi do'zahmi olmosing axlat, Endi yordamga o't - savob qilgin mo'l.
SHERLAR |
Переходов: 367
| Добавил: Dunyoda haqiqiy inson qoldimi
| Дата: 19.02.2011
|
Yuzimga tomchilab yog'ardi yomg'ir, Ichimda dardlarim bilardi yomg'ir, Tosh qotgan yurakni o'yardi yomg'ir, Shu yomg'ir ostida abadiy qolsam Yig'larmisiz, azizim, dunyodan ketsam?! G'amimga qo'shilib yig'lardi yomg'ir, Eskirgan alamim tig'lardi yomg'ir, Ko'zdagi yoshlarim ilg'ardi yomg'ir, Shu yomg'ir ostida abadiy qolsam Yig'larmisiz, azizim, dunyodan ketsam?! Menga achinish-la boqardi yomg'ir, Yoshlarimga qo'shilib oqardi yomg'ir, Yanayam qattiqroq yog'ardi yomg'ir, Shu yomg'ir ostida abadiy qolsam Yig'larmisiz, azizim, dunyodan ketsam?!
SHERLAR |
Переходов: 368
| Добавил: Yig'larmisiz, azizim, dunyodan kets
| Дата: 19.02.2011
|
Bir qiz yig'lar buloq boshida, Ma'yus majnuntollar qoshida, Ko'ngil ohi ko'zin yoshida: Bevafo ko'p ekan dunyoda... Nigohida oftoblari bor, Nolishlarin javoblari bor, So'ngan sevgi azoblari bor, Bevafo ko'p ekan dunyoda... Tovoniga tushgan kokillar, Qizginaga qo'shilib yig'lar, Bir so'z dilga sanchadi tig'lar - Bevafo ko'p ekan dunyoda... Dildan ko'chib ketsa xayollar, Yomonga yo'q ekan jazolar, Yolg'on dunyo ekan dunyolar, Bevafo ko'p ekan dunyoda. Ermak ekan endi Laylolar, Majnun g'arib kezgan sahrolar, Ertak ekan Tohir-Zuhrolar, Bevafo ko'p ekan dunyoda... Bir qiz yig'lar buloq boshida, Ma'yus majnuntollar qoshida.
SHERLAR |
Переходов: 470
| Добавил: BEVAFO KO'P EKAN DUNYODA
| Дата: 19.02.2011
|
Sevgilim
hayotimda qolgan hotiram. Bugun yana sizni yodga oldim yo`q yo`q sizni
har doim esimda tutaman faqat bugun yuragim to`lib keti ichimdigi
dardlarimi kimgadir oshkor qigim keldi, dardlashgim keldi. Bilolmadim
yoki dunyo menga yoki men dunyoga begonadekman. Nima qili sizsiz
qiynalib ketim unitishi holavoman sizdan ko`nglim uzilishini holavoman
lekin nima qili yuragimga hich buni tushuntirishi iloji bo`mayapti nima
qili? Bu savol bilan 1 yildan beri yashab kevoman lekin jovobi qatan
qidiri? Sizi ko`zlarizdanmi qaniydi bu ko`zlar faqat va faqat meni
ko`rsaydi? Afsus bu ko`zlar endi o`zgadan baht kutib yashayapti.
SHERLAR |
Переходов: 426
| Добавил: Endi siz yo`qsiz
| Дата: 19.02.2011
|
| |
|
|
|
|